17-MAVZU: Obod yurt doim faravondir.
Reja
1. Obod yurt tushunchasi.
2. Obodlik ko’nggildan boshlanadi
“Kundalik hayotimizdan saboq chiqarib, ertangi kunimizning, kelajagimizning mustahkam poydevorini bugun yaratib, bu Vatan meniki, uni har qanday balo-qazolardan asrash, himoyalash uchun men kurashmasam, kim kim kurashadi, degan da’vat bilan yashash barchamizning, avvalambor, yoshlarimizning – mening farzandlarimning burchiga aylanishini istardim…” deya butun umrlarini siz bilan bizga, ayniqsa biz yoshlarga sarfladilar.
O’lim esa hamisha haq. Tirik jon borki, ertami kechmi o’lim sharbatini totmay qolmaydi. Umr Yaratgan tomonidan har bir bandaga bir bora beriladigan bebaho ne’matdir. Beruvchi ham, oluvchi ham O’zi. Faqat, kimdir bu hayot daftarini ezgu ishlar, asrlarga tatigulik amallar bilan bezasa, kimdir faqat o’z manfaati, huzur-halovati uchungina umrguzaronlik qiladi. Bizrinchi prezidentimiz esa Xalq manfaatlarini hamisha o’z manfaatlaridan ustun qo’yib yashadilar. Islom Karimovning - “…Har qaysi rahbarning faoliyatida ikkinchi darajali yoki mayda masalaning o’zi yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Nega deganda, inson manfaati haqida gap ketganda, hech qachon mayda masalaning o’zi bo’lmaydi…”, “…Agarki biz inson taqdiri, uning hayotiy manfaatlarini asosiy o’ringa qo’ymasak, yoshlarimizni ish bilan ta’minlamasak, farzandlarimiz, kelajagimiz oldida xiyonat qilgan bo’lamiz…” degan gaplari so’zimizning ayni isbotidir.
Marhum yurtboshimiz Yaratganning nazari tushgan ulug’, jannati inson edilar. Yurt oldida biz yoshlarga qarata “Aziz farzandlarim, hech qachon unutmang: siz erishgan marra yutuqlaringiz xalqimiz, elimiz erishgan yutuqlar deb hisoblayman, sizning bugungi va ertagni kuningiz yanada yorug’ bo’lishi uchun bor kuchimni ayamayman ” deb bergan va’dalariga zarracha xiyonat qilmagan holatda biz yoshlarga imkoniyat eshiklarini tobora ochib berdilar. U kishi har doim “Yoshlar haqida qancha gapirsam, charchamayman. Bu haqda gapirganda, ochig’ini aytsam, o’zimni ham xuddi yosharib ketgandek his qilaman” der edilar.
O’zbekiston yoshlari albatta siz xohlagan, siz orzu qilgan farzand bo’ladi. Hali albatta bizni falakdan kuzatib, bu mening bolalarim, mening farzandlarim, deb faxrlanasiz. Siz bizga boringizni berdingiz, endi navbat bizniki, endi biz siz uchun, sizning g’oyalaringiz uchun borimizni fido qilamiz Bobojon! Barchamiz O’zbekiston bayrog’i ostida birlashib, mamlakatimiz ravnaqi uchun xizmat qilamiz. Bizga bildirgan ishonchingizni albatta oqlaymiz. Biz hamish siz uchun duodamiz, biz siz uchun hamma vaqt istig’fordamiz. Mana bizdek farzandlaringiz, nevaralaringiz borki, mana shunday siz birlashtirgan buyuk xalq borki, biz hamisha mustaqil bo’lamiz. Mustaqil O’zbekistonimiz ravnaqi va kelajagi uchun o’z hissamizni qo’shamiz. Zero, “Bu Vatan – o’zimizniki, barchamizniki. Uning kamchiligi ham, yutug’i ham o’zimizniki. Shunday ekan go’zal va betakror yurtimizning bugungi va ertangi kuni, yorug’ kelajagi uchun avvalambor o’zimiz mas’ul ekanimizni unutmasligimiz kerak”.
Hech birimiz tahlikaga, umidsizlikka tushmasligimiz, Yurtboshimizdan qolgan mana shunday go’zal va obod yurtning bundanda gullab yashnashiga hissa qo’shmog’imiz lozim. Har qanday vaziyatda or-nomus degan tushunchani baland tutib, shunday buyuk yurtga munosib farzand bo’lib yashamog’imiz kerak.
Zero, “Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada farovon, erkin va odob bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir”
.Obodlik ko’nggildan boshlanadi
Xonadonimizni, hovlimizni, koʻchalarimizni, arigʻu tomorqalarimizni saranjom tutish xalqimizga xos odat. Hali quyosh yotogʻidan bosh koʻtarmasidan koʻchalarga suv sepib, yer yuzini ochgan kelinchaklarning ibratomuz harakatiyu inson yashamaydigan uylarni-da ozoda saqlash, chang yuqtirmaslik kabi anʼanalarimizda koʻp hikmat bor. Endi tasavvur qiling, uyimizdagi mana shu udum mahallamizga koʻchsa nima boʻladi? Tabiiyki, yurt obod boʻladi!
Xalqimiz tabiatan bunyodkorlikni, yaratuvchanlikni, obodlikni yaxshi ko‘radi. Buni yurtimizning har bir go‘shasidagi odamlarning turmush tarzidan, hayotiy tutumlaridan ham bilsa bo‘ladi. Deylik, bir kishi qurilish boshlasa, qo‘ni-qo‘shnisi, yaqinlari qarab turmaydi, hashar bo‘layotgan xonadonga albatta kirib keladi. Har biri o‘z hissasini qo‘shsam deydi. Bunday paytlarda hazil-mutoyiba va hamjihatlik, orzumandlik kayfiyati hukmron bo‘ladi. To‘g‘ri-da, odam uy timsolida o‘zining orzu-havasini quradi. Shuning uchun har bir qo‘yilgan g‘ishtdan, yuksalishdan ko‘ngli tog‘dek o‘sadi. Bu uyda yaxshi kunlar ko‘p bo‘lsin, deb niyat qiladi. Ana shunday ezgu niyatlar bilan odamlarning ongu tafakkuri o‘zgarib, nurlanib boradi
Do'stlaringiz bilan baham: |