1-mavzu. Jаhоn iqtisоdiyotidа yangi industriаl dаvlаtlаrning tutgаn o`rni. «Yangi industrial mamlakatlar»



Download 102,96 Kb.
bet17/22
Sana29.01.2023
Hajmi102,96 Kb.
#904819
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

17-mavzu. YApоniya iqtisоdiyoti.

YAponiya makroiqtisodiy rivojlanish modelining bosqichlari, omillari va xususiyatlari • YAponiya zamonaviy jahon xo’jaligida alohida o’ringa ega mamlakat bo’lib, Meydzi (1868) inqilobidan keyin yuz yil ichida feodal davlatdan rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatiga aylandi. Bu davrda YAponiya iqtisodiy jihatdan o’zini tiklabgina qolmasdan sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin oldi.YAponiyaning bu davrdagi iqtisodiy rivojlanishini olti bosqichga: bo’lib o’rganish mumkin. Birinchi bosqich 1896 yildan Ikkinchi jahon urishining oxirigacha bo’lgan davrni qamrab oladi va YAponiyada harbiylashgan iqtisodiy tizimni shakllantirish bosqichi xisoblanadi. "YAngi iqtisodiy tizim" xususiy firmalar mavqeini faqat maxsulot ishlab chiqarish uchungina mas’ullik darajasigacha pasaytirib qo’ydi. Ikkinchi bosqich 1945 yildan 1958 yilgacha davom etdi. Ushbu bosqich 7 yillik Amerika xukmronligi hamda qator institutsional va iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi bilan ajralib turadi. Ular tarkibida 1946— 1950 yillardagi agrar hamda, Dzaybatsularni tarqatib yuborish bilan bog’liq islohotlarni va amerikalik iqtisodchilar Dodj va SHoular tomonidan inflyatsiyaga qarshi kurashga qaratilgan, "falajli davolash" nomini olgan islohotlar alohida ahamiyatga ega. Bu davr YAponiya iqtisodiyotining urushdan keyingi qayta tiklanish davri xisoblanadi. Uchinchi bosqich 1958 1973 yillarni o’z ichiga oladi va barqaror yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari tufayli yapon iqtisodiy mo’’jizasi nomiga ega bo’ldi. O’n besh yil ichida mamlakat yalpi milliy maxsuloti 6, 5 martaga, sanoat ishlab chiqarish hajmi esa 10 martaga oshdi. Ushbu davrda yapon iqtisodiyotining o’sish sur’atlari yiliga o’rtacha 11% ni tashkil etgani holda rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etdi.To’rtinchi bosqich 1973 yildan boshlanadi va mamlakat iqtisodiyotiga 1970 yillardagi jahon yoqilg’i inqirozlarining ta’siri tufayli o’rtacha o’sish sur’atlari va tarkibiy o’zgarishlar (1973 1980) davri nomini oldi. YAponiyada inqiroz 1976 yidda bartaraf etildi, ammo mamlakat iqtisodiy jonlanish bosqichiga "tarkibiy kasal tarmoqlar" energiya va material sig’imkorligi yuqori tarmoqlar, yengal sanoatning mehnat sig’imkorligi yuqori tarmoqlari va kemasozlik tarmog’idagi muammolar bilan kirib keldi. Beshinchi bosqich "sovun ko’pigi" iqtisodiyotining shakllanishi bilan bog’liq bo’lib, bu davr YAponiyada yo’qotilgan o’n yillik nomini oldi, 1990 yilning 1 oktyabri aktsiyalar kursining pasayishi bilan boshlandi va Nikkey indeksi 20 ming ienagacha pasaydi, ya’ni 1989 yilning dekabriga nisbatan 49% ga qisqardi. Keyinchalik 1 oktyabr qora dushanba deb ataladigan bo’ldi. "Sovun ko’pigi” iqtisodiyoti inqirozi bilan bog’liq salbiy oqibatlarnint real sektorga ta’siri natijasida YAponiya iqtisodiyoti chuqur va davomli depressiya holatiga tushib qoldi. Ushbu holat 2004 2010 yillardagi biroz jonlanishni xisobga olmaganda 2011 yilgacha davom etdi.To’rtinchi bosqich 1973 yildan boshlanadi va mamlakat iqtisodiyotiga 1970 yillardagi jahon yoqilg’i inqirozlarining ta’siri tufayli o’rtacha o’sish sur’atlari va tarkibiy o’zgarishlar (1973 1980) davri nomini oldi. YAponiyada inqiroz 1976 yidda bartaraf etildi, ammo mamlakat iqtisodiy jonlanish bosqichiga "tarkibiy kasal tarmoqlar" energiya va material sig’imkorligi yuqori tarmoqlar, yengal sanoatning mehnat sig’imkorligi yuqori tarmoqlari va kemasozlik tarmog’idagi muammolar bilan kirib keldi. Beshinchi bosqich "sovun ko’pigi" iqtisodiyotining shakllanishi bilan bog’liq bo’lib, bu davr YAponiyada yo’qotilgan o’n yillik nomini oldi, 1990 yilning 1 oktyabri aktsiyalar kursining pasayishi bilan boshlandi va Nikkey indeksi 20 ming ienagacha pasaydi, ya’ni 1989 yilning dekabriga nisbatan 49% ga qisqardi. Keyinchalik 1 oktyabr qora dushanba deb ataladigan bo’ldi. "Sovun ko’pigi” iqtisodiyoti inqirozi bilan bog’liq salbiy oqibatlarnint real sektorga ta’siri natijasida YAponiya iqtisodiyoti chuqur va davomli depressiya holatiga tushib qoldi. Ushbu holat 2004 2010 yillardagi biroz jonlanishni xisobga olmaganda 2011 yilgacha davom etdi.Fikrimizcha, 2011 yil 11 martdagi yer qimirlashi bilan bog’liq voqeadan so’ng YAponiya iqtisodiyotining rivojlanishidagi oltinchi bosqich boshlandi. YAponiyaning iqtisodiy rivojlanish modeliga xos quyidagi belgilarni ajratish mumkin: davlatning tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, savdo va investitsiyalar sohasidagi ulushining pastligi; firmalar va davlatning ishchi kuchi malakasini oshirish, ishchilarni ishlab chiqarishni boshqarishga jalo etishga alohida e’tibor qaratishi; davlatning tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishdagi faol ishtiroki: mehnat bozorida firmalar darajasida bir marotabalik mehnat shart nomalarining qo’llanilishi. Mehnat munosabatlari «firma paternalizmi» ni (bir umr yollanib ishlash tizimi, firma bizning uyimiz) ifoda etadi; moliya sanoat guruhlarining keyretsularga asoslanishi.YAponiya XX asrning ikkinchi yarmida barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga ega bo’ldi va ushbu kursatkich 1951 1960 yillarda o’rtacha 8, 1%, 1961 1970 yillarda 10, 7%, 1971 1980 yillarda 4, 6%, 1981 1990 yillarda 4, 0% ni tashkil etdi. Fikrimizcha, YAponiyaning «iqtisodiy mu’jizaga» erishish omillari quyidagilarda namoyon bo’ladi: AQSH va G’arbiy yevropaga nisabatan yapon ishchi kuchining arzonligi, yuqori malakaga egaligi va mehnatsevarligi; yalpi jamg’arish normasining yuqoriligi ushbu ko’rsatkich 1990 yillarning o’rtalarigacha 30% dan yuqori bo’ldi; harbiy xarajatlarning pastligi davlat byudjetidan harbiy mudofaa uchun sarflanayotgan xarajatlar miqdori 1930 1940 yillarda yalpi ichki maxsulotning 9 10% ini tashkil etgani holda, ushbu ko’rsatkich 1947 1980 yillarda 1% dan oshmadi• iqtisodiyotni davlat tomonidan samarali tartibga solish — umummilliy iqtisodiy dasturlar, ustuvor tarmoqlarga soliq imtiyozlarini joriy etish, ichki bozorga raqobatchilarni kiritmaslik, inflyatsiyaning past darajasini ta’minlash; • mamlakat hududining qulay iqtisodiy geografik joylashganligi. Mamlakat Tinch okeani xavzasi mintaqasining markazida joylashganligi sababli, aksariyat halqaro dengiz va havo yo’llari bu hududni kesib o’tadi.Transporti Ichki yuk aylanmasida avtomobil transportining roli katta (yiliga oʻrtacha 5, 5 mlrd. tonna yuk tashiladi). Umumiy va ekspress yoʻllarning uz. 1, 2 mln. km, shu jumladan, 4, 4 ming km tezyurar magistrallar. T. y. larning uzunligi 43, 7 ming km. Deyarli 1/2 qismi elektrlashtirilgan. 1964 yildan tezligi soatiga 270 km gacha yetadigan "Shinkansen" poyezdlari harakati yoʻlga qoʻyilgan. 9 shahardagi metropolitenning uz. 540 km. Yaponiyada suv osti va yer usti tunnellari va koʻpriklar koʻp. Dunyoda eng katta Seykan tunneli (53, 9 km) Honshu va Hokkaydo o. larini birlashtiradi.

Download 102,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish