Psixologiyaning predmeti - konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq - atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir.
Psixologiya faniga bo‘lgan zaruriyat: Nega ilmiy yondashuvdan hosil bo‘lgan xulosalar, intuitsiya va umumiy odatiy ong orqali hosil bo‘lgan xulosalardan ko‘ra ishonchliroqdir? Ba’zi insonlar o‘ylaydilarki, psixologiya fani odamlar shundoq ham biladigan narsalarni shunchaki ilmiy tilda qog‘ozga tushirish bilan shug‘ullanadi: «Psixologiya fani orqali kritik tahlil qilishning nimasi yangilik bo‘lib qoldi – mening buvijonim allaqachon bilgan narsalarni qiziqarli metod va tajribalaring orqali isbotlaysan va bu uchun sen haq olasan, xolosmi?». Bu o‘rinda boshqalar intuitsiyaga (ichki sezgilari) ishonadilar. «Har birimizning ich-ichimizda eng ishonchli yo‘lni ko‘rsatadigan instinkt va yurakdan his qiladiganimiz, yo‘lboshchimiz bor – biz shunchaki o‘sha tuyg‘ularga erk bersak, bo‘ldi», – deya maslahat bergan edi Britaniya shahzodasi Charlz.4 Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir-birlari bilan bog’liq va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo’ysunadi. Demak, psixologiyaning predmeti aniq shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ongi tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin. Inson psixikasini o’rganishda fiziologiyaning oliy nerv faoliyatini tadqiqotlarida erishilgan yutuqlari alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan A.R.Luriyaning bosh miya bloklari spetsializatsiyasi ta’limoti. U 3 ta blokni farqlaydi:
a) energetik – miya normal ishlash tonusini quvvvatlash; b) qabul qilish, qayta ishlash va axborotni saqlash; v) faoliyatni programmalashtirishni tartibga solish va nazorat qilishni ta’minlash.
Bosh miya yarimsharlari funksiyalarining muayyan yo’nalishi alohida ahamiyat kasb etadi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |