1-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborotlarning roli, xususiyati va xarakterli turlari reja


Axborotlarni boshqarish to’g’risida tushuncha. Birlamchi va ikkilamchi axborotlar



Download 1,79 Mb.
bet15/73
Sana27.02.2022
Hajmi1,79 Mb.
#473581
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Bog'liq
1-mavzu lotin

Axborotlarni boshqarish to’g’risida tushuncha. Birlamchi va ikkilamchi axborotlar.

Umuman axborot tushunchasi mahsulotlar yig’indisi bo’lib to’plash, saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish obyekti sifatida xizmat qiladi. Iqtisodiy axborotlar asosini esa istemolchilar talabi to’g’risida ma’lumotlar tashkil etadi. Ular xaridorlar talabi hajmi, rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini, talabning o’zgarishisabablari, hamma tovar assortimentlari hamda region bo’yicha shakllanish xususiyatlarini tasvirlaydi.
Iqtisodiy axborotlar birlamchi va ikkilamchi bo’ladi.
Birlamchi axborotlar aniq masalani yechish maqsadida yangidan to’planadi. Ikkilamchi axborotlar esa mazkur muammoni yechishga to’g’ridan -to’g’ri bog’liq bo’lmagan va oldindan yigilgan axborotlardir.
Ammo marketing axborot tizimida biror aniq bozorga kirish muammosi belgilanmaguncha ikkilamchi axborotlar o’rganilmaydi. Shu bilan birga ikkilamchi axborotlar to’la o’rganilmaguncha birlamchi axborotlar o’rganilmaydi. Undan tashqari birlamchi axborotlarni yig’ish ikkilamchi ma’lumotlar yetishmay qolganligi uchun zarur bo’ladi. Nima uchun axborotlarni to’plash kerak? Chunki korxona faqat axborot to’plash orqali bozorda quyidagilarga erishadi:
- Aniq ustivorlikka erishadi;
- Moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaydi va mavqyeyi tushib ketishini oldini oladi;
- Iste’molchilar munosabatini belgilaydi
- Strategiyani boshqaradi;
- Faoliyatni baholaydi;
- Reklamaga ishonchni oshiradi;
- Qarorlarni asoslaydi;
- Kelajakka ishonch hosil qiladi;
- Samaradorlikni yaxshilaydi.
Marketing tadqiqotlarini muvaffaqiyatli olib borish uchun birlamchi va ikkilamchi marketing axborotlarining optimal mosligi talab qilinadi. Marketolog tadqiqotchi X.Meffert axborot manbalarini tanlash matritsasini taklif etdi. Bu matritsada ichki va tashqi axborotlarni tadqiqot obyektiga qarab qo‘llanish chastotasi berilgan va ular ikki turga bo‘linadi:
- birlamchi axborotlar; - ikkilamchi axborotlar.
Iqtisodiy amaliyotda qo‘llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar bo‘yicha tasniflanishi mumkin:
Ikkilamchi axborot – bu tadqiq etilayotgan muammo bilan bog‘liq bo‘lmagan, avval boshqa maqsadlarda to‘plangan ma’lumotlar.Uni kabinet tadqiqotlari, deb nomlangan ichki va tashqi manbalardan olinadi. Ikkilamchi axborotlar ichki manbalar, ya’ni mavjud axborotlar bo‘lib, ular firma faoliyatiga tegishli statistik ma’lumotlar, tovar aylanmasi, sotuv hajmi, import, eksport hajmi, reklamaga xarajatlar, ishlab chiqarish hajmi, moddiy-texnika bazasi quvvati, asosiy fondlar, budjet hisobotlari, tashkilotning savdo xodimlari yuborgan ma’lumotlar, iste’molchilar reklamalari sharxi, ishlab chiqarish rejalari va boshqalardan iborat bo‘ladi. Bu axborotlar ichki ikkilamchi axborotlarga kiradi.
Tashqi ikkilamchi axborotlar esa quyidagi tashqi manbalardan olinadi:
– xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, rasmiy statistika, maxsus adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari, ilmiy tadqiqotlar, davriy matbuot, milliy va xalqaro rasmiy nashr manbalari (jurnallar, statistik to‘plamlar, bulletenlar, Davlat organlari nashrlari, vazirliklar yillik hisobotlari, hokimiyat va boshqa ma’muriy organlarning rasmiy ma’lumotlari, savdo-sanoat palatasi nashrlari va statistik ma’lumotlari, yillik statistik to‘plamlar, tarmoq firmalari va qo‘shma korxonalar axborotlari, maxsus kitoblar, jurnal va gazeta ma’lumotlari, ilmiy-tadqiqot inistitutlari, loyiha institutlari xalqaro simpoziumlar materiallari asosidagi nashrlar, narxlar ro‘yxati (price list), kataloglar va bukletlar, internet resurslarining mazmuni tahlilidan olingan va h.k. ma’lumotlar hisoblanadi.
Tashqi axborotlarni rasmiy chop etilgan, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan va sindikativ ma’lumotlar, deb ataluvchi keng omma foydalana olmaydigan va ayrim tashkilotlar tomonidan chop etiladigan turlarga bo‘lish mumkin. Bunday axborot pulga sotib olinadi. Masalan, axborot-maslahat tashkiloti har oyda ma’lum bir tarmoq mahsuloti uchun bozor holatini baholab beradi. Bu axborotlarning qanchalik muhim ekanligini to‘g‘ri tanlash, turli maqsadga yo‘naltirilgan axborotlar aniq bir masalani hal etishga xizmat qilsa va undan kutilgan maqsadga erishilsa tegishli axborotni olish lozim. Ikkilamchi axborot afzalliklariga materiallarga tez va oson erishish, ularning nisbatan arzonligi, bir necha axborot manbalaridan birini tanlash imkoniyatini kiritish mumkin. Ammo ikkilamchi axborotlar kamchiliklarini ham aytib o‘tish lozim: ular eskirib qolgan, yetarli darajada ishonchli va to‘liq bo‘lmasligi mumkin.
Ikkilamchi tadqiqotlarning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • birlamchi axborotlarni dala tadqiqotlari o‘tkazib yig‘ishga qaraganda kabinet tadqiqotlari uchun sarf- xarajatlar ko‘p marta kam;

  • ikkilamchi tadqiqotlar ko‘pincha firmaning ichki holatini tadqiq qilish uchun zarur bo‘lib, bu holda birlamchi axborotlarga ehtiyoj bo‘lmaydi;

  • birlamchi tadqiqotda yechilmagan masalalar va bevosita firma faoliyatiga tegishli xulosalar kabinet tadqiqotlari bilan amalga oshiriladi.

Agar ikkilamchi axborotning tahlili uning yetarli emasligidan guvohlik bersa, birlamchi axborotlarni yig‘ish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Tajriba ko‘pchilik marketing tadqiqotlari birlamchi ma’lumotlarni izlash bilan olib borilishini ko‘rsatadi.
Birlamchi axborot – bu aniq bir marketing muammosini hal qilish uchun maxsus olingan ma’lumotlar hisoblanadi.
Birlamchi axborotlarning keng tarqalgan usullari bu savolnomalar tarqatib iste’molchilarning tovar va xizmat turlari haqidagi fikrini bilish, kuzatuv ma’lumotlari, tajriba va laboratoriya kuzatuvlaridir.
Savolnomalar orqali so‘roq va intervyu olishjuda keng tarqalgan. Bu usullar bilan birlamchi axborotlarni to‘plash qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday axborotlarni yirik firma, korporatsiyalar, kompaniyalar o‘z faoliyatlarining strategik rejalarini tuzish maqsadida o‘tkazadilar. Shuni ta’kidlash joizki, marketing tadqi-qotlari juda ko‘p vaqt va sarfxarajat talab etuvchi jarayon bo‘lib, hozirda firmalar raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash, bozor ulushini egallash, tashqi bozorlarni o‘rganish orqali eksport faoliyatini rivojlantirish uchun tadqiqotlar o‘tkazishga qiziqadilar. Samarali o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi albatta, o‘z foydasini beradi va tez orada xarajatlar qoplanadi.
Birlamchi axborot ochiq dala marketing tadqiqotlari, deb nomlangan kuzatuv, tekshiruv, tajriba va imitatsiya yo‘li bilan olinadi.

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish