1-jadval
Umurtqali hayvonlar turlari qiyosiy baholanishi
№
|
Sinflar
|
Dunyo miqiyosida
|
MDHda
|
O’zbekistonda
|
|
Baliqlar
|
22000
|
500
|
83
|
|
Amfibiyalar
|
2300
|
34
|
3
|
|
Sudralib yuruvchilar
|
6750
|
147
|
59
|
|
Qushlar
|
9672
|
764
|
424
|
|
Sut emizuvchilar
|
4327
|
332
|
97
|
2-jadval.
O’zbekiston umurtqali hayvonlarining endemik darajasi
Sinf
|
Turlar soni
|
%
|
Umumiy
|
Endemik
|
Sudraluvchilar
|
58
|
30
|
51,7
|
Qushlar
|
424
|
8
|
1,8
|
Sut emizuvchilar
|
97
|
15
|
154
|
Jami:
|
579
|
53
|
9,2
|
О‘zbekiston mustaqillikka erishganidan boshlab jamiyatni demokratlashtirish va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik ishlari tobora takomillashtirilib borilmoqda. Jumladan, “Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida” (1992 y.), “Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tо‘g‘risida” (1993 y.), “Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanish tо‘g‘risida” (1997 y.) kabi qonunlar asosida hayvonot olami muhofaza qilinmoqda.
Ona tabiatimizning rang-barangliligi kecha, bugun paydo bо‘lgan emas, balki bu bebaho ne’mat bir necha ming yillar davomida ajdodlarimizdan bizga qoldirilgan aziz merosdir. Shuning uchun ham har birimiz tabiat boyliklarini muhofaza qilish, uni kо‘z qorachig‘iday avaylab-asrashimizda о‘zimizni mas’ul, javobgar sezishimiz darkor.
Esda tuting!
Fauna lotincha “fauna” - о‘rmon va dalalar xudosi, hayvonlar tо‘dasining himoyachisi (hayvonot olami).
Bilib qо‘ygan yaxshi!
Toshkent hayvonot bog‘i 1920 yilda tashkil etilgan. Hayvonot bog‘i kattalar va bolalar uchun sevimli dam olish maskani bо‘libgina qolmay, balki u kishilarning hayvonot olami haqidagi bilimlarini kengaytirishga xizmat qiladi hamda О‘zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan noyob va yо‘qolib borayotgan turlar bilan ham tanishtiradi.
Turlar qonun tomonidan saqlansada, toki ularning tabiiy muhiti saqlanmaguncha ular hayot kechira olishmaydi. Atrof muhitni muhofaza qilish ko’pincha, tabiiy muhitni yoki butun ekotizimni saqlashga asoslangan bo’ladi. Buni bajarishning usullaridan biri bu tabiat muhofazasini yaratish bo’lib, u xuddi, xalqaro bog’lar va yovvoyi hayot hududlarini saqlash kabi bo’ladi .
1872-yilda birinchi Xalqaro bog’ Yellow Stone National Park hisoblanib, AQSH da tashkil qilingan. O’sha davrda Kulrang ayiq, loss va bug’ular Shimoliy Amerika hududi tomonga ko`chirilib, joyi o’zgartirilgan edi. Bu hayvonlar ozuqa to’plash uchun yerning ko’plab hududlarini darbadar kezardilar. Agar ularning tabiiy muhiti kichik bo’lsa ular yashay olmaydilar. Misol uchun, kulrang ayiq kuniga katta miqdorda ozuqaga muhtoj bo’ladi. Kulrang ayiqga o’z qornini to`ydirishi uchun bir necha yuz km hududlar kerak bo’ladi. Milliy bog’lar va yovvoyi hayot hududlarisiz ba’zi hayvonlar hozir mavjud bo’lgandan ancha kam bo’lishlari mumkin edi.
Tabiiy muhitni tiklash
Tabiiy muhitga insoniyat faoliyati orqali ziyon yetkaziladi yoki o’zgartiriladi. Tabiiy muhitni tiklash bu zarar yetkazilgan tabiiy muhitni oldingi sog’lom holiga qaytarishdan iborat bo’lgan jarayonni o’z ichiga oladigan holatidir.
Rode orolining Naragansent ko’rfazi baliq ovida muhim hudud sanaladi. Bu yapoloq baliq, tanga baliq, ko’k qisqichbaqa va boshqa muhim ozuqa turlarini saqlashga xizmat qiladi. Suv o’tlari ko’rfazning sayoz joylarida o’sadi va shu o’tlarning yosh turlarini tabiiy muhitini rivojlantiradi. Rode orolida aholining o’sishi ko’rfaz suv o’tlarining yo’qotilishiga sabab bo’ldi. Baliq ovlash esa qisqartirildi20.
Do'stlaringiz bilan baham: |