Psixobiagrafiya –shaxslarning hayot yo‘lini psixologik o‘rganish metodi hisoblanadi. Avval psixobiografiya siyosatchilariningobro‘-e’tiborini, kishilarning individual kasbiy biografiyalarini o‘rganish maqsadida qo‘llanilgan. Kasb psixologiyada psixobiografiyani qo‘llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo bo‘lishi, kasbiy shakllanishdagiinqirozlar haqida qimmatli ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Anamnez metod – bu insoning mehnat sub’ekti sifatida rivojlanish tarixi xaqidagi ma’lumotlarni yig‘adi. Bu usul Ye.A.Klimov tomonidan batafsil ko‘rib chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini o‘rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obro‘-e’tibor qozonishni oldindan tashxis qilishda qo‘llaniladi. Anamneztik tadqiqot o‘z ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodiga qo‘yiladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi.
Praksimmetrik metodlar guruhi. Faoliyat mahsulotlari va jarayonlarini tahlil etish yo‘llari bo‘lib, unga B.G.Ananev xronometriya, profesiografiya, bajarilgan ishlar va buyumlar bahosini izohlashlarni kiritadi. Kasbiy psixologiyaning bu guruhidan quyidagi metodlar muhim ahamiyatga ega.
Topshriqlar tahlili – bu kuzatilayotgan inson va uning yashirin kasbiy xulqining yo‘nalganligini psixologik jihatlarini tadqiq qilish metodidir. Topshiriqlarni tahlil etish metod F.Teylor tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tasvirlash va tahlil etish maqsadida qo‘llanilgan.Topshiriqlarni tahlil etish hamda bajarilgan ishlarni tahlil etish metodi ham muhandislik psixologiyasida keng qo‘llaniladi.
Ye.Mak-Kormik va uning kasbdoshlari metallurgiya sanoatiga xos bo‘lgan 250 ta kasb turlarini tahlil etish uchun faoliyatlar ro‘yxatini ishlab chiqishdi. Olingan ma’lumotlarni omilli tahlil qilish yo‘li bilan qayta ishlash orqali 14 ta omil ajratildi va bu omillar “pozitsion tahlil so‘rovnomasi”ni loyihalashtirishga asos bo‘ldi (RAQ).
RAQ 187 elementdan iborat bo‘lib, ular mehnat xulqining asosiy shakllari hamda turli jihatlarini o‘z ichiga oladi. Ayrim jihatlarga tegishli misollarni keltiramiz: yozma topshiriqni ko‘rsatmasiga asoslangan holda bajarish, klaviaturadan foydalanish, konsultatsiyalarda qo‘l ostidagi ishchilar miqdori va boshqalar. RAQ metodi asosida to‘plangan ma’lumotlarni tahlil etishda tadqiqotchi har bir bo‘limlar bo‘yicha javoblarni oladi. Ta’kidlash kerakki, RAQ – topshiriqlar emas, balki bajarilgan ishlar tahlili metodi bo‘lib, ishchilarni tanlash muammosini hal etishda qo‘llaniladi. RAQ ishchilarni o‘qitish, malaka oshirish va ma’muriy jihatdan o‘zgarishlarida qo‘llaniladi. Kasbiy tahlilning yana bir muammosi kritik voqealar metoddir. Uning mohiyati shunda-ki, tadqiqotchi ishchining qoniqarsiz xulqini tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |