Inson- falsafaningboshmavzusi. Insonningyaralishi, moxiyativajamiyatdatutgano'rnifalsafiymuammolartizimidamuhimo'rintutadi. Turlifalsafiyta'limotlardabumasalalarturlichatalqinetibkelingan. Shundaybo'lipshtabiiyhamedi, chunkiinsonmoxdyatanijgimoiy-tarixiyvamadaniymavjudotsifatidaharbiryangitarixiysharoitdao'zliginichuqurroqan-glashga, insoniymohiyatiniro'yobgachiqarishgaintilaveradi.
Suqrotning «O'zligingaibil» deganxdkmatliso'ziharbirtdrixiydavrdayangichaahamiyatkasbetadi. Insondabutunolamvajamiyatningmohiyatimujassamlashgandir. Ulug' mutasavvufAbdulxoliqG'ijduvoniyinsonni «kichikolam» debhisoblagan. Falsafada baxs yurigiladigan barcha masalalar inson muammo-siga bevosita daxldordir. Umuman olganda, insonga daxddor bo'lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og'irini yengil Qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma'noda, inson, avvallo,o'zi uchun zarur bo'lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimshi yaratgan.
Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy moxdyatning namoyon bo'lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va Mohiyati bilan bog'liqdir.
Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o'rganadi. Inson shunday murakkab kab va ko'p qirrali mavjudotki uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma'nodosh bo'lsa ham, bir„ biridan farqlanadi.
Inson - o'zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlari ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish sharoitga moslashish kabilar xos.
Inson boshqa mavjudotlardan soqial xususiyatlari bilaa ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste'mol qilish, boshqarish, o'z-o'zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruxsat va ta'qiqlash) shular jumlasidandir.
Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g'am-tashvish, qayg'u, iztirob chekish, zavqyaanish, kayfiyat kabilar kiradi.
Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida o'z extiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta'minlaydi. Insonga xos bo'lgan biologik xususiyaglarni ijgimoiy xususiyatlardan ustun qo'yish yoki psixologik xususiyatlarni bo'rtgirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi.
Falsafa tarixida inson to'g'risidagi ta'limotlarda biolo-gazm, soqiologizm, psixologizm kabi yo'nalishlari vujudga kelgan. Biologazm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga, soqiologizm insonning ijgimoiy xususiyatlariga, psixologizm esa, ma'naviy, ruhiy, psixologik xususiyatlariga* bir yoqlama yondashshpga asoslangan edi.
Insop tarixning yaratuvchisi sifatida tabiat taraqqiyotidagi uzluksizlikni ta'minlaydi. U o'z bilimi, tajribasi va yutuqiarini kelgusi avlodlarga meros qilib qoldiradi; tabiat va jamiyatni qayta quradi va takomillashtiradi. Inson o'z aqii tufayli butushkoinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi, o'z tarixini yaratadi, uni avaylab-asraydi. Inson faoliyati va tajribalari jamiyatning tako-Millashuvi va kishilarning har tomonlama kamol topshpi uchun manba bo'lib xizmat qiladi.
Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz boʻlmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqaga boʻlgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri namoyon boʻladi. Odamlar oʻzining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bogʻliq boʻlmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. J. taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, yaʼni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. J.da turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga boʻlgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bogʻliq. Bular J.dagi kishilarning faoliyati hamda daromadiga qarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. J. hayoti iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilishni oʻz ichiga oladi. Unda mamlakatning xoʻjalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining oʻzaro bogʻlikligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uygʻunlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning oʻz siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati J.dagi oʻrnatilgan siyosiy munosabatlar asosida oʻz siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Maʼnaviy sohada kishilar turli maʼnaviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan oʻzlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, sanʼat, musiqa asarlari bilan bir qatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy meʼyor va umuman olganda, Jamiyathayotining maʼnaviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi (qarang Maʼnaviyat).
Hozir Oʻzbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning , ayniqsa yosh avlodning maʼnaviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, oʻzbek xalqining boy madaniy va maʼnaviy merosi, qadriyatlari, anʼanalari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. Oʻzbekistonda fuqarolik, huquqiy, demokratik, dunyoviy J. barpo etilmoqda.[Abdulhay Valiyev. OʻzME. Birinchijild. Toshkent, 2000-yil]