Umumiy psixologiya
|
Shaxs psixologiyasi
Psixikaning taraqqiyoti
Qiyosiy psixologiya
|
Ijtimoiy psixologiya
|
Guruh psixologiyasi
Oila psixologiyasi
Etnopsixologiya
|
Pedagogik psixologiya
|
Ta’lim psixologiyasi
Tarbiya psixologiyasi
|
Yosh davrlari psixologiyasi
|
Bolalik davri
O’smirlik davri
|
Yuridik psixologiya
|
Kriminalistika
Sud psixologik ekspertiza
Tergov psixologiyasi
|
Tibbiyot psixologiyasi
|
Psixoterapiya
Patopsixologiya
Psixopotologiya
|
Demak, bugungi psixologiya fani va uning tarmoqlarining predmetini belgilashda yoshlar ongida to’g’ri dunyoqarashni milliy istiqlol g’oyalari va uning asosiy tushunchalari va tamoyillari asosida shakllantirish masalalari nuqtai nazaridan yondashish katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o’sha barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi.
Shuning uchun bugungi kunda psixologiya fanidan alohida bo’lib ajralib chiqqan tarmoqlar to’g’risida ham fikr yuritish mumkin.
Siz muayyan ob’ektlarni katta va kichikligiga qarab hisob kitob qilasiz, ammo siz harakatlarni idrok qilishda muammolarga duch kelasiz. Katta ob’ektlar, misol uchun poezd kichikroq ob’ektga nisbatan sekin harakat qiladi. Aksincha, mashinalar esa bir xil tezlikda harakatlanadi (balki aeroportda siz tez uchar katta samolyotni kichikroq samolyotga nisbatan sekinroq qo‘nayotganini kuzatgandirsiz). Uchib kelayotgan yumshoq to‘pni ilib olish uchun kriket o‘yinchilari to‘p yo‘liga chiqib ilib olish harakatida bo‘lishadi. Bu vazifani bajarish uchun ular kutilmagan qoidalarga ham bo‘ysunishadi. Bu jarayonni tushuntirish va izohlash biroz mushkul ammo bu jarayonni his qilish mumkin. Shuningdek miya davomli va harakatli tasavvurlarni ham idrok etadi.15
Psixologiyaning alohida tarmoqlarini differentsiatsiya qilish eng avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi haqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun hozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.
6-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |