Mazkur konsepsiya hozirgi davr tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlar sohasida eng keng tarqalgan konsepsiya hisoblanadi. Uning ilmiy asoslarini I.Kant (1724-1804) va P. Laplasning (1749-1824) quyosh sistemasining vujudga kelishi to`g`risidagi kosmogonik gipotezalari, ingliz olimi Charlz Darvinning (1809-1882) 1871-yilda “Insonning vujudga kelishi va jinsiy tanlanish” asarida olg`a surilgan gipotezalari, akademik A.I.Oparinning (1894-1980) 1922-yili “Hayotningvujudga kelishi” asarida olg`a surgan “kooservat moddalar” g`oyasi va biologiya fanlarining yutuqlari tashkil qiladi.
|