O'Z-O'ZINI BOSHQARA OLISHNI SHAKLLANTIRISH
(Pedagogik trening)
1-mashq
Oq varoqqa o'zingizga juda yoqadigan 5-6ta faoliyat turini yozing (Kitob mutoalaa qilish, kaShta tikish, Shaxmat-ShaShka, futbol, tennis o'ynash, musiqa, suv sporti bilan shug'ullanish va h.k). Yoqtirgan faoliyat turiga hamohang quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling:
A) yoqtirgan faoliyatingizni tanho yoki o'zga odamlar bilan birgalikda bajarasizmi?
B) Faoliyatni qayerda bajarasiz? Ushbu faoliyatni bajarishingizda yordam beruvchi yoki halaqit beruvchi omillar bormi?
V) Faoliyat bajarilayotganda vizual(ko'rish organleiri ishtirokida), audio(tovush), yoki kinestetik(sezgi)lar ko'proq salmoqga egami?
D) Yoqtirgan faoliyatingiz moddiy xarajatlarm talab qiladimi?
Savollarga javob berib bo'lgach, faoliyatingizdari qoniqish hissini bildiruvchi salmoqli ahamiyatga molik bo'lgan bir necha komponentga e’tibor bering. Bu mashqni bir necha bor takrorlagach, ehtimol uncha xush ko'rmagan faoliyatingiz( badan tarbiya, musiqa bilan Shug'ullanish, kitob mutoalaa qilish, kaShta tikish va h.k.lar)da ham jozibali tomonlami topa olarsiz. Ushbu mashqni bajarib bo'lgach, talabalar bitta ftioliyatdangina emas, balki bir nechtasidan birdaniga qoniqish hissini sezishlarini qayd etishdi. 2-mashq Kuniga o'zingiz uchun 5-10 daqiqa vaqt ajratib, ushbu mashqlami bajarishga odatlaning: 1-holat Ochiq deraza yoki eShik yoniga kursini quyib, unga qulay joylashing. Chuqur nafas olib, mushaklaringizni bo'Sh qo'ying. 2-holat. Tashqi omillaming ta’siri kuchli bo'lmaslrigi uchun ko'zingizni yuming. Faqat yoqimli narsa haqida o'ylaShga harakat qiling.
3-holat Ко’zingiz yumuq holda o'zingizni baxtli his qiling. Dilmgizdagi barcha g'uborlarga o'rin qoldirmang. Tevarak-atrofdagilarga baxtiyorligingizdan ulaShishga harakat qilayotganingizni his eting. 4-holat. О zingizga yoqimli( iloji bo'Isa mumtoz) musiqani 3-4 daqiqa mobaynida tinglang. Musiqaning inson sezgilariga ijobiy ta’sirini his eting. Musiqaning tarbiyadagi ahamiyatini o'nutmang. 5-holat. O'zingizning energetik quwatingiz oshganligini, mushaklaringiz kuchga to'layotganligini, dilingizyayrab, insonlarga ezgulik va faqat ezgulik qilishga qodir va tayyor ekanligingizga ishoning. 6-holat O'rindiqdan turing. Qo'lingizni yuqoriga ko'tarib, sekin tushiring. Ko'nglingizda yorqin his-to'yg'ular paydo bo'lganini, uning jozibali nurlari butun tanangizm chulg'ab olganligini «ko'rishga» harakat qiling. Insonlarga hamdardlik qilishga, g'amxo'r bo'lishga tayyor ekanligingizga ishoning! Shunda haqiqiy baxtiyor ekanligingizni o'zingizga va o'zgalarga isbotlagan bo'lasiz. Ushbu mashqni muntazam ravishda bajarish o smir va o'spirinlami stress holatidan chiqarishga, agressivlik holatining oldini olishga, o'z-o'ziga ishonch bilan qarashga hamda o'z-o'zini boshqara olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |