Iste’molchilar xatti-harakati marketing sohasi sifatida alohida iste’molchilar, guruhlar va tashkilotlar tomonidan o‘z ehtiyojlari va istaklarini qondirish uchun mahsulot, xizmat, g‘oya yoki ularni sotib olish va tasarruf etish tajribalarini tanlash jarayonini o‘rganadi (F. Kotler).
Iste’molchi xulq-atvori - iste’mol harakatlarini, xususan, tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni, iste’mol tuzilmasini, daromaddan foydalanish yo‘llarini, ularning narxlar, moda va hokazolarning o‘zgarishiga munosabatini ifodalovchi belgilar, xususiyatlar va ko‘rsatkichlar majmui (Ekonomіchna ensiklopedіya / S. V. Mochernыy tomonidan tahrir).
"Iste’molchi xulq-atvori" - bu amaliy ilmiy fandir. "Iste’molchi xulq-atvori" kursi bir qator fundamental ilmiy fanlar: marketing, menejment, sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy psixologiya, umumiy iqtisodiy nazariya, antropologiya, ijtimoiy tarix va madaniy tarix fanlariga asoslanadi.
Mohiyatan marketing - bu bozorda ishlayotgan kompaniya nuqtai nazaridan qarashdir. Iste’molchilarning xatti-harakati muammosi asosiy hisoblanadi: marketingning butun kursi - firmaning iste’molchilar xatti-harakatlariga javob berish texnologiyalarini ishlab chiqish sanaladi.
"Iste’molchi xulq-atvori" kursining ob’ekti va predmeti ikki nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi: individualistik va sotsiologik.
Individualistik an’anaga ko‘ra "iste’molchi xulq-atvori" ob’ekti insondir.
Shu ma’noda bu fanning ob’ekti tibbiyot, psixologiya, qisman-sotsiologiya, siyosatshunoslik, iqtisodiy nazariya va boshqalar bilan bir xildir.
Sotsiologik an’anaga ko‘ra esa fanning o‘rganish ob’ekti - bu iste’mol jarayonidir.
Individualistik an’anaga ko‘ra kursning predmeti – bu yakuniy mahsulotlarning iste’molchisi sifatida insonning bozor xulq-atvoridir.
Sotsiologik an’anaga ko‘ra kursning predmeti - bu turli ijtimoiy jamoalarning iste’mol jarayonidagi xatti-harakatidir.
"Iste’molchilarning xulq-atvori" kursining maqsadi -iste’molchilarning xulq-atvor mexanizmlarini o‘rganishda marketing vazifalarini kengaytirish va bu mexanizmlardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganishdan iborat.
"Iste’molchi xulq-atvori" kursining asosiy vazifalari quyidagilar sanaladi:
1. Qaror qabul qilish jarayonini alohida iste’molchilar tomonidan tadqiq etish.
2. Individual iste’molchining xarid jarayoniga ichki va tashqi ta’sir omillarini o‘rganish.
3. Korxona-sotuvchilarni marketing rag‘batlantirishning iste’molchilar xulq-atvoriga ta’siri samaradorligini aniqlash.
4. Tashkiliy iste’molchi xulq-atvori xususiyatlarini tadqiq etish.
5. Iste’molchi xulq-atvorini tadqiq qilish usullarini o‘zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |