1-Mavzu: Jismoniy tarbiyaning uslubiy printsiplari. (2-soat). Reja



Download 24,97 Kb.
bet1/2
Sana13.05.2023
Hajmi24,97 Kb.
#938361
  1   2
Bog'liq
1-mavzu


1-Mavzu: Jismoniy tarbiyaning uslubiy printsiplari. (2-soat).
Reja:

  1. Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik tamoyilidan foydalanish

  1. Ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik tamoyili va undan amalda foydalanish

  2. Kuchiga yarashalilik va individuallash­tirish uslubiy printsipi

  3. Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasida munatazamlilik uslubiy printsipi

  4. Takroriylik va variatsiyalash (shaklini o’zgartirib qo’llash) tamoyili

  5. Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) printsipi

Jismoniy madaniyat nazariyasida amal qilinadi­gan «jismo niy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi», «jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo’naltirilganligi», “shaxsni har tomonlama rivojlantirish»dek nazariy(ayrim ada biyotlarda umumiy deb ham ataladi) printsiplaridan tashqari j i s m o n i y m a d a n i ya t ta’lim jarayonida foydalaniladigan u s l u b i y t a m o y i l l a r ham mavjud.
Tarbiya jarayonidagi qayd qilingan tamoyillar jismoniy tarbiya uchun qo’llanilishi mumkin, lekin inson tarbiyasining bu yo’nalishining xususiyligi o’qitishning printsiplariga alohida mazmun va talablar qo’yadi.
Ular inson faoliyatining biologik, fiziologik, bioximik, biomexanik qonuniyatlari bilan bog’liq va jismoniy madaniyat ta’limi jarayonida kutilgan natijalarga “Onglilik va faollilik(aktivlik)”, “Ko’rgazmalilik”, “Munatazamlilik”, «Kuchiga yarashalik va individu allashtirish», “Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish”dek uslubiy printsiplar va qoidalarga tizimli rioya qilish orqaligina erishilishi amalda isbotlandi.

  1. Ta’lim jarayonida onglilik va faollilik tamoyilidan foydalanish

O’qitishga ongli munosabat va unda shug’ullanuvchining faolligi har qanday pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F. Lesgaft ilgari surgan jismoniy tarbiya ta’li midagi onglilik va faollilik printsipi harakat faoliyat larini mexanik ravishda taqlid qilib bajarishni qoralagan.
Har bir bola bajarayotgan harakatlarini tahlil qilish orqali nazariy bilimlarni, harakat faoliyatlarini egalla shi maqsadga muvofiq degan g’oyani ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan shug’ullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlan ganlikning ko’rsatkichlarini oshiradi”, - deb tushunish qo’pol xatolardan biri deb ta’kidladi.
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida bu printsipni qo’llash mashg’ulotning umumiy vazifalariga qiziqishni uyg’otish va fikrlashni shakllantirishga yo’l ochadi. Eng avvalo, harakat faoliyatini hayotiy-amaliyligini aniq misollar yordamida “motivlash” orqali ta’limning mavzulashtirishni amalga oshirilishi tamoyil mazmunida yetakchi yo’nalish bo’lishi lozim.
O’qitishning boshlang’ich etapidagi ongli fikrlash tor doi radagi mazmun (qomatini chiroyli qilish, kuchining orti rish)ni nazarda tutmasligi, mashg’ulotlarda hayotiy- amaliy misollar orqali shaxsni ijodiy mehnatga va Vatan mudofa asiga tayyorlashdek ulug’vor vazifalarni hal qilish nazarda tutilishi lozim.
Ular asta-sekinlik bilan ixtisoslik bilimlarga tayanib amalga oshirilishini hisobga olib, shug’ul lanuvchilarga maxsus ommabop adabiyotlar, qo’llanmalar tav siya qilinishi ta’lim jarayonining samaradorligida kinrinacli.
Nazariy bilimlarni ortishiga erishish onglilik prin sipining o’zak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlariga odatning shakllanishini susay tiradi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni odatga aylanishiga to’sqinlik qiladi.
Bundan tashqari, shug’ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam lektsiyalar, suhbatlar, hikoya ar eshitishlari, ta’lim muassalarining jismoniy tarbiya dasturlarini nazariy qismini o’rganishlari, metodik va hujjatli filbmlar ko’rishlari, o’z-o’zini tibbiy nazorat qilish qoidalarini bilishlari, “aktiv, passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliy harakat tartibi”, “malakaning ijobiy va salbiy ko’chishi” atamalari mohiyatini bilishining ahamiyati muhim.
O’zlashtirilishi,mustahkamlanishi,takomillashtirilishi lozim bo’lgan, harakat faoliyatini nima uchun aynan o’qituvchi yoki murabbiy ko’rsatganidek bajarish shart ekanligi o’quvchi ongiga yetkazilishidek ta’lim qoidasi,kerak bo’lsa majbu riyati ushbu tamoyilning yetakchi talabidir.
Mashqlangan barmoqlar (voleybolchi, basketbolchiniki) turmushda nozik harakatlarni talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) qo’l kelishi shug’ul lanuvchining ongiga yetkazilishi ta’lim jarayoniga, uning mashg’ulotlariga ongli munosabatni shakllantirishdan tash qari, shug’ullanuvchilarning faolligini orttiradi.
Mashq, harakat texnikasini egallash, oz energiya sarflab samarali harakat qilish, uni bajarish orqali organizmda sodir bo’ladigan turli xil o’zgarishlarni tushunish, topshi riqqa nisbatan onglilik va faollikni oshiradi.
O’qituvchilarning ko’tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassu-mi, kiyimlarning yarashganligi va ixchamligi, harakatlarni havas qiladigan darajada chiroyli, ravon ketma-ketlikda baja rishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab, to’rtliklar tarzida baravariga aytiladigan aytishuvlarning kiri tilishi ta’lim jarayonidagi vazifalarni ijobiy hal qilishga qiziqishni kuchaytiradi, fikrlashini shakllantiradi.
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonida ongli analiz va jismoniy mashq ni bajarishda nazoratdan foydalanish ta’limning printsipial mexanizmlaridan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy harakat”ning mohiyatiga yetib, uning bajarilishi texnkasining asosi, zveno-lari, detallarini nazorat qila olishning ahamiyati ta’lim jarayonida o’z samarasini berishi ilmiy-amaliy isbotlangan.
Abelbskiyning tajribasi bo’yicha shug’ullunuvchilarni sakrash texnikasiga o’rgatish uchun 120-150 urinish qilish tavsiya qilingan. Urinishlar tugallangandan so’ng, shug’ullanuvchilar bilan shu harakatning tuzilishi, bajarish texnikasi haqidagi suhbatlar, (bahslar) o’ta qoniqarsiz o’tgan. Chunki, jismoniy harakatlarga oid bunday bahs va munozaralar hamma uchun bir xil qiziqish o’yg’otmagan.
Navbatdagi guruhga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi, hayotiy-amaliy ahamiyati haqida yetarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan so’ng mashqni bajarish tavsiya qilinganda, shug’ullanuvchilar 2-3 urinishdan keyin mashq texnikasini osongina o’zlashtirib olganliklari kuzatilgan.
Amaliyotda yuqori malakali sprotchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada, ya’ni harakatni oliy maqomda bajarishni maqsad qilib qo’yadilar. Mexanik ravishda tushunmay, ko’r-ko’rona, taqlid tarzida mashq qilishning samarasizligi, surunkali mashq qilish jarayonida me’yoridan ortiq energiya sarflashga, shug’ullanuvchida shu harakatga nisbatan sovish, “toqatsizlikni”ni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ongli tahlil - o’zi bajargan harakatini baholashga o’rgatadi, ta’lim jarayoni cho’zilib ketishining oldini oladi.
Ongli analiz davomida mashq texnikasining tahlili bilan gina chegaralanmay, uni biomexanik, matematik hisoblash, bioritmik va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug’ullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, bioximiya sohalaridagi bilimlarga tayaniladi.
Mashqni bajarishdan oldin uning tuzilishi, qanday baja rilishini shug’ullanuvchi fikran ko’z oldiga keltira olishi («ideomotor trenirovka») lozim. Qayd qilingan trenirovka onglilik printsipining asosiy vositalaridan biridir.
Faollik mashg’ulotlarda shug’ullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular faoliyatini “frontal”, «guruhli”, tashkillash orqali, asosiy jihozlar yoniga qo’shimcha sport anjomlari qo’yib, kuchiga yarasha bo’lmagan mashqlarni bir-ikki haftalik tayyorgarlik va trenirovkadan so’ng bajara boshlashsalar, mashqni mustaqil bajarishga urinish o’z-o’zidan jonlanadi, aktivlik ortadi.
Ta’lim jarayonida o’yin va musobaqa (“Jismoniy tarbiya-ning uslublari” mavzusiga qaralsin) metodlarining qo’llani-shi, sport maydoni, mashg’ulot o’tkaziladigan joylarning badiiy jihozlanishi, gigienik orastaligi, ta’lim jarayonida shug’ullanuvchilarda tashabbus (initsiativa)ni, harakat vazifani hal qilish uchun javobgarlik hissini o’z bo’yniga olish, ma’suliyatni his etish va o’zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.

  1. Ta’lim jarayonida ko’rgazmalilik tamoyili va undan amalda foydalanish

Mashqni ko’rsatish tushunchasi jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o’zining keng ma’nosiga ko’ra pedagogika nazari yasining ramkasidan allaqachonlar chiqib ketgan. Hozirgi kunda bu tushuncha o’zida his qilish, obrazli o’xshatish, hara katni tashqi shaklini namoyish qilishdek keng ma’noni ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida harakatni bajarib ko’rsatish va ko’rishning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi. Harakat faoliyati haqidagi birlamchi (boshlang’ich) aniq tushuncha va tasavvur shu mashqning natural shaklda bajarilishini o’zlashtiruv chi(o’rganuvichi) tomonidan ko’rgandan so’ng hosil bo’ladi.
Ko’rgazmali qurollar: suratlar, chizmalar, maketlar, kino suratlar (sekinlashtirib olingan vidiolar va x.k.), kino-badiiy, hujjatli, o’quv filbmlari, video, mulbtivideo va boshqalar tarzida ko’rsatiladi va taqlid tarzida ularni bajarish o’quvchilarga tavsiya qilinadi.
O’zlashtirish jarayonining asosiy omili hisoblangan ko’r gazmalilikdan ikki ko’rinishi foydalaniladi:mashqni ijrosi ni aynan bajarib ko’rsatiladi yoki uni vositalar yordamida ko’rsatiladi.
Harakatni, mashqni aynan o’zini yoki vositalar yordamida ko’rsatish o’qituvchi tomonidan namuna tarzida yoki namunaga yaqin darajada bajarib ko’rsatilishi ko’rgazmalilik tamo yilining asosiy talabidir.
Namuna darajasida shug’ullanuvchilarga mashqni ko’rsa tish, namoyish qilish o’qitishda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini olishi amalda isbotlangan. Harakatni bajarilishini o’quvchi ko’rmay turib, uning texnikasini o’rgatishni boshlab yuborilishi o’qitishda shug’ullanuv chilarning xatolariga sabab bo’ladi. Ularni tuzatish ta’lim jarayonini cho’zilishiga olib keladi.
Mashqni namuna tarzda ko’rsata olmaydigan o’qituvchilar mashg’ulot uchun mashqni ko’rsatib beruvchi o’quvchilarni oldindan tanlab, ularni tayyorlab bevosita ko’rsatishda ulardan foydalanishlari tavsiya qilinadi.
Harakat faoliyati xaqida birlamchi (dastlabki) tushuncha mashqni o’quv-kino tasmasi, chizma, rasm, maket, plakat, va bosh qalarda shug’ullanuvchilarga ko’rsatish orqali hosil qili nadi. Ayniqsa, katta, o’rta, maktab yoshidagilar uchun ko’rgazma likni bu uslubi ularning fikrlashi, harakatni his qilishi uchun qo’l keladigan vositadir.
His qila olish qobiliyati yaxshiroq shakllangan shug’ulla nuvchida ko’z oldiga keltira olish, taqlid qila bilishning (avvaliga mexanik tarzda bo’lsa ham) ahamiyati kattadir. Muhimi o’qitishda harakatlarning ketma-ketligi, o’zlashtirishda hara katni to’liq yoki bo’laklarga ajratib o’rgatishni o’rinli ko’llash. Yo’llanma beruvchi (harakat texnikasining asosiga yaqin bo’lgan) mashqlardan foydalanish, harakat texnikasini o’zlashtirishni osonlashtiradigan (bajarilishi tarkibida aynan shu harakat elementlari bor)larini qo’llash bilan ta’lim jarayoni maz munini boyitadi.
Mashqni bajarishda “o’z soyasidan foydalanish”, “harakat sathi, chegarasini belgilash”, «taqlid qilish”, “mo’ljal olish”, “o’xshatish”, ko’rgazmalilikning uslublaridandir.
Bular ta’lim jarayonini faollashtiradi, birlamchi mala kani shakllantirish va harakatni oliy tartibda bajara olishga yo’l ochuvchi asosiy omillardan sanaladi.

  1. Kuchiga yarashalilik va individuallash­tirish uslubiy printsipi

Individning jismoniy imkoniyati, jismoniy qobiliyati, anotomo-fiziologik xususiyati, jinsi, yoshi, jismoniy rivojlan ganligi, jismoniy tayyorgarligi va h.k.lar bu printsip mazmu nining omillari bo’lib, ta’lim jarayonini to’ldiradi. Ta’limga ongli munosabat, bu jarayondagi faollikni namoyon bo’lishi, tan langan faoliyatning ijrosida ko’rgazmalikning samarasi, kuchiga yarashalilik va individning xususiyatlari bilan chambarchas bog’liq va ko’zlangan maqsadga tez erishish uchun vositadir.
Kuchiga yarashalilikning tub ma’nosi - individning hayo tiy faoliyati davomida uning organizmini belgilangan ishda namoyon qilish uchun funktsional xizmati xususiyatining dara jasidir. Bu printsip qobiliyatning chegarasini aniqlay olish talabini qo’yadi. Demak, ta’lim jarayoni turli sharoitda xilma-xil tashqi ta’sirini hisobga olishni va shug’ullanuvchi uchun me’yor tanlay bilishni taqazo etadi.
Me’yor bo’lib turli yoshdagilarning jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish dasturlari, ularning jismoniy sifatlari uchun belgilangan talab va normalar xizmat qilishi lozim. Sobiq Ittifoq jismoniy tarbiya tizimida “Mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor” fizkulbtura kompleksi jamiyat a’zolarining, barcha yoshdagilar (6 dan 60 yoshgacha) jismoniy tarbiyasining dasturi va jismoniy tayyorgarligi normala rini o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, kuchiga yarashalilik printsipi talablari chegarasidan chiqmagan.
Hozirgi kunga kelib bu vazifani mamlakatimizda Respub lika aholisining jismoniy tayyorgarligini aniqlaydigan «Alpomish va Barchinoy» salomatlik testi talablari va normalarini topshirish orqali nazorat qilinadi. Test talablarining me’yoriy normalari individuallashtirilgan.
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarida me’yorni aniqlash tarbiyachi murabbiylar va pedagoglar, tibbiy xodimlarning bir bo’lib tizimli izlanishlari orqali amalga oshiriladi.
Mashq qilish uchun organizmni kuchiga yarasha bo’lmagan me’yordagi zo’riqishi orqali energiya sarflashga sistemali majbur qilishning salbiy oqibatlari hozirgi kunda ham ilmiy ham amaliy jihatdan isbotlangan. Ma’lum darajadagi jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan sport tayyorgarligi bor shug’ullannuvchining organizmi uchun me’yor hisoblangan hajmdagi jismoniy mashqlar, yangi, shug’ullanishni endigina boshlaganlar uchun kuchiga yarasha bo’lishi mumkin, lekin uni me’yor qilib olish noto’g’ri bo’ladi.
Jismoniy tarbiyada kuchiga yarashalilik o’zgaruvchandir. Shug’ullanishning ma’lum davrida tanlangan me’yorga chidash uchun katta jismoniy, ruhiy zo’riqish talablari qo’yiladi, bu tabiiy. Lekin bir muncha vaqtdan so’ng organizm aynan shu jismoniy yuklamaga ko’nikadi va u individning kuchiga yarasha bo’lib, me’yorga aylanadi. Bunga tarbiya jarayonining natijasi deb qaraladi,o’zgarish esa ijobiy tomonga deb qabul qilinadi.
Ma’lumki, yangi harakat malakasi oldin mavjud bo’lgan harakat malakalari- eskilarining bazasida shakllanadi. Shun ga ko’ra jismoniy tarbiya jarayonidagi asosiy hal qiluvchi rolni mashqni o’zlashtirish egallaydi.
Materialni o’rgatish shunday yo’lga qo’yilishi lozimki, uning mazmuni, organizmga ta’sir kuchi, ta’limning navbatdagi etapi uchun yangi pog’ona rolini o’ynasin. Amaliyotda bu fikr “ma’lumdan noma’lumga”, “o’zlashtirilmagandan o’zlashtirilganga”, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishda esa “kuchiga yarasha bo’lmagandan kuchiga yarashalilikka” deb formulirovka qilinadi.
Bundan tashqari, harakat vazifalarni mashg’ulotdan-mashg’ulotga, asta-sekinlik bilan qiyinlashtirish ham ta’lim jarayonning asosiy shartlaridan biridir. Bu esa osondan qiyingalilikni taqazo etadi. Bular albatta ta’lim jara yonining uslubiy xususiyatlarini vujudga keltiradi.
Ma’lumki, individuallashtirish o’qitishning muhim omili. O’quvchining jismoniy rivojlanganligi ko’rsat kichlari - bo’yi, tanasi va a’zolarining uzun yoki qisqaligi, yo’g’on yoki ingichkaliligi, vazni, bo’g’inlar harakatchanligi, ko’krak qafasi, ekskursiyasi jismoniy sifatlari kuchliligi, tezkorligi, chaqqonligi, chidamliligining darajasi hisob lanib individuallashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Individning psixologik nuqtai nazaridan qaysi tipga mansubligi va boshqalar individning xususiyatlari hisob lanib, ular ta’limning samaradorligiga ayrim holatlarda ijobiy, ayrimida esa salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’qituvchi yoki murabbiyni individning qayd qilingan xususiyatlaridan birortasiga nisbatan loqaydligi tarbiya jarayonida mashg’ulotlar samaradorligidan ko’zlangan maqsaddan uzoqlashtiradi.
Masalan, jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlaridan bo’yining darozligi (balandligi) - “aktselerat”lik xususiyati past bo’yli tengdoshi bilan bir guruhda shug’ullanayotganida, ta’lim jarayoniga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Dars(mashg’ulot)da uzunasiga qo’yilgan kondan sakrash mashqida o’qituvchi uchun muammoni vujudga keltiradi. Baland bo’yli uchun depsinish “most”ini sport jihozidan uzoqroq qo’yish lozim, chunki, most jihozga yaqin qo’yilgan bo’lsa, daroz tizzasini ko’tarib ulgurmaydi. Bo’yi tengdoshidan past bo’lgan o’quvchi shu mashqni bajarish uchun esa sakrash ko’prigi(most)ni konga yaqinroq qo’yish talab qilinadi. Mostni har bir o’quvchi uchun doimiy siljitib turish ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir etadi, harakat texnikasini buzib bajarishga sabab bo’ladi. Jihozdan uzoq qo’yilgan mostdan depsinish bo’yi tengdoshidan past o’quvchi uchun kuchiga yarashadan ko’proq zo’riqish talabinii qo’yibgina emas, o’qitishda shug’ul lauvchining individual xususiyatini e’tiborga olmaslik bilan namoyon bo’lib, ortiqcha muammolarni yuzaga keltiradi.
Jismoniy yuk me’yori bir xil o’quv guruhdagi o’quvchilar uchun jismoniy tayyorlik ko’rsatkichlariga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin. Tanlangan mashqni shug’ullanuvchi kuchiga, tezkorligiga, chidamliligiga bog’liqligi individning xusu siy portretining to’laligicha chizish imkonini beradi.

  1. Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasida munatazamlilik uslubiy printsipi

Mashg’ulotlarning tizimi, dam olish bilan jismoniy yuk almashuvining to’g’ri navbatlashuvi va ularning ketma-ketligining o’zaro bog’liqligi ta’lim jarayonida m u n t a z a m l i l i k u s l u b i y p r i n s i p i n i n g asosiy nizomi tarzida qabul qilingan.
Mashg’ulotlarning muntazamligi va jismoniy yuklamani dam olish bilan ratsional almashinuvi. Mashq qilishning muntazam emasligi ta’lim jarayonida yetarli darajada samara bermaydi.
Tabiiy rivojlanish qonuniyatlaridan amaliyotda biz shunga guvohmizki, mashg’ulotlar uzluksiz va muntazam olib borilsa, jismoniy mashqlar ta ’ siridan organizmning funk sional imkoniyati, jismoniy qobiliyati yaxshilanadi.
Muntazam mashg’ulotlardan hosil bo’lgan reflekslar uzluk sizlikni talab qiladi. Uzluksizlikning buzilishi malakani asta-sekinlik bilan so’nishiga olib keladi. Mustahkamlanib avtomatlashgan yoki “oliy harakat maqomi”da bajarila boshlagan harakat, ta’lim jarayonida faoliyatning muntazam takrorlash shartini, kerak bo’lsa, talabini qo’yadi.
Organizmning funktsional holati yaxshilanib, muntazam mashq qilish va mashg’ulotlar natijasida yuqori natija ko’r sata boshlagan bo’lsa, muntazamlilikning oz bo’lsada buzilishi erishilgan yutuqni asta-sekin pasayishi va yo’qqa chiqishiga sabab bo’lishi isbotlangan.
Obrazli qilib xulosa qilganda, muntazam tizimli mashg’ulotlar qoldirgan yarimsharlar po’stlog’idagi “iz”dan ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ladi, yangi o’zlashtirilmaganini o’rganish osonlashadi.
J.Lamark fikricha, «tizimli va muntazam ravishda mashq qildirilgan organ asta- sekinlik bilan rivojlanadi, o’sadi, mashq qildirilmagani o’z qobiliyatini susaytiradi va xususiyatini yo’qotib boradi».
Nisbatan katta bo’lmagan tanaffus aktiv muskul hujayralari vaznining kamayishiga, tuzilishining ayrim komponentlarini lozim bo’lmagan o’zgarishlariga, hatto morfologiyasining regressiyasiga olib keladi. Ayrim regressiv o’zgarishlar hatto 5-7 kunlik tanaffuslarda ham sodir bo’lishi mumkin (N.V. Zimkin, D.L. Ferdman, O.I. Faynshmidt va boshqalar).
Jismoniy kamolotga erishish jismoniy tarbiya jarayoni-ning uzluksiz olib borilishi tanaffuslarsiz, oqlanmagan yo’qotishlarsiz, har bir mashg’ulotdagi samara oldingi mashg’u-lotning “iz”i hisobiga qatlam-qatlam bo’lib qalinlashsa, avvalgi mashg’ulotlar keltirib chiqargan ijobiy o’zgarishar takomillashtirilsa va rivojlantiril­sagina sodir bo’ladi.
Bu talabni amalga oshirish jismoiy tarbiya amaliyotida haftada 2, 3, 4, hatto 5 martabali mashg’ulot (ertalabki zaryadka va boshqa qo’shimchalarni hisobga olmagan holda)lar orqali yo’lga qo’yiladi. Qolaversa, “shug’ullanganlik” qancha yuqori bo’lsa, mashg’ulotlar orasidagi intervallar shuncha qisqaradi va jismoniy tarbiya jarayoni shunchalar zichlashadi. Bu, o’z navbatida, organizmning funktsional imkoniyatini ijobiy tomonga o’zgartiradi.
Akademik mashg’ulotlar va sport trenirovkasi, mashg’ulot laming kontsentratsiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, uzluksiz likning ifodalanishi shunchalar xarakterli bo’lishi mumkin.

  1. Takroriylik va variatsiyalash (shaklini o’zgartirib qo’llash) tamoyili

Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan takroriylik - qayta bajarish muhim ahamiyatga ega. I.P. Pavlov va A.N. Krestovnikov ko’rsatganidek, harakat malakasining fiziologik asosi hisoblangan dinamik stereotipni ko’p marotabalab takrorlashsiz shakllantirish va tartibga solish mumkin emas.
Takrorlash, eng avvalo organizmdagi morfofunktsional o’zgarishlarni tartibga solishi va qayta moslanishlarni uzoq muddat davomida ta’minlashi uchun zarur bo’lib, uning bazasida jismoniy sifatlarning rivojlanishi ro’y beradi, erishilganlari mustahkam­lanadi, keyingi progress uchun sharoit yaratiladi. Takrorlashlarsiz jismoniy tarbiyani amalga oshirib bo’lmaydi.
Faqatgina har bir mashg’ulotning o’zi takrorlanmay, mashg’ulotlardagi ketma-ketlilik ham, qaysidir hollarda, aynan, shu mashg’ulotlarning o’zini haftada, oy davomida va mashg’ulotlar vaqtining ma’lum davrlari ichida (haftalik, oylik va boshqa sikllar) takrorlanishi lozim.
Takroriylikning darajasi qo’llanilayotgan mashqlarning qanday maqsadga qaratilganiga, jismoniy tarbiyaning u yoki bu etapidagi umumiy yo’nalishiga, shug’ullanuvchilar kontin genti va ularning xususyatlariga, jismoniy yukning xarak teriga ta’sir qiluvchi boshqa faktorlariga xam bog’liq. Shuning uchun takroriylik daqiqasi ayrim holatlarda ko’proq va ayrimlarida esa oz bo’lib, uning aniq natijasi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarning m u n t a z a m l i l i g i da ifodalanadi.
Jismoniy tarbiya jarayoni uchun takroriylik qatorida variativlik ham, o’z ahamiyatiga ko’ra, ma’lum o’ringa ega. Mashqlarni bajarish sharoiti uning ko’rinishini, nagruzka dinamikasini o’zgartirib, uslubiyotlarning turlichasini qo’llash bilan mashg’ulotlarning shakli va mazmunini bir xil mashg’ulotni yoki uning mashqlarining shaklini birvaraka yiga o’zgartirish variatsiyalash, deb qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotlarni oldingi boblarda berdik.
Bu o’rinda quyidagi ob’ektiv qarama-qarshiliklarga diqqat e’tiborni qaratish lozim. Ko’p marotabalab qaytarish jarayonida harakatlarning dinamik steriotipi va organizmni unga qo’llanilayotgan nagruzkaga javob reaktsiyasi yanada stabillashuvi va standartlashuvi sodir bo’lishini bilamiz. Shuning uchun mashqni, harakat holatining shakli va mazmu nini aytarli o’zgartirmay takrorlash va uni davomiyligi chegaralanmasa, ertami-kechmi, baribir, harakat malakasining yo’nalishidan chetlanishi sodir bo’lishi va jismoniy sifatlar rivojlanishining to’xtashi ro’y berishi mumkin. Bu qarama-qarshilik takroriylik va variativlikni qo’shib qo’llash orqaligina hal etiladi.
Standart mashqlar bilan shug’ullanishda variativ nagruz kalarni takrorlash fonida uning hajmi va intten sivligini mashg’ulotlarning tuzilishi va mazmunini saqlagan holda o’zgartirib qo’llash bilan yangilash orqali tarbiya jarayonini yuqori pog’onaga ko’tarishga erishamiz.
Jismoniy nagruzka va dam olishning ratsional navbat lashuvi. Jismoniy tarbiya jarayonining muntazamligi dam olish bilan nagruzka berishning almashinuvi doimiy bo’lish ligini rad etmay, taxminiy mo’ljal olish orqali amalga oshiriladi.
Nagruzka shug’ullanuvchilar organizmiga jismoniy mashq lar ta’sirini ma’lum darajadagi kattaligi bo’lib, funktsi onal imkoniyatini oshirish faktori hisoblanadi. Bunga orga nizmning “ish potentsiali”ni sarflash va «charchash» orqali erishiladi. Aslida esa bu sarflangan energiyani tiklash jarayoni uchun stimul hisoblanadi.
Tiklanish jarayonining qonuniyatlari kuchiga qarab nagruzka va dam olish bir vaqtning o’zida nagruzkani qo’llash paytidagi sharoiti bilan ham chambarchas bog’likligi e’tiborga olinishi lozim.
Ko’p sonli ilmiy izlanishlarning ko’rsatishicha, ish qobiliyati dam olish sharoitida qonuniy ravishda belgilangan fazalar buyicha o’zgarib turadi. Ish paytida, nagruzka katta bo’lsa, ish qobiliyati darajasining pasayishi sodir bo’ladi, charchash rivojlana boshlaydi. Oqibatda ish bajarish to’xtaydi, orga nizmga dam berish kerak bo’ladi, dam paytida tiklanish jarayoni boshlanadi, navbatdagi nagruzkaga stimul tayyorlanadi.
To’g’ri, ayrim holatlarda tiklanish jarayoni ish vaqtidayoq boshlanadi, lekin ish qobiliyatining to’la tiklanishi uchun dam olishga sharoiti yaratilishi zarur. Aytarli darajadagi yuqori katta nagruzkada va lozim bo’lgan dam olish intervalida tiklanishnig borishi, ish qobiliyatining ish boshlangungacha bo’lgan darajasiga yetib qolsa-da, u to’la tugallanmaydi, chunki uning orqasidan “yuqori tiklanish” fazasi sodir bo’ladiki, uning asosida organizmning energetik resurslarining super konpensatsiyasi (fosfokreatin, glikogen va hokazolarning tiklanishi) yotadi. Bu qonuniyat.
Yuqori tiklanish fazasi dam olish davom ettirilgan holdagina almashadi va ish qobiliyati organizmda ish boshlan­guncha bo’lgan holatga qaytadi (1-chizmaga qaralsin).
Xulosa qilib shuni aytish mumkin: - birinchidan - organi zmning funktsional imkoniyatlari dinamikasi faqat nagruzka bilan emas, ish qobiliyatining tiklanishi va rivojlanishi uchun zarur bo’ladigan dam olish bilan shartli bog’liq. Shu sababli dam olishga nagruzka kabi jismoniy tarbiya jara yonining yetakchi komponentlaridan biri, deb qarashimiz lozim. Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasida, - bu ma’lum ma’noda nagruzka bilan dam olishni to’g’ri navbatlashuvi san’ati deb qarash qabul qilingan;
- ikkinchidan - nagruzka bilan dam olishni ratsional navbatlashtirish muammosini hal etishda tiklanish jarayoni fazali ekanligini hisobga olishimiz, navbatdagi nagruzka tiklanishning qaysi fazasiga to’g’ri kelayotganligi, chunki o’sha nagruzkaning samarasi qaysi fazaga tushganligiga qarab, samara turlicha bo’lishini, nagruzkalar orasidagi interval cho’zilsa, «tiklanish» fazasiga to’g’ri kelmasa, amalda funktsional imkoniyatlar yaxshilanmasligi ham qonuniyat ekanligi e’tiborimizda bo’lshi lozim;
-uchinchidan - navbatdagi nagruzka qayta tiklanib ulgur magan fazaga to’g’ri kelsa, pirovard natijasi funktsional imkoniyatlarning pasayishiga hamda oxir-oqibat charchashga olib kelishi, lekin nagruzka “yuqori tiklanish” fazasiga mos kelib qolsa, uning hajmi va intensivligini oshirish uchun imkoniyat yaratilishi va shu tariqa ish qobiliyati doimiy ortib borishiga erilishi asosiy maqsadni hal bo’lganligi demakdir. Nagruzka bilan dam olishning o’rin almashti rilishi har bir mashg’ulot davomida olib borilishi shart emas degan tushuncha paydo bo’lmasligi lozim.
-to’rtinchidan-qator mashqlarni, ayniqsa, chidamlilikni rivojlantirishga yo’naltirilganini qisman qayta tiklanib ulgurmagan fonda bajarishga ruxsat etiladi, hatto uni maqsadga muvofiq deyish ham to’g’ri bo’ladi, chunki ish qobili yatining oshishi charchash orqali amalga oshiriladi. Bu fikrni alohida turkum mashg’ulotlar uchun ham aytish mumkin.
Organizm to’la tiklanmagan sharoitda qator mashg’ulotlar o’tkazib, biz ularning effektini to’plagandek (yiqqandek) bo’lamiz va bu bilan organizmga nisbatan qattiq talablar qo’yamiz, navbatdagi dam olish davridagi kuchli tiklanish uchun yetarli stimul yaratamiz.
Dam olishning intervali bu turkumdagi mashg’ulotlar uchun, albatta, ish qobiliyatining umumiy tiklanishi, “yuqori tiklanishi” uchun yetarli darajada katta bo’lishi lozim (2- chizmaga qarang).
Shug’ullanuvchilarning muvofiq ravishdagi dastlabki tay yorgarligidan so’ng, qayta tiklana olmaganlik fonida ahami yatli darajadagi yuklamadan foydalaniladi. Turkumli qayta tiklana olmaganlik fonida o’tkazilgan mashg’ulotlar­ning ef fekti yig’indisiga nisbatan ehtiyotkorlik zarur. Bunday tizimli yuklamalar asosan sport trenirovkalari uchun xarak terlidir.
Yana bitta aniqlik - jismoniy tarbiya amaliyotda nisbatan abstrakt va soddalashtirilgan tiklanish va bir xil(standart) tipdagi nagruzkalar grafigiga duch kelamiz. Hayotda, jismo niy tarbiya amalyotida nagruzka xarakteriga ko’ra (kuch, tezlik, chidamlilik va h.k.), ularning intensivligi, hajmiga qarab navbatlashadi.
Tiklanish jarayoni turli organ va sistemalarda bir xilda va bir vaqtning o’zida bormasligi e’tiborimizda (geteraxron tarzida) bo’lishi lozim. Bundan tashqari, xatto bir turdagi funktsional tizim chegarasidagi turli funktsional xususiyat larning tiklanishida ham geteroxronlik kuzatiladi.
Giteroxronlik bilan bog’liq bioximik jarayonlardagi tiklanish teng amalga oshmaydi. Masalan, muskulni energiya potentsialining tiklanishida avvaliga ATF ning miqdori normallashadi, so’ngra kreotinfosfat va nihoyat, glikogen o’z normasiga qaytadi, bu harakat apparati ish qobiliyati tiklanishining bir vaqtning o’zida, ayniqsa, turli xarakterdagi ishlarni bajargandan so’ng ro’y bermasligini ko’rsatadi.
2-chizma. Mashg’ulot samarasini yuklama va dam olishni o’zaro o’rin almashuvi bilan bog’liqligi:
I - navbatdagi yuklama oldingi yuklamadan qolgan “iz” yo’qolgandan so’ng beriladi; natijada ishchanlik oldingi darajasida qoladi; II-yuklama doimiy ravishda tiklanib ulgurmaslik soyasi (foni)da beriladi - ishchanlik pasayadi; III-navbatdagi yuklama “yuqori tiklanish fa’zasi” soyasida beriladi va yuklama me’yori doimiy ravishda ortirib boriladi; natijada funktsional imkoniyatlar kuchayadi (chizmaning asosiy elementlari G.V.Folbbort va N.N.Yakovlevlarga tegishli)
Mashg’ulotlar ketma-ketligi va ular mazmunining turli tomonlarini o’zaro bog’liqligi, mashg’ulotlarning optimal ketma-ketligi muammosi, kuchiga yarashalilik muammosi bilan uzviy bog’liq.
Haqiqatan ham, jismoniy tarbiya jarayonida bir yo’lni tanlash bilan biz shug’ullanuvchilarning imkoniyatlari va ularning organizmini rivojlanish qonuniyatlari bilan hisoblashishga majburmiz, ya’ni shu etap uchun nimani uddalay olamiz, qaysinisi kuchimizga yarasha, keyingisi nimadan iborat bo’lishi lozimligini belgilab olamiz.
Shunday qilib, kuchiga yarashalilik ketma-ketlikni shart qilib qo’yadi. Ketma-ketlilik muammosi kuchiga yarashalilik muammosiga borib taqalmaydi. Ularning qay yo’sinda borishi, jismoniy tarbiyaning qaysi etapida qanday yo’l tutish lozimligini aniqlash, nima uchun kuchiga yarashalilik tanlandi, ularni qaysinisini yo’lidan borish maqsadga oson olib boradi? Mana shu savollarga beriladigan javob orqali optimal ketma-ketlilik muammosi hal qilinadi.
Avval aytib o’tilgandek, ta’lim va tarbiya jarayonining yo’lini tanlashda rioya qilinadigan qoidalar - ma’lumdan noma’lumga, osondan qiyinga, oddiydan murakkabga bo’lib, bu qoidalar ketma-ketlikning ayrim shartsiz komponentlari ekanligini ifodalaydi va shuning uchun unga kiritilishi lozim bo’lgan qo’shimchalar konkretlashtirilishi zarurligi ko’rsatib o’tilgan.
Agar jismoniy tarbiya yoki ta’lim jarayoni foydalani ladigan umumiy materialning asta-sekinligini, biologik yosh rivojlanishi qonuniyatlari va keng umumiy jismoniy ma’lu mot berishdan, nisbatan chuqurlashtirilgan, ixtisoslash tirilgan mashg’ulotlarga o’tishi, keyinchalik umumiy tayyorgar lik bilan birgalikda qo’shib olib borish to’laligicha nazarda tutilsa, mantiqan to’g’ri hisoblanadi.
Ma’lumki, jismoniy tarbiyaning turli vositalaridan foydalanish uchun biologik fundament birdaniga vujudga kelmaydi. Hammadan avval harakat koordinatsiyasi va tezkor-likni belgilovchi funktsiyalar hal qilinadi, so’ngra maksimal kuch sifatlari va undan keyinroq chidamlilik namoyon qila olishning chegaralari vujudga keladi (N.V. Zimkin, I. Nekker va boshqalar).
Shunga muvofiq, jismoniy tarbiyaning dastlabki etapla-rida koordinatsiya talab qiluvchi mashqlar, (tezkorlik qobi liyati uchun), so’ngra kuch talab qiluvchi mashqlarning miqdori va hajmi oshiriladi va oxirida chidamlilikni rivojlan tirishga yuqori talab qo’yuvchi mashqlarni bajarish uchun mashqlar tavsiya etiladi.
Albatta, bundan jismoniy sifatlar navbatma-navbat tarbiya lanar ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak. Jismoniy tarbiya jarayoni har doim har tomonlama bo’lishi zarur, gap shug’ullanuvchi yoshining rivojlanish qonuniyatlarini qo’llab, aktsentni ketma-ket shu jarayonning turli tomonlariga qaratish xaqida bormoqda.
Umumiy keng jismoniy bilimlar beradigan mashg’ulotlardan ixtisoslashtirilgan bilimlar beradigan mashg’ulotlarga o’tish qonuniyatdir.
Dastlab yetarli darajada amaliy faoliyat turlarining elementar asosini tashkillovchi eng sodda gimnastika harakat lari, mashqlari, so’ng turli xildagi asosiy hayotiy-zaruriy harakatlar - yurish, yugurish, sakrashlar, to’siqlardan oshish lar, uloqtirish va boshqalar o’zlashtiriladi. Shu asnoda sport yoki professional faoliyat sifatida ixtisoslik tanlanadi.
Jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi jarayonining turli etaplarida materialning ketma-ketligi konkret shart-sharoitlarga bog’liq. Nazarda tutilgan harakat faoliyat larining turlari orasidagi ob’ektiv bog’liqlikning mavjud ligi, bir-biriga uzatiladigan, o’tadigan elementlarning borligi va ularning mos kelishi, faoliyatni o’zlashtirishni, mustahkamlashning takomillashtirishni osonlashtiradi.
Har qanday konkret holatda materialni o’qitish tizimi tartibini shunday tanlash kerakki, ular faoliyatlarning o’zaro optimal aloqasini tiklashga va birining biriga ulanishiga yordam bersin. Bu bilan amaliyotda harakat malakasini va jismo niy sifatlarning “ko’chishi” deb atalishi qonuniyatidan foydala nishning ahamiyati ortadi.
Malakani ta’lim va tarbiya jarayonida ham ijobiy, ham salbiy «ko’chishi»dan foydalaniladi.
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarning tizimini tuzayotib, harakat malakasi va jismoniy sifatlarning “ijobiy ko’chishi”ni maksimal darajada bo’lishini va imkoniyati boricha, “salbiy ko’chish”ni tormozlovchi ta’sirini yo’qotish ustida ishlash lozim. Demak, salbiy natija beruvchi “ko’chishdan” umuman yuz o’girish kerak degan xulosaga kelmasligimiz zarur.
Jismoniy tarbiyaning mazmuni hayotdan kelib chiqadi, uni turmush talabi belgilaydi, hayotiy amaliyotda esa jismoniy sifatlarning turli darajada rivojlanganligiga, undan ham turlicha bo’lgan harakat malakalarini egallagan bo’lish ligimiz, shular qatori, kerakli malakalarga qarshilik ko’rsatuvchilarga ham ega bo’lmog’imiz lozim.
Harakat malakalarining mustahkamlanishi bir tartibga kirishi natijasida jismimiz va uning turli tizimlarida “salbiy effekt” beruvchi malakalarni ham osonlikcha yenga oladigan imkoniyatlar yuzaga kela boshlaydi, bu o’z navbatida, umumiy o’sishni, rivojlanishni boshqacha progressning vujudga kela boshlanayotganligidir.
Misol uchun, chidamlilikning rivojlanishi vaqtinchalik kuch va tezkorlikning susayishi bilan kuzatilishi mumkin. Keyinchalik bu, o’z navbatida, u yoki bu sifatning rivoji uchun baza yaratadi, boshqacha aytganda, jismoniy sifatning rivoj-lanishi, takomillashishi, organizmning funktsional imkoniyatlari oshishining umumiy foni sodir bo’ladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, tormozlovchi faoliyatning “salbiy ko’chishi”ni chegaralovchi va uni ijobiy faktorga aylantirish muammosi haqida gapirdik. Bu muammoni, eng avvalo, bir-biriga salbiy munosabat ko’rsatayotgan mashq larning vaqti-vaqti bilan (ularning hajmini, vaznini va h.k.larini) hamda muvofiq mashqlarni, ularning navbatla shuvini jismoniy tarbiya jarayonining turli etaplarida, oz bo’lsa-da, yaqinlashtirish, o’xshash tomonlarini topish bilan hal qilinadi.
Mashqlarning navbati (birin-ketinligi) ularning tuzi lishi va qiyinligiga muvofiq belgilanadi. Nisbatan murak kab bo’lmagan va murakkab mashqlar, qoidadagidek aytarli qiyin va birmuncha qiyinlari tarkibiga kirib, butunning bo’lagini (qismini) vujudga keltirib, qo’yilgan maqsadning hal qilinishi amaliyotda isbotlangan.
Optimal ketma-ketlikdagi mashg’ulotlar va mashqlarni har bir mashg’ulotning chegarasida shu mashg’ulot uchun xarak teriga ko’ra turli nagruzkalarni tanlash va uning natijasi (ta’siri)ni hisobga olishning ahamiyati katta.
Tajribada (S.P. Letunov, N.N. Yakovlev va boshqalar) tomonidan isbotlanganki, tezkorlik xarakteridagi nagruzka, chidamlilikni talab qiluvchi nagruzkalarga qulay fiziologik fonni (soyani) vujudga keltiradi. Oxirgisi shunday fon qoldiradiki, (albatta, nagruzka ahamiyatli darajada bo’lgan bo’lsa), bir necha soatlar davomida tezkorlik mashqlarini bajarishga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Aniqlanganki, tezkorlik nagruzkasi kuch talab qiladigan mashqlar bilan yaxshi navbatlashadi. bu ijobiy natijalar ga olib keladi (N.N. Yakovlev, V.M. Dyachkov va boshqalar).
Kuch talab qiladigan mashqlardan, so’ng, tezkorlik talab qiladigan mashqlar ketma- ketligida bajarilsa, ijobiy natija yuzaga kelishi isbotlangan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, nagruzkalarning tartibi, ularning quyidagi yo’nalishiga qarab, kuch, tezkorlik-chidam liligi yoki tezkorlik, kuch-chidamliligi, deb belgilanishi lozim. Bu alohida mashg’ulotlar ichidagi mashqlar ketma-ketligi uchun ham, haftalik mashg’ulotlarning yo’nalishini yoki uzunligiga ko’ra yaqin bo’lgan sikllarda mashqlarni, mashg’ulotlarning tartibini o’zgartirish uchun ham to’g’ri keladi.
Bunda chidamlilikni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashg’ulotlardan so’ng aktiv va passiv dam olishning shunday intervali nazarda tutiladiki, navbatdagi tezkorlik yoki kuch talab qiluvchi xarakterga ega bo’lgan mashqlarga ular uchun zarur bo’lmagan ta’sirlar bo’lmasligi kerak.
Ko’rsatilgan tartib ko’p hollarda o’zini oqlagan, lekin u albatta yagona va har doim maqsadga muvofiq emas. Chunki, mashg’ulotlar va mashqlarning ketma-ketligi qator konkret sharoitlarga, shu qatorda, shug’ullanuvchilar kontingentining xususiyatlari va jismoniy tarbiyaning u yoki bu etapidagi mashg’u lotlarning umumiy yo’nalishiga, qo’llanilayotgan nagruzka larning kattaligi va ularning dinamikasining xususiyatlari va boshqalarga bog’liq.
Bunday shart-sharoitlarni hisobga olib, ularni qo’llash uchun maqsadga muvofiq yo’lni tanlash, albatta, oson emas. Hozircha muammoni barcha detallari bilan hal qilish ancha mushkulligicha qolmoqda. Vaqti kelib, so’zsiz ravishda alohida mashg’ulotning o’zini yoki mashg’ulotlar tizimini to’laligicha programmalash-tirish imkoniga ega bo’lamiz. Albatta, soha bo’yicha katta shijoat bilan programmalashtirish va modullashtirishning asosli ravishdagi kibernetik uslubiyotini yaratish va qo’llash ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.


  1. Download 24,97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish