Inqirozga olib keluvchi ichki sabablarga quyidagilarni kiritish mumkin: Birinchidan, kadrlar malakasini pastligi. Bu omil korxonani kadrlari bilan bog‘liq muammolarni vujudga keltiradi. Xozirgi kunda juda ko‘plab Farg‘ona viloyatidagi yengil sanoat korxonalarida marketing tadqiqotlari, amaliyotga asoslangan biznes-rejalar tuzish, boshqaruv faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish jarayonini rekonstruksiya qilish yoki bozor talablariga mos qayta qurollantirish va shu kabi ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishda mavjud korxonalardagi kadrlar malakasini va kvalifikatsiyasini pastligi to‘sqinlik qilmoqda. Natijada, investitsiya yangi kiritilgan korxonalar ham ichki boshqaruvda malakaning yetishmasligi oqibatida inqirzga yuz tutmoqda; Ikkinchidan, mehnat intizomining yomonligi. Korxona ishlab chiqarish jarayonida eng katta va ahamiyatli ulushni asosiy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi mehnat jamoasi egallaydi. Bu jamoa – asosiy vosita va hom-ashyoni o‘zaro harakatga keltirib mahsulot ishlab chiqaradi. Shu sababli ham korxonalarda mehnat jamoasidagi tartib buzarliklar va ishga layoqatizlik bilan yondoshish, guruhbozlik, ishga vaqtida kelmaslik va erta ketish kabi illatlar jamoadagi ijobiy ruhiy muhitni buzadi va natijada ishchilar o‘rtasida ishga bo‘lgan qiziqish yomonlashadi. Bu kabi omillar korxonadagi mehnat intizomini buzilishiga yaqqol misol bo‘la oladi. Bu hol faqatgina mahsulot ishlab chiqaruvchi ishchilar o‘rtasidagina emas, balki, ma’muriyat hodimlari o‘rtasida ham sodir bo‘ladi va vaqtida oldini olmaslik keyinchalik korxonani talon-taroj bo‘lib ketishiga ham sabab bo‘ladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda yengil sanoat korxonalaridama’muriyat hodimlari o‘rtasida mehnat intizomi ko‘proq guruhbozlik natijasida buzilsa, ishchilar o‘rtasidagi intizom ularni orasida yosh ishchilarni ko‘p bo‘lishi sababidan buzilmoqda; Uchinchidan, mahsulot sifatining yomonligi. Korxona bozorda va raqobatchilar ichida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotni haridorgirligi va sifatiga bog‘liq. Agarda mahsulot sifati yomon bo‘lsa, korxona mahsulotiga bo‘lgan talab pasayadi, natijada aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi susayib bu keyinchalik korxonaga naqd pul mablag‘larnini yetishmasaligiga sabab bo‘ladi. So‘ng korxonada tayyor mahsulotni ushlab turish bilan bog‘liq harajatlar ko‘payadi, majburiyatlar summasi ortib boradi va korxonani to‘lov qobilligi pasayib bankrotlik alomatlari vujudga keladi. Bu holat ham xozirda Farg‘ona viloyatidagi yengil sanoat korxonalarida, ayniqsa poyafzal ishlab chiqaruvchi korxonalarda ko‘zga tashlanmoqda. Texnika-texnologiyaning eskiligi, mahsulot sifatining yomonlashishiga sabab bo‘lmoqda va korxonalarimizni raqobatda chet davlatlarining mahsulotlarga bozorni boy berib qo‘yishlariga olib kelmoqda;