1-Mavzu: Kirish. Kasbiy faoliyatda hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. Reja



Download 6,97 Mb.
bet35/65
Sana11.01.2022
Hajmi6,97 Mb.
#342048
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65
Bog'liq
Kasbiy faoliyatda HFX ma'ruzalar matni

SUN`IY NAFAS BERISH USULLARI

Nafas yo`llari utkazuvchanligini tiklash, nafas - tovush boylamlarininig spazmi, nafas yo`llariga kusuk massasininig tikilishi, intubatsion naychaninig buralib ketishi ,tilning xalqumga ketib qolishi va shu kabilar oqibatida nafas faoliyati tuxtashi mumkin.

Nafas yo`llari tulik yoki qisman bekilishi mumkin. Bexush holatda yotgan odamda nafas yo`llari erkin o`tkazuvchanligini tiklash uchun tez va izchillik bilan qo`yidagi tadbirlarin o`tkaaizsh zarur:

1) Bemorni qattiq yuzaga chalqancha yoyqizish.

2) boshini orqaga engashtirish.

3) Pastki jag`ini oldinga va yuqori surish va og`zini och.

4) Og`iz va tomoqni shilimshiq va boshqalardan tozalash.

5) bemorni og`ziga xavo yuborib, kukrak qafasi ekskursiyasi va nafas chiqarishni kuzatib turish mumkin.

Og`izdan- og`izga yoki og`izdan-burunga nafas berish usuli nafas oldirishninig eng ta`sirchan va oddiy usulidir. bemor boshini orqaga ko`proq engashtirib, chalqancha yotqiziladi. Buning uchun

bemorning kuraklari ostiga bolishga uxshatib yumoloqlangan adyol qo`yiladi. Bemorninig burni barmoqlar bilan qisiladi, Og`ziga doka yoki ro`molcha yopiladi va chuqur nafas olib xavo bemorninig og`ziga puflanadi. Nafas chiqarish susut bo`ladi, bir minutda taxminan 12-16 marta puflanadi. Bemorning jag`lari maxkam qisilgan xollarda og`izdan burunga sun`iy nafas oldirish ususli foydali hisoblanadi. bu maqsadda bir qul bilan bemorninig boshi manglayidan orqaga oqaga engashtiriladi. 2-kul bilan iyagidan ushlanadi va pastki jag`ini yuqoriga kutarilib, og`zi berkitiladi. So`ngra chuqur nafas olib lablar bilan burnini kamrab olib jadallik bilan nafas puflanadi.


Qon ketish qon tomirlari devortininig shikastlanishi, biror kasallik natijasida emirilishi yoki uning o`tkaszuvchanligi oshib ketishi sababli kelib chiqadi.

Shikastlangan tomirning xususiyati va turiga qarab qon oqishininig qo`yidagi turlari farq qilinadi.

1. Arterial qon ketishi- qon ketishninig eng havfli turi bo`lib bu arterial qon tomirlari shikastlanganida yuqori bosim ostida pulssimon qizil alvon rangli qon otilib chiqishi bilan xarakterlanadi.. Bunda bemorda qisqa muddat ichida ko`p miqdorda yo`qotilganligi uchun kamqonlik kelib chiqadi.

2 Venoz qon ketishi- bu vena qon tomiri jarohatlanganda yuzaga chiqadi.Bunda qon bir tekisda , birmuncha sekin oqadi va uning rangi to`q qizil bo`ladi. Bunda markaziy qon tomitrinnig jarohatga yaqin joyini bosganda qon oqishi tuxtaydi.

3. Kappilyar qon ketishi - bu kappilyaralr jarohatlanishidan yuzaga kelib , jarohatning yuzaki qonashi bilan farqlanadi. Qon kurinishi jihatidan arterial va venoz qon orasidagi o`rtacha o`rinni egallaydi. Odatda kappolyardan qon ketishi uz-uzidan tuxtashga moyil buladi.

4. parenximatoz qon ketishi- bunday qon ketishi ichki a`zolar – jigar, taloq, upka, buyrakalrning hamma tomirlari shikastlanganda kuzatiladi. Bunday qon ketishi g`oyat havfli hisoblanib, bunda qomn ketishi tomirlar devorining parenxiamtoz a`zo stromasi tomonidan tutib turilishi, a`zoda antikogulyant moddalar tufayli tromb hosil bo`lmasligidan uz- uzidan tuxtamaydi.

Qon ketishi birlamchi va ikkilamchi(operatsiyadan keyin) shuningdek tashqi, ichki (biror yopiq bo`shliqqa) bo`lishi mumkin. qon oqishining keyingi turi jigar, taloq , upka va buyrak kabi a`zolar shikastlanganda kupincha kuzatiladi.

Qon oqishini vaqtincha tuxtatish usullari.

- Bosib turuvchi bo`glam- qo`l oyoqni immobilizatsiya qilib bva balandga kutarib , bosib turuvchi bog`lab quyiladi. Bunda jaroxatga doza bir necha qavat steril quyiladi va uninig ustidan maxkam bintlanadi yoki jgut quyiladi.

- Qulni bug`imidan bukish - taqim, elka, son arteriyalari jarohatlanganida yuz beradigan qon oqishi ba`zan oyoq- qulni maksimal bukish yoki bo`glam tortib quyish yo`li bilan tuxtatiladi.

- Jarohatda tomirni bosib turish - qo`lga steril qo`lqop kiyiladi va jarohat spirt yoki yod bilan artiladi. Kursatkich barmoq jarohatga kiritiladi va sizib chiqayotgan qon tomirini bosib qon ketishi tuxtatiladi.

- Jarohatni tarang tamponlash- buininig uchun tampon olinib, uni kornsang bilan birin- ketin va tarang qilib tuldirish orqali qon tuxtatiladi. Odatda bu usul burun jarohatlarida kuzatiladi.

- Qonab turgan tomirga qisqich qo`yish – oyoq, qo`l, chanoq , qorin bo`shlig`ida chuqur joylashgan tomirlardan oqayotgan qonni tuxtatish uchun qo`llaniladi. Bunda jarohat orqali qisqich yoki kornsang kiritilib, qonayotgan qon tomirini qisib qon tuxtatiladi.
- Tomir bo`ylab bosib turish – bu usulda ayrim yirik arteriyalardan oqayotgan qonni tuxtatish tomirni usha yirik arteriyalardan oqayotgan qonni tuxtatish tomirni usha tomir yaqinida joylashgan suyakka bosish yo`li bilan amalga oshiriladi: umrov osti arteriyasini umrov suyagi ostida joylashgan nuqtadagi 1 qovurg`aga bosiladi. Uyqu arteriyasi barmoq bilan 6- buyin umurtqasininig kundalang usimtasiga , Son arteriyasi Pupart boylamidan pastroqqa kov suyagininig gorizontal suyagining tarmog`iga tarmog`iga bosiladi.

jgut bog`lash - bu arterial qon ketishi ni tuxtatishda asosiy usul xisoblanadi. Arterial qon ketishida jgut jarohatga nisbatan markaziy tomonga qo`yiladi. Jgut solishdan oldin jgut solinadigan terini qisib qo`ymaslik uchun oyoq yoki qo`lga sochiq yoki bint uraladi. Jgutni cho`zib o yoq atrofidan aylantiriladi ,jgut uchlari maxkamlanadi va jgut solingan vaqt yozilgan qog`oz qistiriladi.

Jgut tug`ri solinganida oyoqninig jgutdan chetrog`idagi qismi oqaradi, jgutdan

pastda puls yuqoladi qon oqishi tuxtaydi . Arteriyaga quyilgan jgut ko`pi bilan 1.5-2 soat qoldirilishi mumkin.

Maxsus jgut bo`lmaganda tasma, ro `molcha , tizimcha kabilar ishlatiladi. Yasama jgutninig bosish kuchuini oshirish uchun unga ytayoqcha suqiladi va burash yol`i bilan qon oqishi uzil- kesil tuxtatiladi..

Venoz qon oqishida venoz jgut deb ataladigan jgut ishlatiladi.

Uni shikastlangan joydan pastroqqa chamasi 6 soat muddatga solinadi va u qattiq tortilmaydi.

Bunda oyoq yoki qo`l ko`karadi, arteriyada puls sa qlanib qoladi , qon oqishi tuxtaydi.

Qon oqishini uzil- kesil tuxtatish.

Mexanik usullar : Jarohatdagi tomirni bo`glash bunda qonagan tomir istalgan chok materiali (ipak, lavsan, ketgut)\bilan bog`-di.

- Tomir bo`ylab bo`glash jarohat qattiq infeksiyada, jarohatdagi tomirni topish qiyin bulganda qullaniladi.

-0 tomirlarga chok solish - maxsus chok materiali bilan travmatik ignalar yordamida tomirlarga mexanik chok solinadi.

Fizikaviy usullar: - Sovuqni maxalliy quyish- bunda muz solingan rezina yoki polietilen xaltachalar ishlatiladi.

- Elektr koagulyatsiya- maxsus koagulyator yordamida operatsiya vaqtida mayda tomirlardan qon ketishida qullaniladi.

-Issiq fizilogik eritmani qullash- 60-80 %gacha qizdirilgan eritmaga xullangan salfetka qonayotgan soxaga bir necha minutga quyiladi.

Kimyoviy usullar :- Tomirlarni toraytiradigan preparatlar 0.1 % li adrenalin preparati maxalliy yoki parenteral ish-di.

-Qonning ivish xususiyatini oshiradigan preparatlar- vodorod peroksid, kalsiy xlorid, aminokapron kislotasi va vikasol ish-di.

Biologik usullar: - Gemostatik vositalarni ot zardobi,gemostatik bulut , fabrin pardasi kabilardan foydalaniladi.

-Gemostatik vositalarni venaga qo`llash – qon , plazma, gemofobin, antigemofil globulin va antimofil plazma, fibrinogen va boshqalardan kichik dozalarda bo`lib- bo`lib quyiladi.

Lat eyish daganda zarb ta`sirida yumshoq to`iqmalarninig anatomic uzgarishsiz shikastlanishi tushuniladi.

Bir joyninig og`rishi, to`qimalarninig shishuvi,teri sezuvchanligininig uzgarishi , qon quyilishi

( gematoma ) kuzatiladi. SHikastlangan organ funksiyalari buzilishi mumkin. Gematoma ( qon quyilgan joy) rangi pigmentninig asta- sekin parchalanishi munosabati bilam tuk qizil, ko`kimtir, yashildan to sariq ranggacha uzgaradi.

SUYAK sinishi deb, suyak butunligininig buzilishiga aytiladi. Suyak sinishida ko`pchilik hollarda suyak siniqlarining siljishi ro`y beradi. Bir qator hollarda suyak siniqlari bo`lmaydi. . (bolalarda bo`ladigan suyak sinishlarida)

Suyak sinishi tug`ma va orttirilgan bo`lishi mumkin.

Homilaninig ona qornidagi davrida turli omillarniing ta`sirida yuz beradigan shikastlanish turiga t u g` m a sinish deyiladi.

Katta yoshdagi kishilarda va bolalarda qanday bo`lmasin mexanik omillar natijasida ro`y beradigan sinish turlarini orttirilgan suyak sinishi dab atash rasm bo`lgan. Tug`ruq vaqtida yuz beradigan sinishlar orttirilgan sinishlar qatoriga kiradi. Suyak kasalliklarida ro`y beradigan sinishlar patalogik sinishlar deyiladi.

Suyaklarniing elastikligi yo`qolishi natijasida keksa yoshdagi kishilarda suyak sinishlari ko`p uchraydi.

Suyak sinishlarida 1 yordam shikastlangan qo`l yoki oyoqni immobilizatsiyalashdan iborat. Ochiq suyak sinishida oldin aseptik bog`lam qo`yiladi. Bemorga anal`getiklar yuboriladi va uni shifoxonaga etkaziladi.

Sinishlarninig davolash asosini suyak siniqlarini joy- joyiga silish va suyak qadog`i hosil bo`lguncha ularni shu vaziyatda tutib turish tashkil etadi. Suyak siniqlarini joyiga solishdan oldin og`riqsizlantiriladi. Suyak siniqlarini to`g`ri vaziyatda ushlab turish uchun:

1) Gips bog`lam qo`yiladi.

2) teri ustidan va skeledann tortish qo`llaniladi.

3) Suyak siniqlarini xirurgik metod bilan fiksatsiya qilinadi.

transport immobilizatsiyasi- suyak sinishlarida va yumshoq to`qimalar anchagina shiakstlanganda gavdaniing shu qismiga orom berish, og`riqni kamaytirish, to`qimalarni keyingi shikastlanishini oldini olish, Shuningdek travmatik shokni profilaktika qilish maqsadida qo`llaniladi. Transport immobilizatsiyasininig qo`yidagi turlari farqlanadi:

1) Oddiy immob-ya - bunda bemor gavdasining sog`lom qismlaridan foydalaniladi.M: oyog`i singanda 2 sog`lom oyog`iga bog`lanadi. Shikastlangan qulini tanasiga bo`glanadi.

2) Mavjud vositalar bilan imm-sh. Tayoq taxta bo`lagi , bir dasta sim, shox- shabbalardan shunday vositalar yordamida ofydalanish mumkin.

3) Zavodda ishlab chiqilgan transport shinalari bilan imm-ya qilish.

Transport shinalari ikkiga:

Fiksatsion va distraksion shinalarga bo`linadi.

Fiksatsion shinalar yordamida gavdaning shikastlangan qismi fiksatsiya qilinadi.

Kramer shinasi yoki narvonsimon shinani yumshoq simdan tayorlanadi. gavdaniing qaysi qismi immob- ya qilinishiga qarab, shina shaklini istagancha uzgartirish mumkin. Tursimon shina ham yumshoq simdan yasalgan turdan iborat. Uni osonlikcha yumoloqlab urash mumkin. Asosan bilak, qo`l va oyoq panjasini immob-ya qilish uchun qo`llaniladi. Faner shinalar aksariyat tarnov shaklida tayorlanadi. Vakuum tibbiyot shinalari – oyoq va qo`llarni immobya qilish uchun ishlatiladi.
Distraksion shinalar- bu siniq suyak uchlarini bir- biridan uzoqlashtirib, qon tomir va nerv tolalari shikastlanishini oldini oladi. Bularga- Diterixs shinasi kiradi.

Transport shinalarini qo`ytishda qator qoidalarga amal qilish zarur. Shina shikastlangan zonadan tashqari ikkita qo`shni bo`gimni mahkam ushlab turish zarur. Immob- ya qo`pol manipyulyar qilish yaramaydi. Shikastlangan kishininig kiyim- boshi yechiladi , bog`lam shikastlangan qismigagina bog`lanadi. Shinaga max sus paxta, doka, uraladi.

Narvonsimon shina qo`yish.

Shian gavdaniing qaysi qismiga qo`yilishiga qarab oldindan modellanadi. Elka suyagi singanda shina sog`lom tomondagi kurakning ichki chetidan boshlab quyilishi , yaqinlashtirilgan qulning yarim bukilgan tursak bug`imining tashqi yuzasi bo`ylab borishi va barmoqlar uchidan birmuncha oshirib tugallanishi kerak. Bilak shikastlanganda elkaning uchdan bir o`rta qismi shinaning yuqori sathi, barmoqlarninig uchlari shinaning pastki sathi hisoblanadi. Boldir shikastlanganda uchala tomondan fiksatsiya qilgan yahshi: Bitta shianni boldir va oyoq panjasi barmoqlari uchininig orqa sathidan sonning uchdan bir qismigacha , boshqa ikkitasini boldirning yon tomonlari bo`ylab fiksatsiya qilinadi. Bunda shinalarning oyoq kaftlariga tegib turadigan qismini boldir- panja bug`imini birmuncha mustahkamlash uchun uzangi ko`rinishida qayriladi.

Derixs shinasini qo`yish. Shinaning oyoq kaftiga mos keladigan qismini oyoq panjasininig kaft qismiga bint bilan fiksatsiya qilinadi. Birmuncha uzun tashqi qismini qo`ltiqdan boshlab qo`yiladi va oyoq qismiga metall halqaga kiritilib, undan 8- 10 sm tashqariga chiqarib qo`yiladi.

Suyak chiqishi deganda bir yoki bir nechta suyaklarning buzilishidan bug`im yuzasiniing patologik siljishi, Ularning normal anatomik uzaro munosabatlarning buzilishi tushunilishi. Suyaklarning to`la va chala chiqishi tafovut qilinadi:

Suyak chiqishining qo`yidagi turlari ma`lum:

1) Shikastlanish oqibatida yuz bergan travmatik chiqishi.

2) Boylam apparati va suyaklarning boylam uchlari zararlanishi bilan bog`liq bulgan kasalliklarda sodir bo`ladigan patalogik chiqishi.

3) Tug`ma chiqishi.

4) Suyakning boylam apparatining cho`zilishi natijasida ko`pincha suyakning travmatik chiqishi noto`g`rio davolanganda yuz beradigan odat bo`lib qolgan chiqishlar.

5) O`z vaqtida joyiga solinmagan - eskirgan suyak chiqishi.

Suyakning chiqishi vaqtida qattiq og`riq bo`ladi. kkeyingi kunlarda og`riq esa asta- sekin pasayadi . Qo`l va oyoq suyagi chiqqanda ular majburiy vaziyatni egallaydi. Bug`imlardagi harakatlar hajmi keskin buzilgan. Bug`im konfiguratsiyasi bo`gim yuzasi vaziyati uzgarishining hosibiga ham, gematoma hisobiga ham keskin uzgaradi.

Oyoq va qo`lni immob-ya qilish zarur. Og`riqni pasaytirish maqsadida suyak chiqqan zonada muz yoki sovuq suv solingan xaltachada qo`yiladi.

analgetiklar yuboriladi shundan so`ng bemorni zudlik bilan davolash muassasasiga junatiladi. Chiqqan suyakni vrach tug`rilaydi.

Suyak chiqishining turiga va qaerdagi suyak chiqqaniga qarab, uning urniga solishning muayyan usullari mavjud. Bug`im bo`shlig`iga novokain yuborib, mahalliy og`riqsizlantirishdan so`ng suyak joyiga solinadi. M: Yirik bo`g`i9mda chanoq-son bo`g`imda suyak chiqqanda skelet muskullari tonusni bushashtirish uchun miorelaksantlar bilan umumiy og`riqsizlantirishga to`g`ri keladi. Chiqqan suyak joyiga solingandan so`ng oyoq yoki qo`lni bog`lam yoki gips longeta bilan 4-5 kunga qimirlamaydigan qilib q o`liladi. Shundan so`ng davo gimnastikasi , massaj va issiq muolajalar buyuriladi.




Download 6,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish