3. Bosh ma’mur ofisi
Xizmat ko‘rsatish bo‘limi direktori xizmat ko‘rsatish bo‘limiga samarali raxbarlik qilish va uning ishi uchun boshkaruvchi oldida javob beradi. Direktorning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
- bo‘limning moliyaviy operatsiyalari uchun javobgarlik;
- qo‘l ostidagi xodimlarni ta’minlash;
- mehmonxona mijozlarining ehtiyojlarini qondirish;
- xizmatchilar va mehmonlar o‘rtasidagi munosabatlar;
- xavfsizlik;
- sovg‘alar do‘koni.
Xizmat ko‘rsatish bo‘limi tarkibiga quyidagi bo‘linmalar kiradi:
- bosh ma’mur ofisi;
- bosh ma’mur stoli;
- rezervlashtirish stoli;
- ma’muriy-xo‘jalik bo‘linmasi;
- konserjlar;
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar;
- aloqa.
2
Bosh direktor
-rasm
Ovqatlanish xizmati direktori
(food &beverage)
Kontroller
Xodimlar xizmati direktori
Bosh muxandis
«Meh
mon xizmati direktori»
Xo‘jalik xizmati direktori
(houzekeeping mng)
Banket menejeri
Dam olish
Bo‘yicha
menejer
Qabo‘l qilish
Xizmati klerk
lari
Restoran
direktori
Ta’mirlov
chilar
Buxgalteriya
Xodimlar
Bosh ma’murning vazifasi - mehmonlarning ehtiyojlarini yaxshirok qondirish maksadida xizmatni muttasil takomillashtirish yo‘li bilan mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashdan iborat. Masalan, ayrim bosh ma’murlar o‘zlarining xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yordamchilari zimmasiga mehmonlarni mehmonxona eshigi oldida kutib olish, ularni registraturaga kuzatib qo‘yish, so‘ngra ularga ajratilgan nomergacha shaxsan kuzatib qo‘yish, bundan oldin u yerga bagaj yetkazilishini ta’minlash vazifalarini yuklaydi.
Mehmonxonada ish kuni mobaynida bosh ma’mur quyidagi ishlarni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi:
- navbatchi ma’murning ma’lumotini tekshirish;
- o‘tgan tunda nomerlarning to‘lishiga baho berish;
- o‘tgan tunda har bir nomerdan kelgan o‘rtacha tushumni hisoblash;
- bo‘sh xonalarning mavjudligini tekshirish;
- alohida holatlarga aniqlik kiritish;
- yakin oyga kelgan jamoaviy buyurtmalarga aniklik kiritish;
- shu kuni kelgan va ketayotgan mehmonlarning ro‘yxatini ko‘zdan kechirish;
- muxim mehmonlar ro‘yxatini ko‘zdan kechirish va ruyxatga olish uchun kerakli ish kog‘ozlarini tayyorlash;
- barcha keluvchilarni ro‘yxatga olish uchun ish kog‘ozlarini tayyorlash;
- xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘ining majlislarida va barcha tezkor majlislarda ishtirok etish;
- ertangi kunda keluvchilar va ketuvchilarning ro‘yxatlarini ko‘zdan kechirish;
- keluvchilar va ketuvchilar yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berish;
- ish grafigini tekshirish (har xafta);
- mehmonlarga xizmat ko‘rsatish bo’yicha yordamchilarga yo‘l-yo‘riqlar berish (har kuni).
Do'stlaringiz bilan baham: |