1-Mavzu: Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati (2 soat)
1. Fanning vazifasi va mohiyati.
2. Fanning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari.
3. Yangi materiallar bo’yicha Respublikamizda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar, muammolar, yutuqlar.
Fanni o’qitishdan maqsadi - talabalarda xalq xo’jaligi, mashinasozlik va yana boshqa turli sohalarda qo’llaniladigan yangi turdagi materiallarni strukturasi va xossalari hamda ularni ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarish texnologiyasida bevosita qatnashadigan uskuna va jihozlari bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakani shakllantirisih hamda ularni amaliyotga tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, keramik materiallar xossalari va ichki tuzilishi bilan bog’liqligi qonun- qoidalari bo’yicha ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vaziflarini bajaradi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi.
“Yangi materiallar texnologiyalari” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
- bilimlarning bir butun tizimi bilan o’zaro bog’liqlikda ushbu fanning asosiy muammolari; yangi materiallar texnologiyasining rivojlanish tendensiyasi; yangi materiallarni olish bo’yicha Respublikamizda olib borilayotgan ishlar ilmiy ishlar; zamonaviy materiallar, shu jumladan nanomateriallar haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- yangi materiallarni tarkibi, tuzilishi va xossalarini; yangi materiallar olishning o’ziga xos texnologiyalarini; zamonaviy quymakorlik, payvandlash, kompozitsion qatlamlarni qoplash va kukun metallurgiyasi usullarida yangi metriallar olish va ularni tahlil qilishni; nanotexnologiyalar asosida olingan zamonaviy konstruksion materiallarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- yangi materiallarni ishlatish joyiga qarab mashinasozlik sohalari uchun tanlab, ishlatishga tavsiya qilish ko’nikmalarga ega bo’lish;
- yangi materiallarni olish, ularni xossalarini bashoratlash va qo’llashga tavsiya etish malakasiga ega bo’lishi kerak.
Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida rejalashtirilgan matematika, fizika, nazariy mexanika va umumkasbiy (konstruksion materiallar texnologiyasi, materialshunoslik va boshqa) fanlarni bilishga asoslangan.
«Yangi materiallar texnologiyasi» fani mashinasozlik sanoati ishlab chiqarish asoslarini o`rgatganligi sababli uning ishlab chiqarishdagi o`rni juda yuqoridir. Bu fan ishlab chiqarishning turli jabhalarini qamrab olgan bo`lib, ularning progressiv usullarini, hamda ularni takomillaShtirish jarayonlarini o`rgatadi..
Talabalar «Yangi materiallar texnologiyasi» fanini o`zlashtirishlari uchun o`qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informasion- pedogogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga yugadir. Fanni o`zlaShtirishda darslik, o`quv va uslubiy qo`llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi maket va dastgohlardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg`or pedogogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |