1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi. Reja



Download 288,84 Kb.
bet108/114
Sana16.01.2022
Hajmi288,84 Kb.
#374271
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   114
Bog'liq
o'zbek tili sohada qo'llanilishi fanidan mavzular 1 15

TURONZAMINNI MO‘G‘ULLAR TOIFASI

QOLDIQLARIDAN TOZALASH UCHUN

QILGAN KENGASHIM
Jeta va Ilyos Xoja lashkarini Movarounnahrdan quvib, Xo‘jand daryosining narigi qirg‘og‘iga o‘tkazib yuborgan bo‘lsam ham, mo‘g‘ullarning ba’zi favjlari Movarounnahr qal’alarida mustahkam joylashib olgan edilar. Avvaliga ularni bostirish uchun lashkarim qismlarini yubormoqchi bo‘ldim, biroq mabodo bu ish cho‘zilib ketsa-chi, degan fikr meni tashvishga soldi.

Shu orada menga mo‘g‘ullar qal’alarga yashirinib olganlari haqida xabar keltirdilar. Lashkar qismlarini u yerga yuborish to‘g‘ri bo‘lmas, deb (boshqa) chora izlay boshladim. So‘ngra Ilyos Xoja nomidan qal’adagilarga qarata yorlig‘ yozib, urushsiz topshirishlarini buyurdim. Yorliqni bir mo‘g‘ul qo‘liga tutqazib, unga hamroh qilib lashkarimning bir qismini jo‘natdim. Askarlarimga chang-to‘zon ko‘tarib, o‘zlarini g‘animga ko‘pday qilib ko‘rsatishni buyurdim. Ilyos Xojaning talabi yozilgan yorlig‘ g‘animlar qo‘liga tegib, lashkarlarim ko‘targan chang-to‘zonni ko‘rishgach, tun qorong‘usida qal’alarni tashlab qochdilar. Xullas, Movarounnahr tuprog‘i meni o‘ldirishga qasd qilgan o‘sha zolimlardan tozalandi va mamlakat tamoman mening qo‘limga o‘tdi.

Qarindoshlik hurmati uchun Balx bilan Hisori Shodmon viloyatlarini amir Husaynga tortiq etdim. U esa bu ehsonu muruvvatimni nazariga ilmay, meni mahv etishga qasd qildi. Men ham o‘z-o‘zim bilan kengashib, amir Husaynni o‘rtadan ko‘tarishga qaror berdim.

Amir Husayn men qo‘lga kiritgan g‘alaba va yutuqlarimni ko‘rolmay, hasad ichini kemirib, menga va haramimdagi o‘z singlisiga ko‘p ozor berdi. U Movarounnahrni mendan tortib olishga, meni (esa) o‘ldirib, taxtga o‘zi o‘tirishga bel bog‘lagan edi. O‘rtamizda necha bor urushlar bo‘lib o‘tgan bo‘lsa-da, barchasida yengildi. Uning adolatsizligi, insofsizligi haddidan oshgan, meni yengish va o‘ldirishiga oz qolgan vaqtlar ham bo‘ldi. Aynan shu vaqtda qo‘rsligi, yomon yo‘l tutishi tufayli amirlari undan yuz o‘girdilar. Xuttalon hokimi amir Kayxusravning inisini sababsiz qatl ettirdi. Oqibatda, amir Kayxusrav ham Xuttalonda unga dushman bo‘lib qoldi.

Amirlari (anchadan beri) undan norozi bo‘lib, adovat saqlar edilar, u esa ularni o‘z tarafdori deb bilardi. Shu sababli yana meni tor-mor keltirib, mahv etish qasdida qarorgohini Balx chekkasidagi bir joyga ko‘chirdi. Bu xabarni eshitishim bilan amir Husayn harakatga kelmasdan burun, ustiga bostirib borishga qaror qildim. Bor lashkarim bilan Balx sari yuzlandim. Yo‘lda har yoqdan zafarli lashkar favjlari kelib menga qo‘shildilar va Balx atrofiga borib tushdim. Amir Husayn qarshi chiqib, men bilan jang qildi. Oxiri qochib qal’aga kirib oldi. So‘ngra boshiga nima kelgan bo‘lsa, o‘z qilmishi tufayli ko‘rgiligini ko‘rdi.


Download 288,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish