Kasbga yo’naltirishning nazariy aspekti kasb faoliyatining barcha tomonlari to’g’risidagi chuqur bilimlaming shakllanishi, shu bilimlarga tayangan holda ta’lim olishni, nazariy bilimlami amaliyotga tadbiq etish va buning aksi bo’lgan amaliyotning nazariyaga ko’chirish yo’llarini o’rganishni nazarda tutadi Kasbga yo ’naltirishning amaliy aspekti esa egallangan bilimlami hayotiy faoliyatning ma’lum bir sohasida qo’llashni o ’rganishdan iboratdir. Bu esa yoshlami biror kasbni tanlashga ongli munosabatda bo’lishga tayyorlaydi. O’quvchilar kasblar to’g ’risidagi ma’lumotlami, bilimlami faqat maktabda emas, balki ommaviy axborot vositalaridan, tanishlari yoki qarindoshlaridan ham bilib oladilar. Yuqoridagilami hisobga olgan holda yoshlami kasbga yo’naltirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim bo’ladi:
— o’quvchilaming faolligi, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu niyatlari, xususan kasbga bo’lgan qiziqishlarini vaqtida aniqlash;
— o’quvchilaming individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ulaming har birini oqilona kasbga yo’llash;
— kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun yoshlaming aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqligini aniqlab, so’ng kasbga yo’llash kerak;
— ota-onalar bilan mustahkam aloqa o’matish;
— kasbga yo’naltirish bo’yicha maslahatlar uyushtirish lozim bo’ladi.
O’quvchi - yoshlami kasbga yo’naltirish - ularga kelajakda o’z kasblarini aniqlab olish uchun yordam ko’rsatishga qaratilgan ijtimoiy - iqtisodiy, psixologik, pedagogik, tibbiy-biologik va ishlab chiqarish texnik tadbirlaming asoslangan tizimi hisoblanadi. Yoshlar mehnatining mazmuni mamlakat oldida turgan ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy vazifalar, viloyat va tumanlardagi kadrlarga bo’lgan ehtiyoj,
o’quv yurtlarining ichki imkoniyatlari va talablari asosida belgilanadi. Kasb egallash
istagi o’quvchilarda atrof muhit omillari va maktabda o’tkaziladigan kasb hunarga
yo’naltimvchi ishlar orqali shakllanadi.
Kasbiy motivatsiya o’zgamvchan bo’lib, uning shakllanishi uzluksiz jarayon
hisoblanadi va u ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sinda kechadi. SHu sababli kasbiy
127
motivatsiyani ilk bosqichlarda aniqlab, zarurat tug’ilsa, uni korreksiyalash maqsadga
muvofiqdirKasbiy motivatsiya (moyillik) kasb tanlashga sabab bo’ladigan aniq
rag’batlantiruvchi harakatdir. Shu sababli zamonaviy o’qituvchi tahsil oluvchilarda
kasbiy motivatsiyani shakllantirishi, turli metodlar orqali ularda tanlangan kasbiga
bo’lgan ishtiyoqni rivojlantirishga harakat qilishi va bu boradagi ilg’or
metodikalardan xabardor bo’lishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |