15-MAVZU: Oila ma’naviyati.
1..Oila muqassad.
2.“Oila-Vatanichidagi Vatandir”.
Oila – muqaddas dargoh
Oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati. Aytish kerakki - davlat siyosati. Nega deganda, bashariyatning tirikligi, uzluksizligi – oiladan! Axir oilaning eng birlamchi va bevosita vazifasi, ma’naviyat tili bilan aytganda, muqaddas vazifasi – insoniyatning zanjirini sog’lom va iqtidorli avlodlar bilan ulab borishdan iborat –ku! Bu – hamma millat, hamma davlat, hamma xalqlar zimmasigagi sharafli vazifa.
Oila dastlab ikki kishidan barpo bo’ladi. Shaffof irmoqlar biri biriga qo’shilib jo’shqin soy, daryolarni tashkil qilgani kabi o’zbeklar uchun katta oilalar urf hisoblanadi. Qo’shgani bilan q’osha qarishni, serfarzand bo’lishni, hamma bolalari yig’ilib kelganda uyi to’ydek bo’lib ketishini, chiroyli qarishni orzu qilmagan o’zbeklar, oila sohiblari topilmasa kerak.
Sharqda oila qadim-qadimdan muqaddas qo’rg’on hisoblangan. O’zbek oilalarining serildizlik, serbutoqlik xususiyatlari qadim – qadimdan va hozir boshqa millat kishilarida ham hayrat, ham hurmat uyg’otgan xususiyatdir. O’zbek oilasida ayol, ona ana shu qo’rg’onning posbonlari, oilaning muqaddasligini ta’minlovchi mo’tabar insonlardir.
Qur’oni karimda, hadislarda ayol – onani ulug’lash kerakligi haqida ko’plab ibratli ko’rsatmalar bor. Ularning hammasi ayol – onaning oilada tutgan o’rnidan kelib chiqib aytilgan, albatta. Negaki, dunyoga yangi kelgan farzand uchun oila – ilk tarbiya maskani , shu muqaddas dargohning ma’naviy – axloqiy muhitini yaratuvchi mo’tabar zotdir.
Momolarimiz o’z cheklariga tushgan bu qutlug’ vazifani juda sidqidildan bajarib kelganlar. Ana shu momolar o’gitini eslash, tiklash, rivojlantirish hozirgi kunda oldimizda turgan eng dolzarb vazifalarning bir uchquni desak to’g’ri bo’lar.Qaysi yo’nalishda bo’lishidan qat’i nazar, mamlakat taraqqiyotiga oid hamma dasturlarda millatning yuzi, nozik qalbi, op-nomusi bilan bog’liq ma’naviy qadriyatlarga qayta-qayta murojaat qilinishi, ulardan quvvat olinishi, e’zoz bilan qaralishi bejiz emas. Oila – bashariyat yaratgan bebaho, yombi ma’naviy qadriyatdir.
Qalbning iymonli va rahmonliligi yoki, aksincha, bag’ritoshlik va iblislik ham oilada shakllanadi.
Onalarimiz bu muqaddas vazifani juda oddiy yo’l bilan, ya’ni odobi, demakki xalq odobining eng ibtidoiy, lekin umri boqiy, qadri abad qirralari – kattalarga hurmat, kichikka izzat, murosai madora, yulduzga yulduzni moslab yashash kabilarni singdirish, bu fazilatlarni zamonga qarab rivojlantirish, oilaning har bir a’zosi ruhida turg’un qilish bilan o’taganlar. Oqibatda xalqimizga ulug’ farzandlarni etishtirib berganlar.
Yuqorida oila – nafaqat bir yurtning, balki umuminsoniyatning katta siyosati, aytish kerakki – davlat siyosati, dedik. Shuning uchun ham dunyoda necha xalq , necha xil millat, necha xil mamlakat bo’lsa, ularning nashr etgan behisob adabiyotlari ichida oila, oilaviy munosabatlar, oilaning jamiyatda tutgan o’rni xususida alohida varaqlardan tortib, katta-katta ensiklopediyalargacha, hukumat qarorlari, nizomlardan tortib, kodekslargacha uchratish mumkin.
Oila muqaddas va buyuk ne’mat hisoblangani uchun ham juda ko’p donishmandlar oilani tuzishni mamlakatni tashkil qilish kabi muhim deb biladilar.Oilaning barqarorligi va baxtli hayoti – shu mamlakatning yuzi, obro’yi deb qaraladi. Taraqqiy etgan davlatlarning o’z mamlakatlarida oilaga bunday katta e’tibor berishi, turli yo’llar bilan uning nufuzini ko’tarishga intilishi also bejiz emas.
Bizdaoilalarqurayotgandaan’anaviyko’rsatmalargaamalqilinadi.Asrlardavomidama’naviyatimizboyibborayotganiga, oilalarimizmustahkamligigabuko’rsatmalarninginsonparvarligi, umrboqiyligisababbo’layotganihamsiremas.Yaxshioilaxushxulqli, iymonlisolihkishilarni, ibratliinsonlarnitarbiyalaydi.
Voyagayetayotganharbirkishioilato’g’risidagiyaxshiko’rsatma, yo’riq, tuzuk, qonun- qoidalarniyaxshibilishilozim. Anashubilimvaistakularningo’zoilalariniko’rkamtuzuvlariga, shukichkinamamlakatlarnito’g’riboshqaruvlarigayordamberadi. Oilada pohatli umr kechirish – barakotli umr kechirish demakdir.
Bordi-yuoilatuzukbo’lmasa, tarbiyagahame’tiborberilmasa, qanchabuyukbo’lsaham, bundaymillatdunyodauzoqyashayolmaydi.Bunidonishmandlarko’pta’kidlashgan: “Millatlarsharafiniyuqorimartabagako’taradigannarsamillionlarilasanaladiganaskarlar-u, dunyodaengbuyukvazo’rbo’lgankemalaremas, balkiengoze’tiborberadiganimizyobo’lmasa, hechbirzamone’tiborbermasdanqoladiganimiz – oiladir. Oilanizomsizbo’lsa, uningyomonoqibatibutunmillatgata’siretadivashusababdanfazilatyerigarazolat, taraqqiyoto’rnigatubanliknegizquradi… Agar bir millatga bunday hol ro’baro’ kelsa, u millat kitobining so’nggi varag’i ochiladi…”
Shuning uchunham hamma asrlarda, hamma xalq va millatlarda dunyoning buyuk olim va fuzalolari,taniqli adiblari umrlarining oxirigacha qimmatli soatlarini oilani yaratish, uni barqarorlashtirish, insonni eng noyob farog’atdan bahramand qilish baxtiga muyassar etish ustida bosh qotirib o’tkazadilar.
Garchi oila turmushni iqtisodiy tashkil etuvchi ilk uyushma sifatida ibtidoiy davrlardan boshlab mavjud bo’lib kelayotgan bo’lsa ham, davrlar o’tishi, “zamonlar o’zgarishi” bilan oilaning maqsad va vazifalari ham o’zgarib, tobora takomillashib boraveradi.
Boshqa biron millatni kamsitmagan holda aytish mumkinki, bizning xalqimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas hisoblagan. Ota-onaning farzand oldidagi, farzandning ota-ona oldidagi, er-xotinning bir-biri oldidagi burchi va sadoqati oliy insoniy qadriyat sifatida ulugʻlangan. Bunga koʻp misollar keltirish mumkin.
Eng qadimiy yodgorliklardan biri – “Avesto”da ham oila bebaho tushuncha ekanligi alohida taʼkidlangan. Muqaddas kitoblarda “Ota rozi – Xudo rozi”, “Jannat onalarning oyogʻi ostidadur” kabi hikmatli tushunchalar bayon etilgani bejiz emas. Buyuk bobomiz hazrat Alisher Navoiyning “Hayratul abror” asarida oila haqida, ota-onani eʼzozlash toʻgʻrisida gʻoyat teran mulohazalar bayon etilgan.Boshni fido ayla ato qoshigʻa,Jismni qil sadqa ano boshigʻa.Ikki jahoningga tilarsan fazo,Hosil et ushbu ikkisin rizo.Tun-kunungga aylagali nur posh,Birisin oy angla, birisin quyosh…
Prezidentimiz: “Biz maʼnaviy hayotimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni keng qaror toptirishda tobora kuchayib borayotgan, bizning milliy tabiatimizu, urf-odatlarimizga mutlaqo zid boʻlgan har qanday zararli taʼsirlar, buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi turishda, azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda oilani mustahkam tayanch deb bilamiz”, deb alohida taʼkidlagani bejiz emas.
Bizning turmush tarzimizdan bexabar, dunyoqarashi bizga zid boʻlgan “doʻstlarimiz” oʻzlariga maʼqul boʻlgan “gʻarb” dunyoqarashini dastak qilib, hammaga aql oʻrgatadilar. “Jins erkinligi boʻlmas ekan, inson erkin boʻlolmaydi, oila va nikoh degani inson huquqlarini cheklab qoʻyadi”, deb shovqin solishdan uyalmaydilar. Holbuki, “jins erkinligi” deganning oʻzi buzuqlikni targʻib qilishdan boʻlak narsa emas. Qoʻpolroq qilib aytgan-da, “jins erkinligi” inson bilan hayvon orasidagi farqni yoʻqotadi, vassalom!
Jahon adabiyoti va sanʼatida oila mavzusi yetakchi oʻrin tutgan asarlar oz emas. Bunga ajablanmaslik kerak. Chunki eng jiddiy ijtimoiy masalalar ham koʻpincha oilaviy munosabatlar negizida paydo boʻlishi mumkin. Shekspirning “Qirol Lir” fojiasi, Lev Tolstoyning “Anna Karenina” romani, Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasini eslang. Qodiriy domlaning ilk sahna asari “Baxtsiz kuyov” dramasi yoki klassik romani “Oʻtkan kunlar”da, Hamzaning “Maysaraning ishi” asarida ham oilaviy munosabatlar jiddiy oʻrin tutadi. Afsuski, shoʻro zamonida har qanday asardan “partiyaviylik” talab qilinar, insonning oilaviy qismati tasvirlangan asarlarga “gʻoyaviy sayoz”, “mayda-chuyda gap” deb qaralar edi.
Oʻtgan asr oʻrtalarida dramaturg Bahrom Rahmonning “Yurak sirlari” dramasi sahnalashtirilgan edi. Shoʻrlik dramaturgni ham, rejissyor va aktyorlarni ham “toshboʻron” qilmagan tanqidchi qolmadi, hisob. Negaki, unda “jonajon kompartiya”ning yetakchi roli koʻrsatilmagan, oddiy oilaning oddiy turmushi tasvirlangan, deb hukm chiqardilar. Holbuki, spektaklga tomoshabinlar yogʻilib kelar, koʻplab muxlislar asar qahramonlarining monologini yoddan aytib berishi mumkin edi. Sababi – bu asarda ular tumtaroq shiorlarni emas, oʻziga oʻxshagan odamlarni koʻrar, ularning biridan oʻrnak olsa, birining xatolaridan xulosa chiqarar edi.
Yillar davomida har qanday tanqid va tazyiqlarga qaramay oila mavzusi oʻzak qilib olingan asarlar yaratilaverdi. Bunga ustoz Said Ahmadning “Kelinlar qoʻzgʻoloni” komediyasi misol boʻla oladi. Oʻzbek Akademik drama teatri (hozirgi Milliy teatr)da sahna yuzini koʻrguncha bu komediya atrofida ozmuncha “janglar” boʻlgani yoʻq.
Do'stlaringiz bilan baham: |