2. Korxonaning axborotlar asosida boshqarilishi. Marketing axborot tizimidai chki va tashqia axborotlar.
Marketing axborotlari ishonchli, to’la, uzluksiz, tasdiqlangan va o’zvaqtida yig’ilgan bo’lishi shart.
Marketing axborot tizimida, eng avvalo ikkilamchi ma’lumotlarni yig’ish va baholashdan boshlanadi.
Ular ichki va tashqi axborotlarga bo’linadi:
Ichki axborotlar:
- firma rejalari va uning bajarilishi;
- sotish to’g’risidagi ma’lumotlar;
- foyda va zararlar;
- xaridorlar bilan hisob- kitoblar;
- tovar zahiralari;
- oldingi taftish natijalari;
- iste’molchi arizalari va noroziliklari;
- natijalarni solishtirish uchun standart va boshqalar.
Tashqi axborotlar:
- davlat va nodavlat tashkilotlari axborotlari;
- nashr qilinayotgan gazeta jurnal va hokazolar;
kitobstatistikma’lumotlar.
Boshqaruv faoliyatida axborotlar bilan ishlash.
Birlamchi axborotlarni to’plash uchun alohida tadqiqotlar olib borish talab qilinadi. Buning uchun nimani yoki kimni o’rganish talab qilinadi. Ko’pincha tadqiqot obyekti qilib iste’molchilar olinadi:
hozirgi,
oldingi,
bo’lajak,
oz yoki ko’p tovar asosida firma xodimlari,
ulgurji va chakana savdo xizmatlariqaraladi.
Qanday qilib axborotni to’plash kerak? Uning xili va hajmi aniqlanadi. Malumotlarni kim to’playdi? Korxona o’z kuchi bilan yoki maxsus tadqiqotchi guruhlar yoki muassasalar orqaliaxborotlar yig’iladi.
Axborot yig’ishning qaysi usulidan foydalaniladi? Amaliyot ma’lumotlarni yig’ishni 4 xil usuli ishlatiladi: So’rov, uzatish, eksperiment va o’xshatish. So’rov jarayonida shaxsiy uchrashuv, telefon yoki aloqa xizmati iste’molchilar talabi o’rganiladi. Javoblarni to’g’riroq olish uchun anketa tuziladi.
Axborot xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo’lish manosini bildiradi. Axborot boshqaruv tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol tasir etish uchun zarur malumotlar yig’indi-sidan iboratdir. Etarli va aniq axborotga ega bo’lmay boshqarish mumkin emas.
İshlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasida aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo’jalik faoliyati to’g’risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, boshqarishni yanada takomillashtirish maqsadida ko’rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi. Axborot boshqaruv tizimida alohida bo’g’in hisob-lanadi. Unga qator o’ziga xos xususiyatlar mansub. Bular axborot boshqaruvining barcha bo’g’inlari va vazifalarini qamrab olishga bog’liqdir.
Axborot, bu – boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqta-si, ham natijasi, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudlik shar-ti, mustahkamlash usuli. Axborot hajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko’rsatkichlarga bo’lgan talabi ham ortib boradi.
Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to’plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko’rinishida axborot berish va uni ijrochilarga etkazishdan iborat.
Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, tezkor, iqtisodiy hisob, moliya, taminot, kadrlar bo’yicha, texnologik, konstruktorlik, marketing, ijtimoiy va boshqalar. İshlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o’rin egallaydi, chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istemol qilish jarayonidagi munosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-texnikaviy axborot ahamiyatini ham takidlab o’tish lozim.
Kelib chiqish manbaasiga bog’liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga bo’linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo’ladi. Bular jumlasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqida axborotlar kiradi. İchki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo’g’inida shakllanib, istemol qilinadi. Korxona miqyosida ular jumlasiga tsexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy taminot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqida axborotlar kiritilishi mum--kin.
Yo’nalishi bo’yicha axborot boshlang’ich va boshqaruvchi (rahbarlik) axboroti turlariga bo’linadi. Rahbarlik axboroti boshlang’ich axborotni qayta ishlash asosida qaror qabul qilish natijasidir. Boshlang’ich axborot doimo boshqaruv tizimi-ning quyi darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari yo’nalishda harakatlanadi.
Axborot vaqt o’tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik darajasi bo’yicha uni barqaror shartli-barqaror, o’zgaruvchan turlarga bo’lish mumkin. Barqaror axborot uzoq muddat davomida o’z ahamiyatini o’zgartirmaydi (korxona, uning bo’linmalari nomi, mahsulot turi).
Do'stlaringiz bilan baham: |