1-mavzu. Kirish. Asosiy tushunchalar va Galaktikaning tarkibi



Download 108,47 Kb.
bet1/4
Sana31.12.2021
Hajmi108,47 Kb.
#243008
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu Gal astr (1)


1-mavzu. Kirish. Asosiy tushunchalar va Galaktikaning tarkibi

Galaktik astronomiya, bu zamonaviy astronomiya fanining keng qamrovli sohasi bo'lib, u kuzatuv ma'lumotlarini statistik tahlil qilish va Galaktikamiz ob’ektlari - yulduz va gaz-chang jismlarining umumiy xususiyatlarini o'rganish va ularning tuzilishini, va umuman bytunlay yulduzlar sistemasini rivojlanishi va evolyutsiyasni o’rganadi. Koinotning turli xil jismlarini tabiatini o'rganadigan astrofizikadan farqli o'laroq, Galaktik astronomiyasi ushbu ob'ektlarning katta ansambllari bilan shug'ullanadi va ularning o'rtacha parametrlari bilan ishlaydi. U yulduz sistemalarining statistiaksini, kinematikasini, dinamikasini, kelib chiqishi va Galaktika evolyutsiyasining nazariy, modellarini yaratadi va yakuniy bosqichda ushbu nazariyalarning kuzatilishi mumkin bo'lgan oqibatlarini tekshiradi. Galaktik astronomiyasi juda katta, doimiy ravishda ko'payib kuzatib boriladigan materialidan foydalanadi. Bularning materiallarni tahlilida matematik statistika usullari juda keng qo'llaniladi. Shu sababli, Galaktik astronomiya, bir tomondan, yulduz astronomiyasi, ikkinchi tomondan, statistik astronomiya deb ham ataladi.

Astrofizikadan so'ng, Galaktik astronomiya fani so'nggi yigirma yilliklarda sun'iy yo'ldosh astronomiyasiga aylandi. Astronomik tadqiqotlar jarayonida sun'iy yo'ldoshlardan olingan kuzatuvlardan keng foydalanish davri IRAS (Infrared Astronomical Satellite - Infraqizil Astronomik Sun'iy yo'ldoshi) sun'iy yo'ldoshi ishga tushirilishidan boshlandi, natijada nuqtaviy infraqizil manbalari - asosan yulduzlarning keng katalogi paydo bo'ldi. Galaktik astronomiyasida yangi davr Gipparh (Hipparcos) astrometrik sun'iy yo'ldoshi tomonidan ochildi, u yulduz astronomiyasini minglab yulduzlarning aniq trigonometrik paralakslari bilan ta'minladi va milliondan ortiq yulduzlarning yuqori aniqlikdagi to'g'ri harakatlarini aniqlash uchun asos yaratdi. Yulduzlar astronomiyasiga birinchi marta zich Hubble shuningdek, yulduz astronomiyasi tomonidan kashf etilgan kosmik jismlarning xususiyatlari o'rtasidagi bog'liqlikni nazariy jihatdan asoslab beradi.

An'anaga ko'ra, Galaktik astronomiyasi bir-biriga yaqin bo'lgan uch qismga bo'linadi: yulduzlar statistikasi, yulduzlar kinematikasi va yulduzlar dinamikasi.



Yulduzlar statistikasi bu taqsimot funktsiyalarining parametrlarini aniqlash va galaktika va ekstragalaktika (Galaktikamizdan tashqari) ob'ektlarning turli xil xususiyatlari orasidagi o'zaro korrelyatsion (ya’ni, qat’iy funksional xarakterga ega bo’lmagan tasodifiy miqdorlar orasidagi ehtimoliy (statistik) bog'liqlikni aniqlash uchun matematik statistika usullaridan foydalangan holda kuzatuv ma'lumotlarini tizimlashtirish (sistemalashtirish) va ob'ektlarni turli xususiyatlarga ko'ra tasniflash (klassifikatsiyalsh) uchun mo'ljallangan. Yulduzlar statistikasining muhim vazifalaridan biri kuzatuvlar natijasida olingan funktsiyalarning ko'rnma xususiyatlaridan funktsiyalarning haqiqiy xususiyatlarini topishdir. Buning uchun yulduzlar statistikasining tenglamalari echiladi, ular ko'rsatilgan funktsiyalardan tashqari buzilish jarayonlarini inobatga oluvchi funktsiyalarini ham o'z ichiga oladi. Yulduzlar statistikasi, shu qatorda, koinot jismlarining barcha turdagi xususiyatlarini, xususan, yulduz kattaliklari, yorqinligi, metallligi, massalari va boshqa ko'rsatkichlarini kalibrovkalash (ya’ni, aniq bir o’lchamga keltirish) bilan shug'ullanadi. Yulduzlar statistikasi Galaktikada va umuman butun Koinotda masofa o'lchovini yaratish uchun asos yaratadi. Astrofizika bilan bir qatorda u ob'ektlar yoshinig o'lchovni ham rivojlantirmoqda. Natijada yulduz sistemalarning nafaqat tuzilishini, balki ularning evolyutsiyasini o'rganish uchun ham zamin yaratadi. Ob'ektlarning ba'zi bir xususiyatlarining statistik bog’lanishi ko'pincha dastlabki bosqichlarda yetarli nazariyga asoslanmagan holda, faqat diagrammalar shaklida ko'rsatilishi mumkin. Shu bilan birga, ushbu diagrammalar nafaqat ob'ektlarni klassifikatsiylashga, balki ularnig fizik tabiati va evolyutsion holatini tushunishga yordam beradi (masalan, Gertzsprung-Ressell sxemasi).


Download 108,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish