10-mavzu . Хаlqаrо ilmiy-tехnikаviy hаmkоrlik.
Bugungi kunda ilm-fan sunʼiy intellekt, nanotexnologiya, biotexnologiya, kosmik tadqiqotlar, yadroviy tibbiyot, yashil energetika kabi sohalarda ulkan natijalarga erishmoqda. Qadim yurtimizda yashagan ajdodlarimiz buyuk sivilizatsiyalar yaratgan, global miqyosdagi taraqqiyotga bevosita taʼsir koʼrsatgan inqilobiy ilmiy kashfiyotlar qilgan.Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ilmiy va innovatsion faoliyatni qoʼllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratmoqda. Oʼzbekistonning ShHTga raisligining muhim ustuvor yoʼnalishlari sifatida ilmiy-texnikaviy hamkorlik va innovatsiyalar sohasida ham koʼp tomonlama formatda, ham ishtirokchi-davlatlar tomonidan oʼzaro hamkorlikni yanada ragʼbatlantirish belgilangan. ShHTning Samarqand sammiti arafasida Prezident Shavkat Mirziyoev oʼz maqolasida taʼkidlaganidek, «Samarali xalqaro hamkorlik, bu – dunyoda barqaror, ishonchli va farovon taraqqiyotning eng muhim omilidir. Аynan shunday yondashuv zamonamizning dolzarb muammolarini bahamjihat hal etish, yangi xavf-xatar va ijtimoiy larzalardan himoyalanish uchun eng aniq, maqbul va samarali yoʼl hisoblanadi».ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining 15-16 sentyabrь kunlari Samarqandda boʼlib oʼtadigan sammitida ilm-fan, innovatsiyalar, yangi texnologiyalar, qoʼshma ilmiy loyihalarga katta urgʼu berilishi kutilmoqda. Prezidentimizning nutqida keltirilgan zamonamizning eng dolzarb muammolari – iqlim oʼzgarishlari, tabiiy boyliklar va suv resurslari tanqisligi, bioxilma-xillikning buzilishi, beqaror epidemiologik holat kabi global masalalarning yechimi ham ilm-fan sohasida davlatlarning mustahkam hamkorligiga borib taqaladi. Аynan ilm-fan inqiroz davridan oʼtish, rivojlanish uchun imkoniyatlar eshigini ochib beradi.Muammolarni bartaraf etish boʼyicha ShHTga aʼzo davlatlar bilan qator ishlar olib borilyapti. Deylik, Xitoy Ilm-fan va texnologiyalar vazirligi bilan faol hamkorlik davom etmoqda, kelishuvlar doirasida tanlov eʼlon qilinib, 20 ta eng yaxshi qoʼshma loyiha amalga oshirilmoqda. Shuningdek, oʼzbekistonlik va xitoylik olimlar hamkorligida qoʼshma ilmiy tadqiqotlar olib borilib, COVID-19 kasalligiga qarshi vaktsina ishlab chiqildi. Xitoy Fanlar akademiyasi bilan birgalikda dorivor moddalar sintezi boʼyicha tibbiy texnopark tashkil etilmoqda.Ilmiy-texnikaviy hamkorlik dasturi doirasida Hindiston bilan tanlov eʼlon qilinib, uning natijasida umumiy qiymati 2 million АQSh dollaridan ortiq boʼlgan qator qoʼshma ilmiy loyihalar moliyalashtirildi. Rossiya Federatsiyasi bilan ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish yoʼlida faol ishlar olib borilmoqda. Xususan, umumiy qiymati 300 ming АQSh dollaridan ortiq boʼlgan 17 ta qoʼshma ilmiy loyiha amalga oshirilib, qator muhim ilmiy yutuqlar qoʼlga kiritildi.Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi va Qozogʼistonning «Astana HUB» texnoparki oʼrtasida hamkorlikni yoʼlga qoʼyish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Qirgʼiziston, Tojikiston va Pokiston bilan ilm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ishlab chiqilmoqda.Mamlakatlarimiz ShHT doirasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega. Xususan, Samarqand sammitiga taqdim etilgan ustuvor yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʼyicha Harakatlar dasturi muvofiqlashtirilishi koʼp tomonlama hamkorligimizni rivojlantirishda muhim qadam boʼladi. Biz uni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyormiz.Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida Eron ushbu tashkilotga kuzatuvchi davlatlar qatorida toʼlaqonli aʼzo boʼlishi kutilmoqda. Joriy yilning iyulь oyida Eron Islom Respublikasining Ilm-fan va innovatsiyalar boʼyicha vitse-prezidenti Suren Sattoriy Oʼzbekistonga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida Oʼzbekiston va Eron oʼrtasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasida umumiy qiymati 6,5 million АQSh dollariga qiymatidagi 70 ga yaqin loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.Maʼlumki, Orol dengizining ekologik inqirozi oqibatlari Orolboʼyida yashovchi millionlab aholi hayotiga salbiy taʼsir koʼrsatmoqda. Orol dengizining qurigan tubida Orolqum degan yangi choʼl paydo boʼldi. Shu munosabat bilan Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev taklifiga binoan Orolboʼyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʼgʼrisidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.«Orolboʼyi uchun innovatsiyalar» dasturini ishlab chiqish va mamlakatlarimiz ilmiy hamjamiyatlarining saʼy-harakatlarini qoʼshma loyihalarni amalga oshirish, texnologiyalar va tajriba almashishda muammolarni birgalikda hal etishga yoʼnaltirish uchun oʼzaro hamkorlikni tashkil etish va rivojlantirish zarur, deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda ShHT mintaqalari oʼsimliklar dunyosi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar Osiyo florasining umumiy suratini namoyon eta olmaydi, balki alohida mamlakatlar doirasida alohida ekotizimlar sifatida namoyon etmoqda. Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning chekka hududlaridagi barcha turdagi noyob va yoʼqolib ketish xavfi ostida turgan oʼsimliklarni sunʼiy intellektdan foydalangan holda avtomatik aniqlab olishning yangi raqamli modelini joriy etish asosida «ShHTga aʼzo davlatlar florasi» umumiy kollektsiyasini yaratish taklifini ilgari surdik. Shuningdek, joriy yilning oktyabrь oyida Toshkent shahrida boʼlib oʼtadigan “InnoWeek.Uz-2022» xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi doirasida ShHTga aʼzo davlatlarning virtual va toʼldirilgan reallik texnologiyalari va axborot texnologiyalari yechimlardan foydalangan holda Birinchi innovatsion texnologiyalar yarmarkasini oʼtkazish tashabbusini ilgari surmoqdamiz.Innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, ShHTga aʼzo davlatlarning yosh olim va mutaxassislarining xalqaro ilmiy tadbirlarda ishtirokini faollashtirish maqsadida fan va texnika sohasida mukofot taʼsis etishni taklif etamiz. Yosh olimlar uchun taʼsis etiladigan fan va texnologiya mukofoti navqiron ilmi ahlining keyingi tadqiqotlarini ragʼbatlantirish, yangi ilmiy kashfiyotlar va innovatsiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida fan va texnologiya rivojiga qoʼshgan salmoqli hissasi uchun ShHTga aʼzo davlatlar fuqarolariga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |