1-mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o‘rganish yo‘nalishlari. Tayanch atamalar va iboralar


Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950 yy.)



Download 341,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana27.01.2022
Hajmi341,63 Kb.
#413059
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-mavzu

Yozef Aloiz Shumpeter (1883-1950 yy.) 
Yozef Aloiz Shumpeter - kelib chiqishi avstriyalik 
bo‘lgan yirik 
amerikalik iqtisodchi va sotsiolog. 1925 - 1932 yillarda Bonn universitetining 
professori, 1932 yildan umrini oxirigacha Garvard universitetining professori. 
Shumpeter Garvard biznes maktabining asoschilaridan biri b
o‘lib, u yerda 
30-yillarda 
tadbirkorlik tarixini o‘rganish dasturi qabul qilingan edi. Uning 
3
Puritanlik (
ing
.puritan, 
lot
.purus 
– sof, toza) – O‘ta qat’iy fel-atvor, ehtiyojlarni maksimal 
darajada cheklanishi, har qanday dabdabalik va qulayliklarga qarshi bo‘lish, oila va nikoh 
masalalariga 
patriarxal 
munosabatga 
asoslangan 
turmush 
tarzi 
(https://dic.academic.ru/dic.nsf/enc_culture/2170)


asosiy asarlari - 
«Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi» (1911), «Iqtisodiy sikllar: 
kapitalistik jarayonlarni nazariy, tarixiy va statistik tahlil 
qilish» (1939), 
«Kapitalizm, sotsializm, demokratiya» (1942), «Iqtisodiy tahlil tarixi» (1954).
Y.Shumpeter nazariyotchi olim bo‘lib, u o‘zining iqtisodiy sikllar ta’limoti 
tufayli shuhrat qozondi, uning konsepsiyasiga muvofiq 
sikllar iqtisodiy o‘sish 
ob’ektiv qonuniyati sifatida ko‘rilgan. Uning deyarli barcha asarlari faqatgina 
nazariy emas, balki tarixiy va statistik uslublardan foydalanib yozilgan. Misol 
uchun, «Kapitalizm, sotsializm, demokratiya» kitobida u kapitalizm va 
sotsializm dinamikasini katta tarixiy istiqbol
i fonida ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan. 
Xususiy tadbirkorlik kapitalizmini asta-sekin davlat tomonidan tartibga 
solinadigan iqtisodiy tizimga trasformatsiyasi to‘g‘risidagi xulosa ham unga 
tegishlidir. 
Urushdan keyingi davr G’arb tarixografiyasida iqtisodiy tarixning 
ulushini oshib borishi va katta hajmdagi faktik materiallar to‘planishi bilan 
ajralib turardi. Texnika, texnik ixtirolar, texnologiyalar, alohida iqtisodiy 
hodisalar tarixi o‘rganildi. Sanoat, shu jumladan, alohida korxonalar, 
tarmoqlar tarixi, ichki va tashqi savdo, transport, fan va boshqalar tarixi 
tadqiq etildi
. Demografik o‘zgarishlar, ish kuchi bozorlarini shakllanishi, 
mehnat unumdoligi o‘sishi, xalqaro valyuta va tovar almashinuvi, aholining 
moddiy sharoitlariga bag‘ishlangan ishlar ko‘plab chop etildi. 
Rus tarixografiyasida xorijiy mamlakatlarning, birinchi navbatda 
Angliya va Fransiyaning, agrar muammolariga katta e’tibor qaratilar edi 
(D.G.Vinogradov, 
M.M.Kovalevskiy, 
P.V.Luchitskiy, 
N.I.Kareev, 
D.M.Petrushevskiy, A.N.Savin va b.). I.M.Kulishevning ishlari qadimgi 
Gretsiya va G‘arbiy Yevropaning iqtisodiy tarixiga bag‘ishlangan edi. 
Sovet ittifoqi tarixchilari asarlarida antik davr (V.I.Kuzishin, 
I.M.Shtraerman), o‘rta asrlar (A.D.Udalsov, S.D.Skazkin, E.A.Kosminskiy, 
M.A.Brag), Angliyaning yangi tarixi (V.F.Semenov, S.I.Arxangelskiy), Italiya 
(V. I. Rutenburg), Fransiya (A.D.Ayublinskaya), Germaniya (M.M.Smirin), 
Niderlandiya (A.N.Chistozvanov) tarixi tahlil etilgan. Shuningdek, qator o‘quv 
manbalarini qayd etib o‘tish lozim, misol uchun V.T.Chuntulova, 
V.G.Saricheva tahriri ostida yozilgan «Kapitalistik mamlakatlar iqtisodiy 
tarixi» va F.Ya.Polyanskiy, V.A.Jamina tahriri ostida yozilgan «Kapitalistik 
mamlakatlar iqtisodiy tarixi». Shu bilan birga 80-yillar oxiri va 90-yillar 
boshlarida iqtisodiy tarixiy fanlar jahon ilm-fanining rivojlanishdan ajralganlik, 
tadqiqotlar xulosalari mafkuraviy yo‘naltirilganligi, muholifatni yo‘qligi, 
manbalardan uzilish, tadqiqot usullari borasida jiddiy orqada qolishi xarakterli 
edi.
Shu bilan birga AQShda iqtisodiy tarix fanining rivojlanishi biroz 
boshqacha edi.
«Yangi iqtisodiy tarix» uchun EHM yordamida statistik usullar bilan 
tadqiqotlar o‘tkazish xosdir. Bu maktabning namoyondalari – amerikalik 
olimlar A.Konrad, Dj.Meyer, R.Fogel va S.Engermanlar edi. Ular asosan 
quyidagi ikki muammoga e’tibor qaratishar edi: AQSh Janubida quldorlik 
iqtisodiyoti va XIX asr oxirida mamlakat iqtisodiyotining rivojida temir yo‘l 


qurilishining ahamiyati. Iqtisodiyot rivojlanishining muholif jihatlarining real 
voqelikdan farqi tadqiqotlarining asosida yotar edi. 
Misol uchun, tadqiqotlarda quyidagi holatlar mavjud bo‘lishi mumkin 
deb taxmin qilinardi: 1861-
1865 yillarda AQShda fuqarolar urushi bo‘lmagan, 
quldorlik bekor qilinmagan, yoki temir yo’llar u paytda hali bo‘lmagan. 
Shunday tamoyillar asosida yaratilgan model real voqelik bilan solishtirilardi 
va taqqoslash natijasida XIX asr ikkinchi yarmida quldorlik yoki keng 
miqyosda temir yo‘l qurilishi samaradorligi darajasi to‘g‘risida xulosalar 
qilinardi. Natijalar paradoksal edi, ular tanqidga uchradi, lekin hozirga kelib 
quldorlik iqtisodiyotining samaradorligi u haqida o‘ylangandan ancha past 
ekanligi, temir yo‘l qurilishi esa iqtisodiyotda muhim rol o‘ynashida hech 
kimda shubha qolmadi. 
Shunday modellarning asosiy kamchiligi faraz qilinayotgan vaziyatni 
oldindan ko‘ra bila olmasligidadir, umuman olganda real iqtisodiyotni to‘liq 
aks ettirib turuvchi modelni yaratish imkoni yo‘qdir. XX asrning 70-yillarda 
«yangi iqtisodiy tarix» iqtisodiy rivojlanishning uzoq muddatli tendensiyalarni 
tahlil qilish ishlari bilan qo‘shilib ketdi. 
Iqtisodiy dinamikaning tahlil yo‘nalishi XIX asrning oxiri XX asr 
boshlarida vujudga keldi. Ushbu yo‘nalishni shakllanishi va rivojlanishiga rus 
va sovet olimlari (M.I.Tugan-Baranovskiy, N.D.Kondratev, E.S. Varga, 
I.A.Traxenberg va b.), ingliz (S.Djevons), fransuz (A.Aftalon) va boshqa 
olimlar katta hissa qo‘shganlar. 1917 yilda AQShda Iqtisodiy tadqiqotlar Milliy 
byurosi tashkil etilib, u iqtisodiy sikllar va iqtisodiyotning uzoq muddatli 
rivojlanishini t
ahlil qilish bo‘yicha ishlarni olib bordi. Ushbu ilmiy maktab XX 
asrning 60-
70 yillarga kelib o‘sha davrdagi iqtisodiy rivojlanishni miqdoriy 
tahlil qilish bo‘yicha juda boy materialni o‘zlashtirdi. Natijada, iqtisodiy 
rivojlanish sohasidagi tadqiqotlar bi
rinchi o‘ringa chiqdi, garchi boshqa 
mavzular ustida (ish haqining uzoq muddatli dinamikasi tendensiyalari, jahon 
xo‘jaligi aloqalarini rivojlanishining tarixiy tendensiyalari) ham faol izlanishlar 
olib borilgan bo‘lsa ham. 
Yangi iqtisodiy tarixning sintezi va uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish 
tendensiyalarini tahlili sifatida XX asrning 70-yillarida iqtisodiy tarixda yangi 
yo‘nalish vujudga keldi. Amalga oshirilayotgan tadqiqotlar miqyosi keng 
bo‘lib, u tadqiqot davrini, iqtisodiyot sektorini va iqtisodiy jarayonlar tiplarini 
tanlanishi bilan bog‘liq edi. Iqtisodiy o‘sish muammosi va unga ta’sir etuvchi 
turli omillar tahlili ustuvor ahamiyatga ega edi. Masalan, ilmiy-texnika 
taraqqiyoti, texnologiyani yangilash, moliya tizimi evolyutsiyasi, xalqaro 
moliya bozorlari taraqqiyoti, turli tarixiy davrlarda davlatning iqtisodiyotdagi 
rolini baholash, mehnat munosabatlari evolyutsiyasi, ish kuchi bozori tahlili 
va boshqa shu kabi mavzular bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan edi. Eng 
ko‘zga tashlanadigan ishlardan ba’zilari: U.Rostouning «Jahon iqtisodiyoti», 
unda XVIII asrdan boshlab jahon iqtisodiyoti rivojlanishini umumlashtirishga 
harakat qilinadi, shuningdek F.Brodelning «Moddiy sivilizatsiya, iqtisodiyot, 
kapitalizm. XV-
XVIII asrlar» asarida kapitalistik iqtisodiyotning genezisi 
tadqiq etilgan edi. 


Shunday qilib, tarixiy-
iqtisodiy tadqiqotlar zamonaviy g‘arb fanining 
muhim qismi hisoblanadi, kapitalizm davriga nisbatan olinganda tadqiqotlar 
iqtisodiyot fani tomon siljigan, shunga qaramasdan, tarixiy tadqiqotlar 
g‘arb 
tarixchilari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 341,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish