1-mavzu. Jаhоn iqtisоdiyotidа yangi industriаl dаvlаtlаrning tutgаn o`rni. «Yangi industrial mamlakatlar»


-mavzu. Frаntsiya Rеspublikаsi iqtisоdiyoti



Download 102,96 Kb.
bet13/22
Sana29.01.2023
Hajmi102,96 Kb.
#904819
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

13-mavzu. Frаntsiya Rеspublikаsi iqtisоdiyoti.

Fransiya - G‘arbiy Yevropadagi eng yirik davlatdir. U hududiy jihatdan Yevropa Ittifoqida birinchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatning umumiy maydoni 544 ming kvadrat km.ni tashkil etib, uning uchdan ikki qismi tekislikdan iborat. Bu yerni iqlim o‘zgarishlariga qarab uch xil mintaqaga bo‘lish mumkin: ya’ni okean mintaqasi (g‘arbdan), o‘rta yer dengiz mintaqasi (janubdan) va kontinental mintaqa (mamlakat markazi va sharqdan). Mamlakatning 82 foizi hududini, aniqrog‘i 45 mln. gektar maydonini qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmonzorlar egallaydi. Faqatgina o‘rmonzorlar salmog‘i jihatidan Fransiya Yevropa Ittifoqida Shvesiya va Finlyandiyadan keyingi uchinchi o‘rinda turadi.Mamlakat aholisi – 62 million kishidan ortiq bo‘lib, bir kv. km ga 105 kishi to‘g‘ri keladi. Aholining teng yarmidan ortiqrog‘i shaharlarda yashaydi. Aholi soni jihatidan Fransiya Yevropada Germaniyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Mavjud aholining 93 foizini fransuzlar tashkil etadi. Fransiyada tug‘ilish darajasi past taxminan 1000 kishi hisobiga 12 ta chaqaloq to‘g‘ri keladi.Fransiya – dinga erkinlik bergan davlat. Bu yerda qariyib barcha dinlarga mansub aholi istiqomat qiladi, ya’ni bu yerda katoliklar 81,4 foizni, musulmonlar 6,9 foizni, protestantlar 1,6 foizni, iudistlar 0,4 foizni va boshqa dindagilar 8,1 foizni tashkil etadi.Fransiyaning salkam 25,6 mln. aholisi faol aholi toifasiga kiradi. Ulardan 19,5 millioni doimiy ishi bilan band bo‘lganlar va 3,1 millioni yoki faol aholining 12,5 foizi ishsizdir. Mamlakatda erkaklar ayollarga qaraganda ko‘proq, ya’ni barcha aholining 53 foizini erkaklar, 47 foizini ayollar tashkil etadi. Fransiyaning davlat tuzilishi - respublika. Uni davlat prezidenti boshqaradi. Prezident 7 yilga saylanadi. Fransiya respublikasi quyidagi holatda tarkib topgan: mustamlaka yerlar (22 ta chegaradosh va 96 ta ma’muriy terretorial okrug), 4 ta dengizorti ma’muriy territorial okrug (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyuon), 4 ta dengizorti hudud (Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya oroli, Uolles va Futuna, Janubiy yerlar va Fransiya Antarktidasi), shuningdek, alohida haq-huquqlarga ega hudud (Mayor,Sen-Per Mikelon).Mamlakatning oliy organi – parlament. U senat va ikki palatali parlamentdan tashkil topgan. Fransiya Yevropa Ittifoqi (YEI), Yevratom, G‘arbiy Yevropa ittifoqi va bir necha siyosiy hamda iqtisodiy tashkilotlar a’zosi. 1949 yildan esa NATOga a’zo bo‘lgan.Fransiya keng taraqqiy etgan industrial – agrar davlat. U ko‘pgina yerosti qazilma boyliklariga ham ega. Ya’ni bu yerdan temir rudasi, toshko‘mir, uran rudasi, boksit va kaliy tuzi ko‘p miqdorda qazib olinadi. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) va sanoat mollari ishlab chiqarish jihatidan u dunyoda to‘rtinchi (AQSH, Yaponiya, Germaniyadan keyingi) o‘rinni egallaydi. Chetga mahsulot eksport qilish (asosan mashina va zamonaviy texnologiyalar) bo‘yicha ham to‘rtinchi, qimmatli zahiralarga egaligi bo‘yicha esa uchinchi (AQSH va Yaponiyadan keyingi) o‘rinni band etgan. Shuningdek, Fransiya Yevropada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va chetga eksport qilish borasida birinchi o‘rinda turadi. Bu mahsulotlar kosmosda, aviasozlikda, aloqa va telekommunikatsiya, energetika, informatika, transport taraqqiyoti va meditsina sohasida muhim rol o‘ynaydi. Mamlakat G‘arbiy Yevropadagi integratsiyalashuv jarayonlarida ham faol ishtirok etadi.Fransiya iqtisodiyoti uchun harakterli jihatlardan biri-yirik monopoliya mahsulotlari ishlab chiqarishdir. Ayni kunda ikkita yirik kompaniya po‘lat eritish va undan mahsulot tayyorlash bo‘yicha 70 foizlik ulushni, elektrli va elektr texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha 50 foizlik ulushni va avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha qariyib 100 foizlik ulushni o‘z qo‘lida ushlab turibdi. Eng monopollashgan ishlab chiqarish harbiy sohadagi sanoat mollaridir. E’tiborlisi, fransuzlarga xos sanoatlashtirishning muhim ko‘rinishi katta-katta ishlab chiqarish ob’ektlarini butunlay hokimlik tarzida egallaganlikdadir. Bunday holatda mamlakatda yuz xil turdagi sanoat ishlab chiqarish turlari 20 ta shunday yirik mulk egalari tasarrufida. Masalan, «Peja-Sitreon» va «Reno» monopolistlarida avtomobil sanoati, «Elf-Akiten» monopolistlarida neft sanoati va «Yunizor-Syansilor» da qora metallurgiya, shuningdek, «Kompaniya jeneral elektrosite» da yadro energetika, «Ron-Pulenka» monopolistlarida esa kimyo sanoati kabilar. Mazkur mamlakat iqtisodiyotining yana bir o‘ziga xosligi gigant, yirik korxonalar hamda kichik o‘rta tadbirkorlik korxonalari kapitallari (mablag‘lari) markazlashgan moliyaviy muassasalarda saqlanmasligidir.So‘nggi yillarda Fransiya iqtisodiyotida barqaror o‘sish ko‘proq fransuz monopolistlarining xorijlik sheriklar bilan hamkorlikda ishlashlarida namoyon bo‘lmoqda. Ya’ni, ular xalqaro harakterga ega bo‘layotir. Masalan, «Roni-Pulenka»ning mavjud tovar aylanmasida 60 foizlik ulush xorij operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Umuman hozirda mamlakat iqtisodiy hayoti xorijga siljish siyosati asosida o‘zaro bog‘langan holda rivojlanmoqda. Natijada katta sarmoya va salohiyatga ega qo‘shma korxonalar tashkil etildi. Masalan, 1989 yilda «Pejo» va «Fiat» qo‘shma korxonasi faoliyat boshlagan bo‘lsa, keyinchalik ikkita yirik kompaniya – «Jeneral elektrik» va «Altom» lar o‘rtasida elektr jihozlari va temiryo‘l vagonlari ishlab chiqarish borasida kelishuv yo‘lga qo‘yildi.
Fransiya iqtisodiyotida moliyaviy operatsiyalar tashkiliy tizim shaklida yuritiladi. Xorij valyutalari barcha mamlakatlardagidan farq qilgan holda nazoratga olingan valyuta ayirboshlash guruhlari va ularning filiallari orqali almashtiriladi.
Bugungi Fransiyaning o‘ziga xos xususiyati-bank operatsiyalarida ro‘y berayotgan pullarni o‘zlashtirish yoki maqsadli faoliyatdan tashqari harajatlarni sodir etishga qarshi qat’iy chora ko‘rilganidir.


Download 102,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish