1. Texnik modellashtirish jarayoni qaysi tartibda keltirilgan ketma-ketlikda amalga oshiriladi?
*Muammoni yechimiga mos texnik yechim tanlash, texnik hujjatlar
tayyorlash, modelni yasash
Modelni yasash, uni sinab ko‘rish, ishlab chiqarishga joriy etish
Texnik hujjatlar tayyorlash, modelni yasash, uni sinab ko‘rish, seriyali ishlab chiqarish
Texnik xujjatlar tayyorlash, modelni yasash, uni sinab ko‘rish
2. Texnik modellarning metall srti qanday usullarda pardozlanadi?
Randalanadi va loklanadi
*Silliqlanadi va polirovkalanadi
Yaxshilab qirib tashlanib, aliflanadi
Yo‘niladi va pardozlanadi
Tekshirish savollari
O‘quvchi va yoshlar texnik ijodkorlik faoliyatini qanday bosqichlarga ajratish mumkin?
Texnik ijodkorligining mazmuni qanday omillarga ko‘ra tanlanadi?
Texnik ijodkorlik muammolarini hal etishda yangi axborot texnologiyalarining qanday imkoniyatlaridan foydalanish mumkin?
12-mavzu. Mehnat va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan tashkiliy ishlar
Reja:
O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish.
O‘quvchilarni maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishning gruppaviy formasi.
Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi.
1. O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish.
O‘quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni har xil formalarda tashkil qilishning asosiy vazifasi, ularni ijtimoiy foydali faoliyatda faol ishtirok etishni, shaxsiy qiziqishlarini, moyilligi va imkoniyatlarini to‘liq ishga solishdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarga pedagogik rahbarlik qilishdan maqsad o‘quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash faqat maktabdagina emas balki ijtimoiy tashkilotlar orqali texnik ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi umumiy o‘rta maktablarida fanlardan olgan bilimlarini texnik masalalarni yechishga to‘liq safarbar etishdir. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va olib borish talim va tarbiyaning umumiy prino‘iplari asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarning mehnat va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini quyidagi 3 ta guruhga birlashtirish mumkin:
O‘quvchilarning individual ishlari.
O‘quvchilarning qiziqishiga qarab to‘garaklar, klublar, ijodiy birlashmalariga gruppaviy masho‘ulotlar.
Juda ko‘p sonli o‘quvchilar ishtirokidagi ommaviy tadbirlar
O‘quvchilarning individual ishlar bilan shuo‘ullanishi bu ijodiy kollektivda ishloviga zamin yaratadigan ijodga qiziqishning boshlano‘ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zidan katta yoshdagi o‘quvchilar, o‘qituvchi yoki boshqa mutaxassisning rahbarligida har xil texnika va texnologiyalarni modellashtirish va loyihalashtirish bilan shuo‘ullanishida texnikaning biror turiga qiziqadigan o‘quvchilar bir-biri bilan xabarlashib guruhlarni tashkil qiladi, natijada texnik to‘garaklar paydo bo‘ladi. To‘garaklardan yetishib chiqqan o‘quvchilarni talim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur shuo‘ullanishga rahbarlik qilish ham individual ish turiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |