1-Mavzu: Kirish. Kasbiy faoliyatda hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Reja



Download 6,97 Mb.
bet63/65
Sana11.01.2022
Hajmi6,97 Mb.
#342048
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Kasbiy faoliyatda HFX ma'ruzalar matni

Nafas yo'llari tozalangan, o'tkazuvchanligi ta'minlangan bo'lsa bemor og'ziga havo yuborilganda ko'krak qafasi ko'tarilib tushadi. Shundan keyin ikkinchi bosqich - o'pka-yurak reanimatsiyasining navbatdagi ikkinchi elementiga o'tiladi. Og'izni-og'izga qo'yib sun'iy nafas beriladi, ya'ni bemor o'pkasiga ma'lum bosim (700 ml) ostida havo yuboriladi.


«Og'izdan og'izga» va «og'izdan burunga» sun'iy nafas oldirish

 a - havopuflab kiritishdan oldin bosh, film to'g'ri tntib, butun teshiklarini berkitish va iyakni ushlab turish; og'izdan-og'izga nafas oldirish;

b - yordam ko'rsatadigan odam yolg'iz bo'lsa. ana shunday navbat bilan sun "\y nafas oldiradi va yurakni massaj qiladi.

Yurakni ezg'ilab uqalash katta kishilar uchun har minutda 60-65 marta, yosh bolalarda (10-12 yoshlarda) esa, bir qo'l bilan har minutda 70-80 marta amalga oshiriladi. Chaqaloq va 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda to'sh suyagining pastki qismiga bir qo'lning ikki barmog'i bilan bosib, ko'krak qafasi o'sha qo'lning kafti bilan eziladi. Bu paytda qo'l harakatlari minutiga 100-110 marta bo'Iishi kerak. Yurakni bilvosita uqalashni shifokor kelguncha davom ettirish zarur.

Bemorda klinik o'lim boshlangan bo'lsa, yurak to'xtashi bilan nafas jarayoni ham to'xtab qolishi mumkin. Bunday holatlarda fursatni qo'ldan boy bermay, yurakni bilvosita uqalash bilan birga, bemorga sun'iy nafas oldirish shart. Buning uchun «og'izdan og'izga» yoki «og'izdan burunga» usullaridan foydalaniladi. Nafas oldirish har daqiqada 14-18 ga teng bo'Iishi kerak. Yurakning ishlab ketganligini uyqu arteriyasining tebranishidan bilish mumkin. Mabodo, uyqu

Yordam ko'rsatadiganlar ikki kishi bo'lsa, ana shunday sun'iy nafas oldiriladi va yurak massaj qilinadi. Yordam beruvchilar 2 kishi bo'lsa, ulardan biri har safar «og'izdan og'izga» yoki «og'izdan burunga» nafas berganida 2-si esa ko'krak qafasini 5 marta qisishi lozim Sun'iy nafas oldirilib, yurakni uqalayotgarida uyqu arteriyasi tebranishiga, ko'z qorachig'ining torayishiga, terining qizarishiga e'tibor berish lozim, chunki ular harkatlarining ijobiyligidan darak beradi.

Hammaga ham (ayniqsa shaharda yashovchilarga) ilon chaqishi xavfli ekani ma'lum emas. Ilonlar ayniqsa, bahorda juftlashish paytlarida haddan tashqari tajovuzkor bo'lishadi. Agar sizni ilon tishlab olsa, darrov vahimaga tushmasdan, uning zaharli-zaharsizligini aniqlang. Bu unchalik qiyin emas: zaharsiz ilon chaqqan joyda bitta, zaharli ilon chaqqan joyda esa ikkita jarohatlangan iz qoladi. Buning ustiga zaharli jarohat atrofida qizarish, shishib chiqish paydo bo'lib, jabrlanuvchija qattiq og'riq va haroratning ko'tarilishi kuzatiladi.

 

Zaharli ilon tishlasa, darhol tishlagan joydan yuqoriroqni qon to'xtatuvchi bog'lov bilan bog'lab qo'yiladi va iloji boricha tezroq jarohatdan zaxarni olib tashlash uchun shu joyga qon tortuvchi banka qo'yiladi, agar bunday banka sizda bo'lmasa, bo'sh rezinka xaltachani olovda qizdirgach, shu zahoti jarohatga qo'yib tortib olish kerak. Shuningdek, jarohatdan zaharni qon bilan qo'shib so'rib olib, darhol tuflab tashlasa ham bo'ladi (bu tadbir bir necha marta qilinadi). Agar og'izda yara bo'lsa, og'iz bilan qonni so'rib tashlash mutlafo mumkin emas. Qonni so'rib tashlagach, jarohatga metall qizdirib bosiladi. Sog' joylar kuymasligi uchun jarohat atrofiga ho'llangan latta qo'yiladi.



 

Iloji bo'lsa ilon tishlagan joy 1 foizli margantsovka bilan yuvib tashlanadi. Shu joy terisi atrofiga muzdek latta ( muz) bosiladi. Ilon tishlaganda, bir iloj qilib qattiq terlash ham foydali. Bog'lab qo'yilgan jgutni esa 15-20 daqiqadan keyin yechib tashlashni unutmang.




Download 6,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish