1-mavzu: kasb psixologiyasining predmeti reja



Download 1,53 Mb.
bet41/101
Sana28.06.2022
Hajmi1,53 Mb.
#717204
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101
Bog'liq
1-mavzu kasb psixologiyasining predmeti reja

Shaxs - faol sub’ektdir. Shu bois uning eng muhim tavsiflaridan biri ham
uning faolligi hisoblanadi. Faollik lotincha “actus” - harakat, “activus”- faol
so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarining
namoyon bo‘lishini tushuntiruvchi kategoriyadir.
Faollik deganda faqat qo‘limiz yoki oyoqlarimiz ishtirokida amalga
oshriladigan amaliy xatti-harakatlarnigina emas, balki ongimiz, miyamiz, aqliy
operatsiyalar yordamida amalga oshiradigan fikrlash jarayonlarini ham nazarda
tutishimiz lozim. Bu - oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan
bog’liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o’z-o’zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
Tashqi va ichki faollikka misol tariqasida hayotdan shunday manzarani
tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga etdi. Tashqi
faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini silashi,
ko’zlaridan oqqan sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik - o’sha ko’z yoshlarini
keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog’inchning asl sabablari (ayriliq
muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok
qilgandagi o’zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko’z bilan
ilg’ab bo’lmaydigan emotsional holatlarda namoyon bo’ladi. Lekin shu manzarani
bevosita guvohi bo’lsak ham, uni ifodalagan rasmni ko’rsak ham, taxminan qanday
jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin. Demak, ikkala turli
faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har
bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog’liq bo’lib tuyulgan bunday faollik
turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, shaxsning jamiyat bilan bo’ladigan
murakkab va o’zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi.
Inson faolligi “harakat”, “faoliyat”, “xulq” tushunchalari bilan chambarchas
bog’liq bo’lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli
faolliklar jarayonida shakllanadi, o’zligini namoyon qiladi. Demak, faollik yoki
inson faoliyati passiv jarayon bo’lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol
jarayondir. Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb
yuritiladi.
Faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman
ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va
takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir.
Shaxs o’zining faolligi bilan hayvonot olamidan farqli o’laroq ajralib turadi,
mazkur harakatlantiruvchi kuch (faollik) ilk bolalik yoshidan e’tiboran ijtimoiy
tarixiy taraqqiyot davomida to’plangan insoniyatning tajribasiga va jamiyatning
qonun-qoidalarini egallashga yo’naltirilgan bo’ladi. Uzoq davrlar davom etgan
maxsus jarayonning ta’sirida sodda tarzdagi xatti-harakatda faollik ustuvorlik
qilganligi tufayli o’zining yuqori bosqichiga o’sib o’tib, yangicha mazmun,
mohiyat, shakl va sifat kashf etgan. Faollik negizida paydo bo’luvchi o’zgacha
sifatni, o’ziga xoslikni egallagan xatti-harakatning yuksak ko’rinishi, faqat
insongagina taalluqliligi orqali u psixologiya fanida faoliyat deb nomlana boshlandi.


Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish