1-mavzu. Kirish. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati Reja


Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati



Download 0,59 Mb.
bet2/51
Sana14.07.2022
Hajmi0,59 Mb.
#797521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
1-mavzu. Kirish. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatn (1)

2. Bozor munosabatlari sharoitida ijodiy faoliyatning ahamiyati.
Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo‘llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash bilan birgalikda, o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligi bilan umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o‘z ichiga oladi. Shuningdek ushbu jarayon vatanimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni aks ettirishi va zamonaviy ilmiy talablarga to‘laroq javob berishi kerak.
Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida ilm olishni axborotlashtirishning amaliy yo‘naltirilgan yaxlit davlat siyosatiga asos solindi, uning ustivorliklari bo‘lgan dastlabki me’yoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga misol sifatida “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida“, “Axborotlashtirish to‘g‘risida“, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida“, “Aloqa to‘g‘risida“gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlarni keltirish mumkin. Ushbu qonunlarga muvofiq yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanishdagi iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ular vositasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga asoslangan intellektual mulk innovatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.
3. Ijodkorlik tushunchasining mohiyati.
Odatdagi tushunchaga ko‘ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli odamlarning qismatidir. Lekin, ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir. Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim.
O‘quvchining ijodkorligi avval uning har qanday faoliyat jarayonidagi: o‘ziga xos usul bilan masala yechish, insho yozish, tajriba ishlari, mehnat darslari va hokazolardagi mustaqil fikrlashda namoyon bo‘lishi lozim. O‘quvchining ijodi – uning olgan bilimlarini hayotda ko‘rgan dalil va hodisalarga bog‘lay olish, ularni to‘g‘ri baholab, dastlabki ma’lumotlarni tahlil va sintez qila bilishdir.
Har qanday ijod borliqni rad etish emas, balki borliqqa to‘laroq kirib borishdir. O‘qitishdagi individual yondoshish ham ta’lim jarayonining muhim talabidir. O‘qitishdagi individual yondoshish faqat mashq ishlarida emas, balki o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida: yangi materialni o‘tishda, mustahkamlashda va takrorlashlarda ham, uy vazifasini tuzishda va darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Bu esa o‘quvchilarning ijodkorlik mahoratlari va qobiliyatlari o‘sishida yana bir eshikni ochadi.
Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof–muhit, jamiyat katta rol o‘ynaydi. Ota–onaning mehri, atrofdagilarning mehri, ularning olqishlari bolani mustaqil fikrlashga va mustaqil ish boshlashga ishonchini uyg‘otadi. Ma’naviy-ijodiy usullar shu tariqa o‘quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rol o‘ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi:
a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘ota bilish;
b) o‘quvchilarning egallagan bilimiga va tajribasiga asoslangan holda masala qo‘yish hamda ularga tayanib masalalarni tahlil qilish;
v) o‘rganish kerak bo‘lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib xulosa olishga erishish.
Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o‘zida yashiringanligini tushunadilar. Faqatgina buning uchun o‘qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan iste’dodni anglay bilishi kerak. Ilm olish, aqlni peshlash, o‘z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, ma’rifatli bo‘lish kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish, o‘qib – o‘rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin.

Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish