1-mavzu: kasb psixologiyasining predmeti reja


- tajriba, o ’ziga ishonch, mahorat va boshqa qobiliyatlarni orttirish; -



Download 1,53 Mb.
bet54/101
Sana28.06.2022
Hajmi1,53 Mb.
#717204
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101
Bog'liq
1-mavzu kasb psixologiyasining predmeti reja

- tajriba, o ’ziga ishonch, mahorat va boshqa qobiliyatlarni orttirish;
- semester davomida o’tiladigana o’quv material hamda qisqa kurs dasturini ishlab chiqishda qatnashish;
- material va kurs sifati uchun javobgarlikni o’ziga olish.
- kichkina grant yoki milliy fondan mablag’ yutib olib, uni loyiha yoki yangi dars metodlariga yo’naltirish;
- pedagogik izlansih yoki tadqiqotlarda qatnashish va tartib-intizom bo’yicha matn nashriyoti bilan shug’ullanish.
Yuqorida ko'rsatilgan talablarga javob beradigan, doimo o'z ustida ishlaydigan pedagoglar, o'z mutaxasisligidan qat'iy nazar “katta o'qituvchi” yoki shu kabi yuqori amalga ko'tarilishga to'g'ri kelishadi.
Ta'lim-tarbiya jarayonini demokratizatsiyalash - bilim beruvchi va bilim oluvchilarning fuqarolik huquqlarini tenglashtirish, o‘quvchilarda tanlash va o‘z fikri hamda nuqtai nazarini erkin bayon etish sharoitining yaratilishiga olib keladi.
Yangi munosabatlarning o‘zida xos jihati, an'anaviy ta'limdagidan farq qilib, o‘quvchilarning mustaqilligi va ijodiy o‘quv faoliyatini ta'qiqlamasdan ularni belgilangan maqsadga yo‘naltirish, o‘quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, qiziqtirish, ehtiyojlarni hisobga olish va erkin hamda faol mehnatga undash tufayli amalga oshirilishi bilan xarakterlidir. Ta'lim-tarbiya jarayonida vujudga kelgan yangi pedagogik munosabatlar mazkur jarayonda o‘quvchilarning intellektual xususiyatlarini ko‘rib chiqib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. Buning uchun pedagogik texnologiyalarni joriy etishning o‘ziga xos vositalari zarur bo‘ladi. Ular xilma-xildir:
- verbal - nutq so‘zlash, ma'ruza, suhbatlashish, savol-javoblar, bahs-munozara, muzokara, axborot va ma'lumot berish, kengashish, maslahatlashish, nasihat yoki tanbeh berish kabilar;
- noverbal - imo-ishora, qo‘l va gavda harakatlari yordamida ma'lum ma'no- mazmunni ifodalash yoki ta'kidlash;
- vizual - ko‘rgazmalilik elementlari - plakatlar, jadvallar, suratlar, diagrammalar, sxemalar, yozuv va tasvirlar, fotosuratlar, tarqatma materiallar, video lavhalar, jonli va jonsiz ob'ektlar, turli buyumlar va boshqalar farq qilinadi va ular yakka yoki omixta tarzda keng miqyosda qo‘llaniladi.
Insondagi bilimlarning hosil bo‘lishida undagi 5 ta sezgi a'zolari vositasida qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotlar nisbati quyidagicha:
ko‘rish a'zosi orqali-80-85 %;
eshitish a'zosi orqali-9-13 %;
hid bilish a'zosi orqali-2,5-3,5 %;
teri sezgisi orqali-1,5-3 %;
ta'm bilish a'zosi orqali- 1-2 %;
jami - 100 % gacha.
Har bir ta'lim muassasasi o‘quvchilarning intellektual va ijodiy xususiyatlarini nazarga olgan xolda, o‘z pedagogik jamoasining umumpedagogik tayyorligi, istak va xohishlariga muvofiq pedagogik texnologiyani joriy etish strategiyasi va taktikasini o‘ziga moslab rejalashtirishi mumkin.
Turli sezgi organlari ishtirokida o‘zlashtirilgan va qayta ishlangan axborotning oradan 2 hafta o‘tgach, quyidagi miqdorlari eslab qolinadi:

  • o‘qilganlar -10 %;

  • eshitilganlar - 20 %;

  • ko‘rilganlar - 30 %;

  • ko‘rilgan va eshitilganlar - 50 %;

  • gapirilganlar - 80 %;

  • gapirilgan va amalda bajarilganlar - 90 %. Eslab qolish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq unutish, xotiraga joylash, qismlarga ajratib yodlash, mexanik yoki anglab yodlash, xotira mashqi suggestopediya (bir shaxsning boshqasiga psixik ta'sir ko‘rsatishi), suggestiya (lotincha-ishontirish), gipnopediya (uyquda o‘qitish) kabi ko‘pgina ta'lim beruvchi va tarbiyalovchi operatsiyalar ham pedagogik tizimga tez kirib kelmoqda. O‘quvchi pedagogik faoliyatini, tajribasini va kasbiy qobiliyatini diagnostik o‘rganish nazariyasi va metodikasi har bir pedagogik jamoada va shu pedagogik jamoaning har bir a'zosida pedagogik kasbiy faoliyat xususiyatlarini o‘rganishda yagona maqsad uchun harakatlanishga imkoniyat beradi, bu o‘z navbatida o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirish mexanizmini yaratish uchun zamin hozirlaydi. Shu munosabat bilan o‘qituvchining pedagogik faoliyatida erishiladigan yutuqlarini belgilashda pedagogik diagnostika muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik amaliyotda o‘qituvchi pedagogik faoliyatini va kasbiy qobiliyatini “diagnostikalash” ya'ni tashxislash deganda faqat uning mutaxassis sifatida tayyorgarlik darajasini aniqlash tushuniladi. Bunday har bir tomonlama yondashuv pedagog faoliyatini va qobiliyatining boshqa qirra (komponent)larini ikkinchi darajadagiday talqin etilishiga sabab bo‘lmoqda. Aslida esa o‘qituvchi pedagogik faoliyatini samaradorligi bilan ta'minlanadi. Shu jihatdan qaraganda pedagogik qobiliyatlar va ularning namoyonlik darajasini aniqlash usuli muhim ahamiyatga ega. SHunday qilib, hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyotining shiddatli rivojlanishi maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida ta'lim olayotgan o‘quvchi-talabalarga chuqur bilim berish, ularni hozirgi zamon yangiliklari bilan muntazam tanishtirib borish har bir o‘qituvchi-pedagogdan doimiy ravishda o‘z kasbiy malakalarini va pedagogik mahoratini oshirib borishni taqozo qiladi. Shunday ekan, uzluksiz ta'lim tizimida, xususan, oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchi-pedagoglar bilan shartnomalar tuzilishida va lavozimlarga qo‘yilishida pedagogik salohiyatga, o‘z malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqot natijalariga qarab qo‘yilishi ayni muddaodir.

Pedagogning kasbiy va kommunikativ kompetentlilik sifatlari. Pedagogning kasbiy kompetentligi pedagogika va psixologiya fanlariga doir bilimlarga ega bo‘lish, o‘z ustida ishlash, ta'lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o‘rnata olish, o‘quvchilarda o‘quv faoliyati motivatsiyasini shakllantirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi bilish, ta'lim muhitiga yangilik kiritish, o‘z fanini mukammal bilish, xorijiy tillardan birini yaxshi bilishni taqazo etadi. Shaxsning tanlagan sohasi bo‘yicha malakali, yuqori mahoratga ega mutaxassis sifatida shakllanishi murakkab jarayon bo‘lib, unga ko‘p yillik samarali mehnat, ijodiy izlanishlar natijasidagina erishish mumkin. Biroq mazkur sifatlarning shakllanishi uchun zamin o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlaridagi tahsil jarayonida yaratiladi. Bo‘lajak pedagogning kasbiy tayyorgarligi jarayonida mutaxassislikka oid bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirib borishi bilan bir qatorda psixologiya fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilimdonlikning shakllanishi ham muhim ahamiyatga ega. Xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, dolzarb vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun har bir mutaxassisda kasbiy kompetentlikni shakllantirib borishga e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Kasbiy kompetentlik kishining kasbiy faoliyat bilan bog‘liq vazifalarni bajara olish qobiliyati va undan samarali foydalana olish imkoniyati bo‘lib, u shaxsga xos ko‘plab psixologik xususiyatlarga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Kompetentlik” tushunchasi “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalana olish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon etish” deya talqin qilinadi.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish