Nazorat savollari
1.Qobiliyatlar va ularning tabiiy asoslari?
2.Qobiliyatlarning rivojlanishi?
3.Shaxs faolligi va qobiliyatlar?
4.Qobiliyatning tuzilishi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis metodikalari To‘plami” Toshkent, 2003 yil
2. Foziev 3.F., Mamedov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkent 2003 yil
3. Qodirov K.B. “Kasb tanlashga tayyorgarlikning psixologik jixatlari va kasbiy tashxis”, Toshkent 2001 yil
4. Sog`inov N., Ubaydullaev F. “O‘quvchilar bilan olib boriladigan kasb tanlash, kasbga yo‘llash ishlarini tashkil qilishda psixodiagnostika metodlaridan foydalanish” Toshkent, 1996 yil.
13-MAVZU: QOBILIYATLAR VA SHAXSNING KASBIY SHAKLLANISHI
Reja:
1.Shaxsning kasbiy shakllanishi va qobiliyatlar.
2.Qobiliyatlar va shaxsning o‘zini-o‘zi baholashi.
Tayanch tushunchalar: kasb, qobiliyat, shaxsning kasbiy shakllanishi, qobiliyatlar, o`z-o`zini baholash, bilim, ko`nikma, malaka.
Kasbiy qobiliyat - odamning shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, malaka orttirish shu xususiyatlarga bog‘lik bo‘ladi. Kasbiy qobiliyat taraqqiy etmay, so‘lib ketishi ham mumkin. O‘quvchida hali zarur ko‘nikma va malakalar tizimi hamda mustaqil bilimlar va tarkib topgan ish uslublari yo‘qligiga asoslanab, jiddiy tekshirmay shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo‘q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy xatosi hisoblanadi. Qobiliyatlar bilim, malakalar, ko‘nikmalarda ko‘rinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon bo‘ladi, ya'ni, boshqacha aytganda, mazkur faoliyat uchun muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, engil va mustahkam amalga oshirishingizda namoyon bo‘ladi. Demak, qobiliyat shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan indiviudal-psixologik xususiyatdir. Agar shaxsning ma'lum sifatlari yig‘indisi odamning pedagogik jihatdan asoslab berilgan vaqt oralig‘ida egallagan faoliyati talablariga javob bersa, bu narsa bizga, unda mazkur faoliyatga nisbatan qobiliyati bor, kasbiy adaptatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
Qobiliyatlar taraqqiyotning yuksak bosqichiga iste'dod deb ataladi. Iste'dod deb odamga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi. Iste'dod mahoratning dastlabki sharti bo‘lib, lekin mahoratning o‘zidan ancha uzoqdir. Mohir usta bo‘lish uchun juda ko'p ishlash kerak bo‘ladi. Iste'dod mehnatdan ozod qilmaydi, katta ijodiy yuksalish va tinimsiz mehnatni, o‘z ustida ishlashni taqazo qiladi. Iste'dodli kishilar shubhasiz, o‘z mehnatlari orqali olamga mashhur bo‘lgan mahorat darajasiga erishganlar.
Masalan, o‘qituvchilikkasbi bo‘yicha qobiliyat liaqida gap ketai
ekan, shuiii e'tiiof etish loznnki, pedagogik faoliyatmng samarali
bo‘lishi,pedagogik mahoratga erislusli uchuno‘qituvchida quyidagi qobiliyat turlari mavjud bo‘lmog‘i lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |