1 Mavzu: Jamiyat. Insonning jamiyatdagi o’rni. Reja: Tarbiya fanining maqsad vazifalari Inson – murakkab mavjudot



Download 347,08 Kb.
bet38/50
Sana05.01.2022
Hajmi347,08 Kb.
#319245
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
tarbiya konspekt yangisi

16-MAVZU: Insoniylik ulug’ fazilat.

Reja


1. Inson – murakkab mavjudot.

2. Shaxsning tarkib topishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar. Jamiyat hayotida insonning o`rni.



1. Inson – murakkab mavjudotInson hamma zamonlarda ham o‘zining kimligini, o‘zligini bi- lishga intilgan. Inson muammosiga bag‘ishlangan turli gipotezalar, nazariyalar va konsepsiyalar yaratildi. Lekin zamonlar o‘tishi bilan inson deb nomlanuvchi mavjudotda hali o'rganilmagan, yechilishi zarur bo‘lgan muammolar, jumboqlar ko'payib boraverdi. Qadimgi zamon falsafasi namoyandalari, xususan, qadimgi Hind va Xitoy faylasuflari inson ikki yirik qudrat — tana bilan jonning uyushmasidan iborat, jon tanani tark etib, ruhga aylanib turadi, ruh esa o'lmaydi, deb tushuntirgan bo‘lsalar, qadimgi Eron va Turon faylasuflari inson borlig'i olam borlig'i bilan bevosita aloqador, inson borlig‘ida olam borlig‘i o'z ifodasini topadi, olam borlig'i esa to'rt asosiy unsurdan: tuproq, suv, olov, havodan tashkil topgan, olam borlig'ining murakkab shakllaridan bin bo'lgan inson tabiati ham, shubhasiz, o'sha to'rt unsur bilan bog'liq bo'ladi, deb ishontirishga harakat qildilar. Qadimgi Eron va Turon falsafasi ta’sirida vujudga kelgan Yunon falsafasining namoyandalari esa inson kosmosning bo'lagi, allaqanday o'ziga xos xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan mikrokosmosdir, deb tushuntirishar edi. Qadimgi Yunon faylasuflari inson bilan olamdagi boshqa tirik mavjudotlar o'rtasida jiddiy farq borligiga shubha qilmasdilar. Inson — «aqlli ijtimoiy maxluq» ekanligini har tomonlama isbotlashga urindilar. Shunday qilib, qadimgi zamon faylasuflari inson olamdagi tirik mavjudot- laming toji, cho'qqisi ekanligini ta’kidlab, uni birinchi o'ringa ko'tarib qo'ydilar. Inson olamda mavjud bo'lgan tirik mayjudot- larning birortasiga ham o'xshamasligini qayta-qayta ta’kidladilar. O'rta asr faylasuflari esa insonning eng muhim xususiyati uning «Xudoga o'xshashligidir», deb tushuntirdilar. O'sha insonga o'xshash Xudoni koinotdan tashqarida deb bildilar. Endilikda Xudo butun koinotning xo'jayini bo'ldi. Xuddi shuning uchun ham musulmon va xristian faylasuflari o'rta asr sharoitida Xudoda mavjud bo'lgan jamiki yaxshi fazilatlarni, xislatlarni, xosiyatlarni, karomatlarni o'rganishga intildilar. Xudoga xos barkamollikning ko'rinishlarini insondan izladilar. Olloh vasliga yetishni orzu qilgan ruhiy-ma’naviy barkamol inson qiyofasini tasvirlashga urindilar. Yangi zamon faylasuflari o'rta asr faylasuflaridan farqli o'laroq, inson-ijtimoiy mavjudot, deb saboq berishdi. XVIII—XIX asrlarda Yevropada shakllangan nemis klassik falsafasi namoyandalarining bir guruhi inson kamolotida onglilik, aqliylik (ratsionalizm) hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, deyishsa, boshqa birovlari inson- ning inson bo‘lib shakllanishida his-tuyg‘u, ongsizlik (irratsiona- lizm) asosiy rol o'ynaydi, deb tushuntirdilar. Yana boshqa bir guruh faylasuflar insonning inson bo‘lib shakllanishida ijtimoiy muhit, ayniqsa, mehnat hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi, degan fikr-mulohazalarni bayon qildilar. Inson to‘g‘risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti haqidagi fikr- mulohazalarni eslatib o‘tishdan muddao barcha zamonlarda ham, barcha zaminlarda ham inson muammosi falsafaning asosiy mav- zusi ekanligini e’tirof etishdir

2. Shaxsning tarkib topishiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar. Jamiyat hayotida insonning o`rni.Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo„lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo„lgan jamiyatning a‟zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo„lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o„zini yaxlit inson sifatida his etishi, o„z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilishi kerak. «Hech bir odam dunyoga tayyor bo„lib tug„ilmaydi, ya‟ni to„la shakllangan bo„lib, lekin uning har qanday hayoti to„xtovsiz rivojlanish harakatida, tinimsiz shakllanishda bo„ladi», deb yozgan edi V.G.Belinskiy.

Bola ma‟lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ (lotincha “individium” so„zidan olingan bo„lib, «bo„linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma‟nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir. Individuallik esa shaxsning o„ziga xos xususiyatlari bo„lib, uning namoyon bo„lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o„rganish, uning yashash sharoitlaridan yetarli darajada xabardor bo„lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo„ladi. Ana shular ta‟sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o„sishida namoyon bo„ladigan miqdor va sifat o„zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o„tish, yangilanish, yangining paydo bo„lishi, eskining yo„qolib borishi, miqdor o„zgarishining sifat o„zgarishiga o„tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o„rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta‟limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta‟sir etadi, ularni birbiridan ajratib bo„lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta‟sir etadi. Inson butun umri davomida o„zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo„lsa, u jamiyat a‟zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o„ziga munosib o„rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta‟siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to„g„ri ko„rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.

. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo„ladi. Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to„g„ri tashkil etish lozim. Lekin ko„p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo„ladi. O„smir va o„spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o„yin, o„qish va mehnat kiradi. Ular yo„nalishiga ko„ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko„ra tanlangan sohalardan iborat . Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir. Faoliyat faol va passiv bo„lishi mumkin. O„smir faoliyati muhit va tarbiya ta‟sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o„z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o„zini shaxs sifatida ko„rsata olishi unda o„z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko„zga tashlanadi.




Download 347,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish