1-mavzu. Jаhоn iqtisоdiyotidа yangi industriаl dаvlаtlаrning tutgаn o`rni. «Yangi industrial mamlakatlar»


-mavzu. Mаlаyziya Fеdеrаtsiyasi iqtisоdiyoti



Download 102,96 Kb.
bet18/22
Sana29.01.2023
Hajmi102,96 Kb.
#904819
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

18-mavzu. Mаlаyziya Fеdеrаtsiyasi iqtisоdiyoti.

Malayziya o`z iqtisodiy ko`rsatkichlari bo`yicha “Osiyo yo`lbarslari” nomi bilan mashhur yangi sanoatlashgan davlatlar sirasiga kiradi. Xorijiy kapital va texnologiyalarni keng jalb etish, sanoatlashgan davlatlar ilg`or tajribasidan foydalanish, import o`rnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, yuqori darajadagi siyosiy barqarorlik, iqtisodiyotni modernizatsiyalash yangi yutuqlarni qo`lga kiritishda muhim omil bo`lmoqda. Ayni iqtisodiy jarayonlar davlat tomonidan ishlab chiqilgan aniq reja asosida izga solinib turibdi. Vaholanki, Janubi-Sharqiy Osiyodagi 28 mln. kishilik aholiga ega bo`lgan ushbu mamlakat 1957 yilgacha, ya'ni milliy mustaqillikkacha, asosan kauchuk va qalay ishlab chiqarish hamda eksport qilishga ixtisoslashgan qoloq bir mamlakat sanalardi.


O`tgan yuz yillikning 60-yillaridanoq, hukumat bir maromdagi o`sish strategiyasini belgilab oldi. Bundan maqsad, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va sanoatlashtirishdan iborat edi. Asosiy e'tibor import o`rnini bosuvchi oddiy iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratildi. Aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va kichik fermer xo`jaliklarini zamonaviylashtirish qishloq xo`jaligi sohasidagi muhim vazifalardan biri qilib qo`yildi. Sarmoyalarni rag`batlantirish haqidagi akt (1968 yil) qabul qilinganidan keyingina, eksport masalasi kun tartibiga qo`yildi. 1971 yili mamlakatda “Yangi iqtisodiy siyosat”ni amalga oshirishga kirishildi. Bu siyosat zamirida aholi o`rtasidagi qashshoqlikni kamaytirish va kuchli ijtimoiy himoya masalasi yotar edi. Ayni davr, shuningdek, davlatning iqtisodiy jarayonlarga faol aralashuvi bilan farqlanadi. Eksportga yo`naltirilgan sanoat strategiyasini amalga oshirish jarayonida investorlar va eksportchilar uchun ko`plab imtiyozlar yaratildi, erkin savdo hududlari tashkil etildi. Xususan, to`qimachilik sanoati va elektronika eksportini rivojlantirishga keng ahamiyat qaratildi. Shu tariqa mamlakat iqtisodiyoti bosqichma-bosqich rivojlana boshladi. 1971-1980 yillarda yalpi ichki mahsulotning o`sishi yiliga o`rtacha 8 foizni tashkil etganligi fikrimiz dalilidir. 1980-1986 yillar mobaynida og`ir sanoat tarmoqlarida import o`rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish ustuvor masalaga aylandi. Biroq dunyo bozoriga xos notekis jarayonlar Malayziya iqtisodiyotiga ham o`z ta'sirini ko`rsatdi. Natijada ma'lum muddat yalpi ichki mahsulotning yillik o`rtacha o`sish sur'ati 4-4,5 foizga tushib qoldi. Shu tariqa islohotlarni chuqurlashtirish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini birmuncha cheklash zarurati yuzaga keldi. Sarmoyalarni rag`batlantirish, sanoatning turli tarmoqlari o`rtasida hamkorlikni kuchaytirish, sog`lom raqobat muhitini shakllantirish choralari ko`rildi
Malayziya. — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda i.ch. sanoatining ulushi — 28,7 %, konchilik sanoatining ulushi — 9,3 %, q. x.ning ulushi — 17,3 %. Q. h.ning asosiy ekini — sholi boʻlsa ham, mamlakat ehtiyojini qondirmaydi. Mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmogʻi kauchuk i. ch.dir. Bundan tashkari, kokos palmasi, ananas, kakao, choy, murch, sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Chorvachilik suyet rivojlangan; koramol, choʻchqa boqiladi. Dengiz qirgʻogʻi yaqinida va darelarda baliq ovlanadi. Eksport uchun yogʻoch tayyorlanadi. I. ch. sanoatining asosiy tarmoqdari: elektrotexnika, neftni qayta ishlash, kimyo, metallurgiya, avtomobil, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati; konchilikning asosiy tarmoqlari: neft, tabiiy gaz, qalay, temir va mis rudalari, boksit qazib chiqarish. M. integral sxema, konditsioner, radio va teleapparaturalar i. ch. boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan biri. Yiliga 24,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Kauchuk, palma yogʻi, qalay eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlardan birida turadi. Hunarmandchilik (ganchkorlik, zargarlik, kashtachilik va b.) rivojlangan. Temir yoʻllari uz. 2,2 ming, avtomobil yoʻllari uz. 52,5 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji — 2,9 mln. t. dedveyt. D yengiz portlari: Kelang , Jorjtaun, Kuantan, Kuala-Lumpur. Jorjtaun, Kota-Kinabaluda aeroportlar bor.M. chetga neft, elektron va elektrotexnika buyumlari, q. x. mahsulotlari, transport vositalari (jumladan, avtomobil), rezina texnika, toʻqimachilik mahsulotlari, poyabzal, kiyim-kechak sotadi; chetdan mashina uskuna, sanoat va optika jihozlari, transport vositalari, stanoklar, oziqovqat oladi.
Iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish uchun avvalo huquqiy negiz yaratildi. 1992 y. iyunida OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning M.ga tashrifi vaqtida „Madaniy va ilmiy hamkorlik“, „Iktisodiy va texnikaviy hamkorlik“ toʻgʻrisida bitimlar imzolandi. 1993 y. mart—apr. oylarida M. bosh vazirining Oʻzbekistonga tashrifi yakunida ham bir qancha hujjatlar qabul etildi. Natijada ikkala mamlakat oʻrtasida tovar ayirboshlashga kirishildi. 1999 y.da tovar aylanmasi 4,9 mln. AKSH dollarini tashkil etdi.OʻzR da malayziyalik sarmoyadorlar ishtirokida tuzilgan 10 ta qoʻshma korxona mavjud. „Otel Oʻzbekiston“, „OʻzMalOyl“ (neft konlarini ishlatish), „OʻzMakom“ (telefon xizmati), „Oʻzbeklizing Interneyshnl“ (kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllabquvvatlash) ularning eng yiriklaridir.Mamlakatlarimiz o’rtasida nafaqat ikki tomonlama, balki ko’p tomonlama aloqalar ham kengayib bormoqda. Zamonaviy bosqichda har ikki davlat xalqaro maydonda bir-birini siyosiy jihatdan o’zaro qo’llab-quvvatlagani holda nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni ham kengaytirmoqda. Masalan, mamlakatimiz BMT tuzilmalaridagi a'zolik borasida bir necha marotaba Malayziyaning nomzodini yoqlagan: 1997 yili - EKOSOSga, 1998 yili - Xavfsizlik kengashining doimiy bo’lmagan a'zoligiga, 2004 yili - Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha ko’rinishlarini tugatish qo’mitasiga. 2005 yil tashkil etilgan O’zbekiston-Malayziya qo’shma savdo qo’mitasi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shmoqda.

Download 102,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish