Iste’molchini xatti-harakatini o‘rganishda qo‘llaniladigan usul va uslublar
Umumilliy usullar
|
Analitik bashoratlash usullari
|
Motivlarni tadqiq etishdagi usullar
|
Dastlabki ma’lumotlarni yig‘ishda qo‘llaniladigan usullar.
|
Tizimli tahlil;
Kompleks yondoshuv;
Dasturiy maqsadli rejalashtirish.
|
-CHiziqli dasturlash
-Ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi
-Aloqa nazariyasi
-Ehtimollar nazariyasi
-Iqtisodiy-matematik usullar.
Ekspertlar bahosi
|
Teran so‘rov.
Proeksiyaviy shakl.
|
Tanlab-kuzatish
Tajriba-eksperimental
Tanlab –tekshirish
Anketa so‘rovi.
|
Bu usullardan tashqari motivlarni tadqiq etish bevosita savol bermasdan turib, shu tipdagi bizni qiziqtirgan savollarga ma’lumot olishdek o‘ziga xos san’at hisoblanadi. SHu maqsadlar uchun bilvosita yo‘llar bilan axborot olishda nozik usullar majmuasidan foydalaniladi. Teran so‘rov, proeksion shakllar xuddi shunday usullarga kiradi.
Proeksion shakllar usulining maqsadi shaxsning ma’naviy olamiga kirib borish, tadqiq etiluvchi shaxslarning munosabatlari, harakatlari motivlari o‘rganishdir. Bu shaxslarning boshqa insonlar va boshqa holatlar haqidagi muloxazalari yoki yozma fikrlari asosida ularning ma’naviy olamiga kirib boriladi. Shaxs proeksiyasi boshqa kishilarni, atrofdagi insonlarni, voqealarni baholashda so‘rovga javob beruvchilar (respondentlar) o‘zlarining ayrim xislat-xususiyatlarini, kayfiyatlariga ham nisbat berdilar, degan qarashga asoslanadi. Masalan, gapni to‘ldirish testi, so‘zlar majmuasi testi, fikrlar kompleksi va xokazolar.
Savollarga javoblar xar-xil bo‘lishi mumkin, ular xar-xil respodentlar xulqi namunalarini aks ettiradi, bu esa tadbiq qiluvchilarni alohida guruhlar bo‘yicha tasniflash va ulardan har birining qiymatini aniqlashga imkon beradi.
Marketing tadqiqotlarini olib borishdagi dastlabki ma’lumotlarni yig‘ishdan keng miqyosda qo‘llaniladigan usullar jumlasiga quyidagilar kiradi: Tanlab-kuzatish, tajriba -eksperimental, tanlab tekshirish, anketa so‘rov.
Marketing tadqiqotlarini olib borishdagi iste’molchi xatti-harakatlarini o‘rganish uchun ushbu usullardan tanho yoki ularni lashtirgan holda foydalanish mumkin. Eng oddiy usul - kuzatishdir, ba’zida tadqiqotchi o‘rganilaetgan omil bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni bevosita kuzatib boradi.
Tajriba-eksperimental tadqiqotlar jami o‘zgaruvchanliklarni tashkil etuvchi bir xil qiymatli, bir xil guruhlarni, hozir o‘rganilayotgan bir guruhni mustasno etganda qiyoslash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Eksperimentni o‘tkazishda kuzatish usulida umuman uchramaydigan nazoratni amalga oshirish mumkin, bu esa tanlab kuzatishga qaraganda arzonga tushadi. Ammo, eksperimental usul o‘ziga xos kamchilikka ega, bir o‘zgaruvchan kattalikni o‘lchash g‘oyat qimmatga tushishi mumkin, o‘zgaruvchan miqdorlar bevosita tarzda eksperiment yakunlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin , bu ham o‘z navbatida sinov o‘tkazishni talab etadi. Tanlab kuzatish hamda so‘rov eng mashxur va birlamchi ma’lumotlar olishda foydalaniladigan usul hisoblanadi. Firmalar kishilarning bilimi, e’tiqodi, didi, tassavurlari, ehtiyojining qondirilishi darajasi va boshqalar haqida axborot olish so‘rovi o‘tkazadi.
Tanlab kuzatishda keng omma munosabatini belgilaydigan, iste’molchilar guruhlarini («iste’molchi paneli») o‘rganish natijasida olinadigan axborotdan keng foydalaniladi. Iste’molchilar «paneli» deganda, odatda ko‘p marta tadqiqotchilar uchun maxsus tanlab olingan, sinaladigan kishilar majmui tushuniladi. Bunday tadqiqotlar muntazam davriylikda odatda, bir parametrli diapazonda o‘tkaziladi. Iste’molchilar «paneli»ni o‘rganishdan asosiy maqsad xaridorlar qilgan xaridlar to‘g‘risida axborot olishdir. SHu asosda, miqdori va tarkibi aniqlash, yangi mahsulotlarni sinash, turli davr nashrlarning radio va televizion eshittirish va ko‘rsatuvlarning ommaviyligi, reklama vositalarini qo‘llashning samaradorligi va boshqalarni aniqlash mumkin bo‘ladi.
Iste’molchilar «paneli»ning bozorni tadqiq etishdagi eng muhim ijobiy tomonlaridan biri shundaki, u qanday tovarlar xarid qilinayotganligi yozma, og‘zaki yoki texnika vositalari bilan qayd qilish bilan chegaralanmaydi, balki ayni paytda xarid bilan bog‘liq holda iste’molchining uy xo‘jaligi odatlari haqida ham axborot beradi. Bu esa iste’molni ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi nuqtai nazaridan, shuningdek xaridorlarning niyat va istaklarini chuqurroq bilishga imkoniyat tug‘diradi.
Iste’molchilar «paneli»ni vositasida tanlab tadqiq etish kuzatishlarning muayyan davriy tarzda uzluksizligi, muntazamligi, takroriyligi bilan ajralib turadi. Buning izoxi esa juda oson, chunki iste’molchilar munosabati doimo o‘zgarishlarga uchrab turadi, shu sababli uni bir marta o‘rganish kifoya qilmaydi, bunday tadqiqotlarni ishtirokchilar guruhini o‘zgartirmagan holda bir necha marta davriy takrorlash zarur, shundagina iste’molchilar munosabatlaridagi o‘zgarishlarni ob’ektiv qiyoslash mumkin bo‘ladi.
Iste’molchilar xatti-harakati, xulq-atvori va o‘zini tuta bilishi haqidagi olib borilgan tadqiqotlarni tahlil qilish shu xulosaga olib keladi, iqtisodiyot uchun umumiy holda ushbu muammo natijalari qancha muhim rol o‘ynasada, shu bilan birgalikda zamonaviy statistik baza miqyosida uni amalga oshirishda etarlicha tayyorgarlikka ega bo‘lmaslikni ochiqchasiga tan olmoq zarur bo‘ladi. Tegishli bu sohada marketing tadqiqotlari olib borish uchun samarali uslubiy qo‘llanma mavjud emas. SHu bilan birgalikda jamiyatning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish sharti majburiy ravishda talab bilan taklif o‘rtasidagi bozor muvozanatini ta’minlash uchun iste’molchi xatti-harakatini o‘rganishda marketing tadqiqotlari olib borish yo‘llari va imkoniyatlarini izlab topishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |