1-mavzu: Kirish. Immunologiya fani maqsadi va vazifalari, usullari va rivojlanish tarixi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana13.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#787296
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-mavzu

4.
 
Zamonaviy immunologiya rivojining asosiy bosqich hamda yo’nalishlari. 
Bugungi kuda biz, barchasini bo’lmasa ham, immun reaktsiyasining ko’plab 
mexanizmlarini yaxshi bilamiz. Bizga antitela hamda antigenlarni aniqlovchi retseptorlar xilma-
xilligining genetik asoslari ma’lum; aynan qaysi hujayra turlari immun reaktsiyasining hujayra 
hamda gumoral shakllariga javob berishini bilamiz; ma’lum ma’noda orttirilgan reaktivlik va 
tolerantlik mexanizmlari tushunarli; hujayralararo munosabatlarning (tsitokinlar) molekulyar 
ishtirokchilari aniqlangan; evolyutsion immunologiyada hayvonlarning progressiv rivojlanishida 
o’ziga xos immunitet rolining kontseptsiyasi shakllangan. 
Ammo Nazorat savollari javobsiz qolgan: 
OITS. Nima uchun shuncha T-hujayralar nobud bo’lyapti? Vaktsina samara beradimi? 
Autoimmunitet. Uning sababi virusmi? 
Saraton. Immunologiya yordam bera oladimi? 
Makrofagi (hujayralar). Ular qay tarzda yod organizmlarni aniqlaydi? Immun 
yetishmovchiligi. Gen (irsiy) terapiya haqiqatga aylanadimi? 
Psixoneyroimmunologiya. Afsonami yoki haqiqat? 
Vaktsinatsiya. Parazitli kasalliklar taslim bo’ladimi? Vaktsina ochiq DNK asosida qanday 
ta’sir qiladi? 
5.
 
Immunologik xotira
 
Immunologik xotira – organizmning katta kuch bilan va tez rivojlanishga qodir bo’lgan 
immun reaktsiyasi bilan antigenni qaytadan kiritishga javob bera olishidir. 
Immunologik xotira hujayralari (to’qimalari) – antigenga retseptorlar hosil bo’lgani bois, 
antigenni qayta jo’natishga javob bera olish qobiliyatini uzoq yillar 


Протектив 
иммунитет 
Антител
а 
ГЗТ 
эффекторлари 
Цитотаксик Т-
лимфоцитлар 
Жавобнинг эффектив фазаси 
Иммунологик хотира 
saqlab qoladigan hamda uzoq muddat yashay oladigan T– hamda V–limfotsitlari. Immunologik 
xotira antigenni qaytadan jo’natishga (kiritishga) jadallashgan o’ziga xos javobning namoyon 
bo’lishidir. 
Immun reaktsiyasi (javobi) vaqtida patogen iliminatsiyasi (halok bo’lishi, yo’qolishi) 
sodir bo’ladi. Immunitet orqali kechadigan unga chidamlilik yuqorida aytib o’tilgan omillar 
(antitela, tsitoksik T-limfotsitlar, orttirilgan va tabiiy immunitetning boshqa faollashtirilgan 
hujayralari) bilan amalga oshadi (2 rasm). 
Ammo mazkur hujayralar hamda gumoral omillarning (faktorlarning) yashash muddati 
chegaralangan. Ular parchalanishga uchragach organizm patogenga immunitet saqlab qoladi, 
biroq u boshqa asosga ega bo’ladi. Yuqorida immun raektsiyasi chog’ida effektor hujayralar 
bilan bir vaqtda joriy immun reaktsiyasiga (javobigan) qo’shilmaydigan, ammo usha antignlar 
bilan qayta uchrashganda himoya hujayralarining (to’qimalarining) birikmasini hosil qiluvchi 
xotira hujayralari (to’qimalari) hosil bo’lishi haqida ta’kidlab o’tilgan edi. 
Xotira hujayralari oddiy hujayralardan morfologik jihatdan farq qilmaydi, ammo sodda 
limfotsitlardan farqlanuvchi retsirkulyatsiya yo’lini ochib beruvchi qator o’ziga xos membranali 
molekulalarni olib yuradi. Xotira hujayralari har bir kloni (nasl) hujayralari soni odiy limfotsitlar 
klonlaridagi miqdordan 2 – 3 hissa yuqoriroq. 
Javobning effektiv fazasi 
2 rasm
. Infektsiya davrida moslashuvchan immun himoyasi namoyon bo’lishining vaqt 
dinamikasi. Potagen kiritilgandan so’ng muddatlar abstsiss o’qi bo’ylab belgilangan 
Xotiraning V-hujayralarida sekretsiyaga uchraydigan antitelalar izotopining o’zgarishi 
bosqichi o’tib bo’lib, ularning immunoglobulinlari V-genlari embrion 


(murtak) markazlarida ro’y bergan somatik (jismoniy) mutatsiyalarga (o’zgarishlarga) ega. 
Xotiraning CD4+ T-hujayralari subpopulyatsiyada o’zgarishga uchrab bo’lgan. Bularning 
barchasi ikkinchi immun javobning – antigen bilan qayta uchrashganida immun javobining 
(reaktsiyasining) rivojlanishini tezlashtiradi. Biroq xotira hujayralarining bunday orttirilgan 
samaradorlik hislati hali to’liq aniq emas. Xotiraning T-hujayralari – dastlabki immun javobida 
hosil bo’ladigan o’zoq vaqt umr ko’ruvchi retsirkulyar kichik limfotsitlardir. Ular antigenlar 
determinanti xossalarini “yodda saqlab qoladi” hamda usha antigenni qaytadan aniqlashda 
tezkor hamda kuchaytirilgan javob reaktsiyasini rivojlantiradi. Xotiraning T-hujayralari sodda va 
samarador T-limfotsitlardan uchrab turish chastotasining kattaligi, membranali molekulalarnng 
yuqori ekspressiyasi, ikkilamchi immun reaktsiyasi rivojlanishi uchun yallig’lanuvchi 
mediatorlar hamda koretseptor signallarga talabning kamligi bilan ajralib turadi.
1
Ma’lumki, amaliy immunologiyaning asosiy hamda eng samarali yo’nlishi bilan ushbu 
fanning – vaktsinatsiyaning, ya’ni kasallik namoyon bo’lmasdan turib samarali immunologik 
xotira induktsiyasi vjudga kelishi bog’liq. So’ngi yillarda shunga o’xshash me’yorlardan 
davolash maqsadlarida foydalanila boshlandi: onkovaktsinalar, allergovaktsinalar, shuningdek 
autoimmun kasalliklarini davolash uchun vaktsinalar tayyorlash uchun katta ko’lamdagi ishlar 
olib borilmoqda. Ushbu barcha holatlarda qo’yilgan maqsadga erishish faqat xotira xo’jaylari 
hosil qilish yo’li bilan emas, balki kutilgan yo’nalishdagi vaktsinalar orqali hosil bo’lgan immun 
javobini qayta o’zgartirish yo’li bilan erishishga harakat qilinmoqda. Masalan, allergiya 
bo’lganda allergiyaning namoyon bo’lishini ko’rsatib beruvchi shakllanib bo’lgan Th2-javobi 
o’rniga allergenga bevosita Thl-javobini keltirib chiqarishga harakat qilinmoqda. Autoimun 
jarayonlarda autoantigenlarga holsizlikni (anergiyani) keltirib chiqarishga; shishlar (o’smalar) 
bo’lganda – aksincha, o’smali antigenlarga immun javobini kuchaytirishga urinishlar olib borilib, 
uni Thl-yo’lga yo’naltirishmoqda. 
Atrof-muhit antigen komponentlariga immunologik xotira allergik kasalliklarda bo’lib, 
rezus-antigenga (xomiladorlikning rezus-nomutanosibligida vjudga keladi) esa – yangi tug’ilgan 
chaqaloqning gemolitik kasalligi asosidadir. Immunologik xotira fenomenidan (kamdan kam 
uchraydigan holati) amaliyotda odamlarni emlashda (vaktsinatsiyada) foydalaniladi. 

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish