Biografiya (tarjimai hol) metodi
Inson psixikasini – ruhiyatini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar odamlarning tarjimai holi, kundaliklari, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatga ega. SHu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai holga aloqador materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, magnitofon ovozlari, foto lavhalar, xujjatli filmlar, videokamera
tasviri, taqrizlar, tanbehlar ham o’rganilayotgan shaxsni to’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Hatto shifokorning kasallik tarixi xujjati ham bolaning tug’ilganidan, ham to boshlang’ich ma’lumot olgunicha davr oralig’ida salomatlik darajasi qanday bo’lganligi to’g’risidagi omillar bilan tanishish imkonini beradigan material hisoblanadi. Tarjimai hol metodi inson psixikasini suhbat va tajriba metodlari vositasida o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam bo’radi. Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog’liq jarayonlar: sheriyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste’dod salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi. Inson ongining namoyon bo’lishi, rivojlanishi, o’ziga xos individual va ijtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirgan mulohazalarida, asarlarida o’z ifodasini topadi. Allomalar to’g’risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu – tavsiflari orqali avloddan – avlodga o’tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksiz natijasida ajdodlar bilan avlodlar o’rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqelik vujudga keladi va ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning uyg’unligini ta’minlaydi.
Anketa metodi
Umumiy psixologiyada keng qo’llaniladigan metodlardan biri bo’lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o’rganiladi. Anketa odatda 3 xil bo’lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan iborat bo’ladiki, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinxi xil anketada sinaluvchiga havola qilinganda kamida to’rt besh to’g’ri javoblari ballar yordamida baholanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini muayyan sohaga qiziqishlari, qobiliyatlari, o’ziga, tengdoshlariga katta va kichiklariga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter xislatlari, xulq atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin. Tarqatilgan anketalar yig’ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodiinson psixikasining ayrim tomonlarini o’rganish uchun boy material to’plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo’lavermaydi. Bunga yo’l qo’ymaaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to’g’ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqarish kerak.
Quyida anketa varaqasidan namuna keltirib o’tamiz.
Kursingizda eng yuqori obro’ga ega bo’lgan talaba qaysi?
Sizningcha, kursdoshlaringiz ichidan kim mehr his – tuyg’usini uyg’ota oladi?
O’qish bilan bog’liq muammolar yuzasidan siz kimga murojaat qilishni xohlar edingiz?
Shaxsiy kechinmalaringiz haqida siz kim bilan fikr almashishni xohlar edingiz?
O’rtoqlaringiz ichidan kimni uyingizga mehmonga astoydil taklif qila olasiz?
Kursdoshlaringiz ichida kim bilan mashg’ulotlarga birgalikda tayyotayyorlanishni yoqtirasiz?
Qaysi kursdoshingiz bilan suhbatlashishni aslo yoqtirmaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |