1.3.Kasbiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari va o`rganish usullari.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish uchun davlat ta’lim standartlari asosidagi uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilish yilda keng miqiyosidagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda ta’limning insoniyligi, milliy mustaqillik prinsiplariga, xalqimizning boy ma’naviy va intellektual merosi, umuminsoniy qadriyatlarni adroqlash ruhiga alohida e’tibor berilmoqda. Milliy dasturning strategik maqadlariga erishish yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, yangi o‘quv reja va dasturlari, o‘quv metodik majmualar, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashning, zamonaviy shakl va uslublarini qo‘llashning o‘rni, ahamiyati kattadir. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning boy milliy tarixiy-madaniy an’analar, urf-odatlari, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy va pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Ta’lim-tarbiya va shaxsni har tomonlama kamol toptirish ustivorligini ta’minlash asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida xalq ta’limi tizimida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dasturi” ga mos ravishda isloh qilish, shubhasiz, ta’limimizni rivojlangan, demakratik mamlakatlardagi ta’lim tizimi yutuqlari bilan boyitish, uyg‘unlashtirish orqali yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlarini yuksak darajaga ko‘tarish, ularda mustaqillik ruhi, e’tiqod va axloqiy sifatlarni shakllantirishdek ma’suliyatli vazifalarni qo‘yadi. Mamlakatimizda keng ko‘lamdagi o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini oshirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini saralab olish, yoshlarning o‘zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklarni egallashlari uchun sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida qaralmoqda.8
4-rasm
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismida ta’kidlanganidek, shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida e’tirof etilgan.
|
|
Har bir fanda bo‘lganidek, psixologiya fanida ham turli-tuman psixik hodisalarni va har bir shaxsga xos bo‘lgan individual xususiyatlarni o‘rganish uchun qo‘llaniladigan bir qancha usullar - yo‘l-yo‘riqlar bor. Psixologiya fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha tasnifi mavjud. B.G.Ananev psixikani o’rganish metodlarini to’rtta guruhga ajratib bergan. Bu to’rtta guruh metodlar M.Ulug’bek nomli O’zbekiston Milliy Universiteti, Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, Farg’ona Davlat Universiteti kabi psixolog mutaxassis tayyorlaydigan oliygohlarda mufassal o’rganiladi. Biz mazkur mavzuimizda har bir insonning o’zini va atrofidagilarni bilib olishiga imkon beradigan, murakkab bo’lmagan, qo’llash shartlari sharoitga mos bo’lgan va umum qabul qilingan metodlarni keltirdik. Quyidagi jadvalda asosiy psixologik metodlar va ularning turlari keltirilgan. Bu metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, holat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |