1-mavzu: kimyoning asosiy tushunchalari reja : Kirish. O’zbekistonda kimyo fani va sanoati. Kimyo fanining maqsadi, vazifalari


Kimyoning tabiiy fanlar orasidagi o’rni



Download 284,35 Kb.
bet3/39
Sana31.12.2021
Hajmi284,35 Kb.
#263029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
1-Maruza Kimyoning asosiy tushunchalari

Kimyoning tabiiy fanlar orasidagi o’rni
Kimyo boshqa tabiiy fanlar bilan uzviy bog’liq bo’lib, bir-birlari bilan chatishib ketishi natijasida ular bilan tutash quyidagi fanlar vujudga keldi va ayni paytda bu fanlar rivojlanmoqda, bular: biokimyo, geokimyo, fizikaviy kolloid kimyo, elektrokimyo, termokimyo, radiatsion kimyo, kimyoviy texnologiya, preparativ kimyo (moddalarni olish bilan shug’ullanadi) va boshqalar.

Tabiatshunoslik, tabiiy fanlar – tabiat haqidagi fanlar majmui. Tabiiy fanlarga: matematika, fizika, biologiya, kimyo, geografiya va astronomiya kabi fanlar kiradi.

Tabiiy fanlarning bevosita maqsadi o’zining o’rganish ob’ekti bo’lgan tabiat qonunlarini kashf etish asosida tabiiy jarayonlar va hodisalarni ta’riflash, mohiyatini tushuntirish, oldindan aytib berishdir. Har bir tabiiy fan o’ziga xos bo’lgan tabiiy hodisalarni o’rganadi. Masalan, fizika fani tabiatdagi fizikaviy hodisalarni, biologiya - biologik hodisalarni, kimyo - kimyoviy hodisalarni o’rganadi. Yuqorida qayd qilganimizdek kimyo-moddalar va ularning tuzilishi to’g’risidagi fan bo’lganligi uchun ham, tabiiy fanlar orasida kimyo eng muhim o’ringa ega va kimyo fanining rivojlanishi ham boshqa tabiiy fanlar bilan ham uzviy bog’liqdir.

Masalan, atom va molekulyar massalarni aniqlanishida, 1850 yilda kimyoviy reaktsiyalarning tezliklarini matematik ifodalashda, differentsial, integral, matematik statistika, hisoblash matematikasi, elektron hisoblash mashinalari hamda zamonaviy komp’yuterlarni kimyoviy va texnologik jarayonlarni modellashtirish, kimyoviy reaktsiyalarni grafik tasvirlash va ularni kimyo faniga tadbiq qilishda matematika muhim ahamiyatga ega. Moddalarning tuzilishini, kimyoviy reaktsiyaga kirish jarayonini fizikaviy usullar yordamida o’rganishda fizikaning roli biqiyosdir. Fiziklar ham fizikaviy hodisalarning mohiyatini tushuntirishda, jismlar moddalardan tuzilganligi sababli ularning xossalarini o’rganishda kimyoni chuqur bilishlari zarurdir. Kimyo bilan fizika uzviy bog’liq va ular shunchalik chatishib ketganki, u bilan tutash bo’lgan fizikaviy kimyo, elektrokimyo, radiatsion kimyo kabi fanlar hozirgi kunda jadal rivojlanmoqda.

Kimyo fani bilan biologiya fanining chambarchas bog’liqligidan, bioorganik kimyo, biokimyo, bioneorganik kimyo o’simliklar va tirik organizmlardagi metallar (Mn, Fe, Cu, Ca, Zn, Mg, Na) ning tuzilishi, tarkibi va ularning migratsiyasini o’rganadi. Bu metallar fermentlarning tarkibiy qismi bo’lib, ularni “hayot metallari” deb ataladi. Oqsillarning bo’lakchalari bo’lgan aminokislotalar anorganik va organik kompleks birikmalar va ularning xossalari hamda organizmdagi rolini biokimyogarlar chuqur o’rganadi. Geologiya-Er qobig’idagi kimyoviy elementlar va ularning minerallarining tabiatda tarqalishini o’rganadi.

Tirik organizmda boradigan biokimyoviy jarayonlarni o’rganib, ularni boshqarish imkoniyatlarini yaratish biolog va kimyogarlarning birgalikdagi izlanishlari asosida buyuk kashfiyotlar qilinmoqda. Biokimyogarlarning birgalikdagi ilmiy va amaliy ishlari asosida insonlarni dorivor moddalarga (ayniqsa, dorivor o’simliklarga), chorvachilikda esa bir talay qo’shimcha ozuqalarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan katta ishlar qilinmoqda.



Kimyogarlar, biologlar, fiziklar, geograflar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda atrof-muhitni (ekologiya muammolari) ifloslanishdan saqlash borasida ham katta ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kimyo – fizika va biologiya bilan birga tabiatni o’rganuvchi uchta fandan biri. Bu fanlar o’rganish soxasining xarakteri va masshtabi bilan farq qiladi. Tabiatdagi jarayonlarni to’rtta masshtabga (darajaga) bo’lish mumkin: 1) Astronomik; 2) Makroskopik (insoniyat va uni o’rab olgan muxit); 3) Mikroskopik (atom va molekula darajasi); 4) Ul’tramikroskopik (elementar zarrachalar tuzilishi darajasi). Fizika – Yuqori dagi barcha darajalardagi o’zgarishlar va hodisalarni o’rganadi. Biologiya – tirik tabiatdagi makroskopik jarayonlarni o’rganadi. Kimyo – moddalarni makroskopik darajada o’zgarishlarini atom-molekulyar darajada tahlil qilib o’rganadi.


Download 284,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish