Nazorat savollari
1.Professiografiyaning mohiyati?
2.Professiografiyaning asosiy tamoyillari?
3.Professiografik tadqiqotlarni o‘tkazish?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis metodikalari To‘plami” Toshkent, 2003 yil
2. Foziev 3.F., Mamedov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkent 2003 yil
3. Qodirov K.B. “Kasb tanlashga tayyorgarlikning psixologik jixatlari va kasbiy tashxis”, Toshkent 2001 yil
4. Sog`inov N., Ubaydullaev F. “O‘quvchilar bilan olib boriladigan kasb tanlash, kasbga yo‘llash ishlarini tashkil qilishda psixodiagnostika metodlaridan foydalanish” Toshkent, 1996 yil.
5-MAVZU: SHAXS PSIXOLOGIYASI VA KASBIY SHAKLLANISH
Reja:
1.Shaxsning biogenetik va sotsiogenetik nazariyalari.
2.Shaxs faolligi.
3.Kasbiy shakllanish tarixi.
Tayanch tushunchalar: shaxs, shaxs psixologiyasi, kasbiy shakllanish, biogenetik nazariya, sotsiogenetik nazariya, shaxs faolligi, kasbiy shakllanish.
Psixologiyada shaxs va uning faolligi masalasi. Shaxsga taaluqli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob‘ekt, ham sub‘ekt bo’lishlikdir. Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta‘sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob‘ektni), so’ngra shu ta‘sirlarning sub‘ekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an‘analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba‘zilar qisman qo’shiladi. Bu shunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta‘qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi sub‘ekt bo’lsa, jamiyat-ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko‘rinishidir.
Shaxs - idrok qiladi, esda olib qoladi, fikr yuritadi. Psixolog V.N.Myasishev
psixologiyada shaxssiz hodisalarni shaxs faoliyatining psixologiyasi bilan
o’zgartirish lozim deb tasodifiy aytib o’tmagan. Faqatgina shartli ravishda bu
jarayonlarni uning olib boruvchisi - shaxsdan ajratgan holda ko’rib chiqishi lozim.
Biz bilamizki har bir odam har xil ijtimoiy shaxsiy ustanovkalari ta’sirida tashqi
olamni va boshqa odamlarni o’zicha idrok qiladi. Odamning u yoki bu axborotga
shaxsiy munosabati uni eslab qolishi jarayoniga va esdan chiqarishiga ta’sir
ko’rsatadi. Shaxsiy xususiyatlar, ustanovkalar, subyektiv munosabatlar insonning
xulq-atvoriga, uning boshqalar bilan o’zaro munosabatiga va muomalasiga
to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmasdan qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |