Haqiqiy (absolyut) va nisbiy molekulyar massa: Molekulyar massa – molekuladagi atomlar massalari yig’indisi. Molekulaning absolyut massasi tarkibidagi atomlar absolyut massalari yig’indisiga teng. Molekulaning nisbiy massasi tarkibidagi atomlar nisbiy massalari yig’indisiga teng. Masalan: Suvning absolyut va nisbiy massalarini hisoblaymiz.
Shunday qilib, moddaning nisbiy molekulyar massasi deb, son jixatdan har qanday modda molekulasining massasiga teng bo’lib, uglerod birligida ifodalangan birligiga aytiladi. Molekulyar massa ham 12S izotopi massasining 1/12 qismiga nisbatan o’lchangani uchun “nisbiy molekulyar massa” deyiladi va Mr bilan belgilanadi. Masalan: Mr(O2) = 32 u.b., Mr(H2SO4) = 98 u.b. va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |