1-mavzu. Jаhоn iqtisоdiyotidа yangi industriаl dаvlаtlаrning tutgаn o`rni. «Yangi industrial mamlakatlar»


-mavzu. Erkin iqtisоdiy hududlаr vа ulаrni tаshkil etish muаmmоlаri



Download 102,96 Kb.
bet6/22
Sana29.01.2023
Hajmi102,96 Kb.
#904819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

6-mavzu. Erkin iqtisоdiy hududlаr vа ulаrni tаshkil etish muаmmоlаri

Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish turli davlatlarda turli maqsadlarga asoslanadi. O„z navbatida, EIHlarning mavjud bir qancha turlari ularni tashkil etishdagi maqsadlarning ham turli-tuman bo„lishi bilan farqlanishini ifodalaydi. Turli shakldagi EIHlarning tashkil etilishi bir vaqtda va bir xil sharoitda yuz bermaydi. Ularga bo„lgan munosabat, imtiyoz va preferensiyalar, rivojlantirish masalalari doimo huquqiy asoslarda o„z aksini topib kelgan. EIHlarni tashkil etish, ular faoliyatini amalga oshirish, rivojlantirish, tartibga solish va qo„llab-quvvatlash bilan bog„liq huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar iqtisodiyotning boshqa hududlariga nisbatan farqlanishi bilan tubdan ajralib turadi. Masalan, EIHlar mamlakat hududida alohida ma‟muriy hududiga ega va faoliyat ko„rsatish xususiyati bilan maxsus qonunlar asosida huquqiy tartibga solib turilishi talab etiladigan hududlar hisoblansa-da, biroq, ayrim davlatlarda buning o„zgacha tomonlarini ham kuzatish mumkin. Masalan, Xitoyda bugungi kunda 6 ta maxsus iqtisodiy hudud (MIH) (Shantou, Shenchjem, Chjuxay, Syamen, Xaynan, Pudun (Shanxay)) tashkil etilgan va faoliyat ko„rsatayotgan bo„lsa, mazkur hududlar uchun hamda yana 216 ta texnik-iqtisodiy hududlar, 146 ta yuqori texnologiyalar parklari, 13 ta erkin bojxona hududlari, 16 ta chegaradosh hududlar bilan iqtisodiy hamkorlik hududlar, Shanxay va 10 ta eksperimental erkin savdo hududi faoliyat ko„rsatishi uchun maxsus, alohida qonun qabul qilinmaganligi bilan ajralib turadi. Xitoyda EIHlarni tashkil etish 1978-yildan boshlangan bo„lsa-da, biroq, hanuzgacha ular faoliyatini huquqiy tartibga solib turish bo„yicha alohida va maxsus qonunning ishlab chiqilmaganligi bilan, qolaversa, shunday huquqiy sharoitda ham EIHlarning faol rivojlanib borayotganligi e‟tiborga molikdir. Bunga dalil sifatida shuni keltirish mumkinki, yuqorida keltirilgan 1-bobning 1.3-paragrafida qayd etilganidek, Xitoyda EIHlar joylashgan mintaqalarda aholi jon boshiga to„g„ri keladigan investitsiyalar hajmi uning mamlakat bo„yicha o„rtacha ko„rsatkichidan 10 martaga ko„pdir.


Shuning o„zi Xitoyda EIHlar qandalik tez rivojlanib borayotganligidan dalolat beradi. EIHlarni tashkil etishning huquqiy asoslari vujudga kelishi turli davlatlarda turli vaqtlarga asoslanadi. Masalan, AQShda dastlabki EIH tashkil etilishiga 1934-yilda asos solingan. Xitoyda 1978 yilda, Rossiya Federatsiyasida 1995-yilda, Belorusiyada 1998-yilda, O„zbekistonda 1996-yilda (dastlabki tashkil etilishi 2008-yilga to„g„ri keladi) asos 38 solingan. Jumladan, EIHlar faoliyatining huquqiy asosini 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni, AQShda 1934-yilda “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi, Rossiyada 2005-yil 22- iyuldagi “Rossiya Federatsiyasi hududidagi erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi №116-FQ-sonli Qonun, Belorusiyada qabul qilingan 1998-yil 7-dekabrda “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi “213-Z-sonli Qonun tashkil etadi. Shuningdek, AQShda 1934-yilda qabul qilingan “Tashqi savdo hududlari to„g„risida”gi Qonun bilan birga Tashqi savdo zonalari bo„yicha Kengash, AQSh Savdo vazirligi va Bojxona xizmati vazirligi me‟yoriy hujjatlari hamda adminstrativ aktlar ham me‟yoriy asos sifatida xizmat qiladi. Rossiya Federatsiyasining 2005-yil 22-iyuldagi “Rossiya Federatsiyasi hududidagi erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi №116-FQ-sonli Qonuni bilan birga qonunosti huquqiy-me‟yoriy aktlar, 2010-yil 18-iyunda qabul qilingan Bojxona ittifoqining bojxona hududagi EIZlar va erkin bojxona hududlarida bojxona jarayonlari masalalari bo„yicha Bitim va boshqa aktlar huquqiy-me‟yoriy asos sifatida xizmat qiladi. O„zbekiston Respublikasida huquqiy asos sifatida 1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni bilan birga O„zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, tegishli Nizomlar xizmat qilmoqda. Xitoy davlatida EIHlar faoliyatini huquqiy tartibga solishda EIHlar faoliyatiga odi maxsus qonun qabul qilinmagan. Biroq, boshqa qonunlar va meyo„riy hujjatlar yordamida mamlakatdagi EIHlar faoliyati tartibga solib turiladi. Amaldagi qonunchilikka ko„ra, AQSh, Xitoy va Rossiya Federatsiyasida EIHlarni tashkil etish maqsadlari quyidagilardan iborat:
AQSh, Xitoy va Rossiya Federatsiyasida EIHlarni tashkil etish maqsadlari AQSh davlati Xitoy davlati Rossiya Federatsiyasi - belgilangan (alohida – depressiv eski sanoat hududlari yoki alohida korxonalari qatoridagi sanoat tarmoqlari hududlari) hududlarda iqtisodiy faollikni kengaytirish yo`li bilan jahon bozorida milliy sanoat raqobatbardoshligini; - ishsizlik darajasini - turli siyosiy usullar bilan tajriba o„tkazish; - xorij kapital, ilg„or texnologiyalarni jalb etish; - valyuta tushumi miqdorini oshirish; - qo„shimcha ish o„rinlarini yaratish; - mintaqalar o„rtasidagi raqobatni rag„batlantirish. - iqtisodiyotning qayta ishlash, yuqori texnologiyali tarmoqlarini, turizmni, sanatoriya-kurort sohalarini, portli va transport infratuzilmalarini rivojlantirish; - texnologiyalarni ishlab chiqish va ularning natijalarini tijoratlashtirish; - yangi turdagi mahsulotlarni ishalb chiqarish.


Download 102,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish