1-mavzu. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Davlat tili haqidagi qonun va uning ijrosi. Reja


-mavzu. Ixtisoslik terminlari ustida ishlash



Download 288,84 Kb.
bet107/114
Sana16.01.2022
Hajmi288,84 Kb.
#374271
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114
Bog'liq
o'zbek tili sohada qo'llanilishi fanidan mavzular 1 15

15 -mavzu. Ixtisoslik terminlari ustida ishlash.

Reja:

  1. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridan olingan parchani tahliliy o`qib o`rganish.

  2. Tanlangan matndan mutaxassislikka oid terminlarni topish.

  3. Matndan ajratilgan teminlarning etimologiyasini aniqlash.

  4. Ixtisoslikka terminlarini mavzuiy va shakliy guruhlarga ajratish.


MENI QO‘LGA TUSHIRMOQCHI BO‘LGAN

AMIR HUSAYNNING MAKRU HIYLASIDAN

QUTULISH UCHUN QILGAN KENGASHIM
Amir Husayn: «Mening do‘stlik va qarindoshlikni rioya qilishdan bo‘lak niyatim yo‘q», — deb Qur’on ustida qasam ichdi, keyin o‘sha Qur’onni menga jo‘natdi. U yana mana bularni ham aytib yuboribdi: «Agar senga aytgan gaplarimga xilof biron ish tutish niya­tim bo‘lsa va o‘rtadagi ahd-paymonimni buzib senga yomonlik qilsam, shu ushlagan Qur’on — Xudoning kitobi meni ursin». Uni musulmon deb bilganim uchun so‘zlariga ishondim. Shundan keyin u mening huzurimga yana odam yuborib: «O‘rtadagi ahd-paymonimizni yangilasak, xudo haqi, durust bo‘lardi», — deb meni Chakchak darasida uchrashishga da’vat etdi. Uning maqsadi meni makru firib bilan qo‘lga tushirish edi. Ahd-paymoni, so‘ziga ishonib bo‘lmasligini bilsam ham, ammo Qur’on hurmatini saqlab, (aytgan joyiga) uchrashuvga borishga qaror qildim. (Biroq bu borada) ehtiyot shart, Chakchak darasi atrofiga bahodirlarimdan bir guruhini yuborib, yashirib qo‘yish, keyin esa o‘zim suyansa bo‘ladigan ishonchli odamlarimni olib, uchrashuvga borish rejasini tuzdim.

Amir Husayn xizmatida bo‘lgan do‘stlarimga xat yuborib, uning nayranglaridan meni ogoh etib turishlarini so‘radim. Do‘stlarimdan biri Sher Bahrom amir Husaynning niyati shum ekanligidan meni ogog‘lantirdi. Amir Husayn (buni sezib qolib) Sher Bahromni qatl ettirdi, mening ustimga esa ming otliq askar bilan hujum boshladi.

Bu xabar menga yetganida, endi daraga kelib tushgan edim. Qo‘shinimni tartibga soldim. Shu vaqt amir Husayn lashkarining qorasi ko‘rindi. Qorovullar bu faqat amir Husayn lashkarining bir qismi ekanligi, uning o‘zi bu yerda yo‘qligani xabar qildilar va: «Amir Temur bir o‘zi kelibdi, degan gapni eshitib, sizni qo‘lga tushirish uchun lashkarining bir qisminigina yubordi», — dedilar.

Men (jangu jadalga) hozirlana boshladim. Bu yerda hammasi bo‘lib ikki yuz otliq askar bor edi, Amir Husayn qo‘shinining favji daraga kirgunigacha sabr qilib turdim. O‘zim kelgunga qadar (bu yerga) yuborgan odamlarimga ularning qaytish yo‘lini to‘sishlarini buyurdim, o‘zim esa yog‘iyga yuzma-yuz bo‘ldim. (Xullas) darada ikki yoqdan qamalib qolgan g‘anim lashkari­ning ko‘p qismini qo‘lga tushirdim. (So‘ng) odamlarim­ni saf-saf qilib tuzdim va Qarshiga qarab yuzlandim. Tajribamdan shuni ko‘rib bildimki, do‘st har yerda asqotar ekan. Amir Husaynga (esa) ushbu mazmunda turkiy bayt yozib yubordim:



Yorga yetkur, sabo, kim makr qilmishdir manga,

Qildi ersa kimga makrin, qaytadur bir kun anga.

Bu xatim amir Husaynga borib yetgach, ko‘p xijolat bo‘ldi va mendan uzr so‘radi, (lekin) men ikkinchi bor uning so‘ziga ishonmadim.




Download 288,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish