Tayanch ibora va tushinchalar: metod, longityud metodi, kesimli metod, reja, tadqiqot, kuzatish metodi, anketa metodi, test metodi, biografik metod, sotsiometrik metod, faoliyat mahsuloti.
2.1. Kasbiy psixologiyaning asosiy metodlari haqida tushuncha.
Metod so’zi – yunoncha metodos bo’lib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi. Nazarimizda yuqoridagilarga yana yo’l, usul so’zlarini ham kiritish mumkin. Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qo’llaniladi. Ushbu bobda bilim berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plashdagi qo’llaniladigan tadqiqot metodlari haqida so’z boradi. Psixologiya fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim o’rin egallagan, diagnostik xususiyatli metodlardan biri – kuzatish metodidir. Mazkur metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi davrgacha ilmiy izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri bo’lib, keng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Lekin bugungi kunda uning ob’ekti, ko’lami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar, holatlar, hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini o’rganish imkoniyati tug’ildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta o’zgarishlar yuzaga keldi.
Hozirgi zamon kasbiy psixologiya fanining asosiy printsiplari, kategoriyalari va ilmiy tadqiqot usullari 1923 yilda Psixonevrologlarning birinchi s’ezdida K. N. Kornilov (1879–1957) psixologiyani dialektika negizida tuzish masalasini ilgari surdi. Psixologlarning psixologiyani dialektik materializm negizida tuzish uchun olib borgan kurashining natijasi hisoblangan g’oyaviy-nazariy kurash jarayonida psixologiya predmeti va uning metodlari haqidagi ilmiy tushunchalar tarkib topdi, psixologik tadqiqotlarning eng muhim prinsiplari va asosiy muammolari aniqlab olindi, bilimning turdosh sohalariga munosabat oydinlashdi. Psixologiya fanining taraqqiyotida buyuk o’rin tutgan B. G. Ananev, P. P. Blonskiy, L. S. Vigottskiy, A. V. Zaporojets, K. N. Kornilov, G. S. Kostyuk, A. N. Leontev, A. R. Luriya, S. A. Rubinshteyn, A. A. Smirnov, B. M. Teplov, D. N. Uznadzeva boshqa olimlar etishib chiqdi. Psixologiya psixik jarayonlarni, shaxsning individual – tipologik xususiyatlarini o’rganar ekan, tekshirishning muayyan metodlarini o’rgatadi. Psixologiyada tekshirish metodlari ob’ektiv bo’lmog’i lozim. Insonning ish-harakatlarivaxatti-harakatlarini tekshirish asosidagina uning niyatlari, fikrlari va hissiyotlari haqida to’g’ri ma’lumot olish mumkin.
Kasbiy psixologiyaning metodlari psixik hodisalarni o’rganishga ob’ektiv qarashni ta’minlabgina qolmay, balki shaxsning psixik jarayonlari va xususiyatlari nima uchun va qanday yuzaga keladi? Qanday rivojlanadi va qanday o’zgarib boradi? degan savollarga javob bermog’i lozim.
Kasbiy psixologiyaning metodlari amaliyot bilan bog’liq ravishda olib borilishi kerak. Kasbiy psixologiya metodlariga tarixiy jihatdan yondashmoq lozim. Shu jihatdan psixologiya metodlari uning predmeti kabi tarixan anchagina o’zgarishlarga duch keldi. Psixologik tadqiqotlar predmetining alohida xususiyatga egaligi uning alohida tadqiqot metodlariga ega bo’lishi zarurligi haqidagi fikrni ilgari surmasdan qo’ymasdi. Idealistik psixologiya yagona bir metodni tavsiya eta olgan va shu metod yordamida kishi «ruhiga» kirib borishga uringan. O’zini o’zi kuzatish (introspektsiya, ya’ni ichkaridan ko’rish) ana shunday metod edi. Kasbiy psixologiyada tadqiqotning sub’ektiv va ob’ektiv metodlari bir-birini inkor etadi. Haqiqiy ilmiy psixologiya psixikani o’rganishning ob’ektiv metodlaridan foydalanish va fanda bundan boshqa metodlarning bo’lishi mumkin emasligini tushuntirishi kerak.
Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqotga yana bir muhim talabi psixik faktlarni genetik (tarixiy) jihatdan o’rganish printsipiga amal qilishni taqozo etadi. Bu metod yordamida psixik rivojlanish davrlarga bo’lish yo’li bilan (ya’ni rivojlanishning alohida yosh bosqichlarini ta’riflash va ularni o’zaro bir- biriga taqqoslash) emas, balki bola shaxsini unga ta’lim berishning maxsus tashkil etilgan sharoitlarida qator yillar mobaynida uzoq vaqt o’rganish natijasida aniqlanadi. Masalan, bolaning psixik taraqqiyoti o’rganilar ekan, psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini, xususiyatlarini aniqlash, uning shu tarzdagi psixik taraqqiy etish sabablarini bilib olish hamda sinchiklab o’rganish asosida oilaviy tarbiya va ta’lim jarayonlarini takomillashtirish uchun muayyan usullarni belgilash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |