Iste’molchi daromadining 1% ga oʻzgarishi talabning necha foizga oʻzgarishini ifodalovchi koʻrsatkich talabning daromad boʻyicha egiluvchanligi koʻrsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi: , Bu yerda:
– talab miqdorining foizli oʻzgarishi;
– daromadning foizli oʻzgarishi.
Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar oʻzgarmay qolgan sharoitda, narxning 1%ga oʻzgarishi taklifning necha foizga oʻzgarishini ifodalovchi koʻrsatkich taklifning narx boʻyicha egiluvchanligi koʻrsatkichi deyiladi. Bu koʻrsatkich koʻpincha oddiy qilib
taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi. Taklifning narx boʻyicha egiluvchanligi (E
tf
) darajasi quyidagi
formula boʻyicha hisoblanadi:
Q R E Тf
– taklif miqdorining foizli oʻzgarishi;
– narxlarning foizli oʻzgarishi. Taklif egiluvchanligiga ta’sir koʻrsatuvchi muhim omil, mahsulotga
narxning mavjud
oʻzgarishini hisobga olish uchun zarur boʻlgan vaqt oraligʻi hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi narxning
mavjud oʻzgarishiga moslashish uchun qanchalik uzoqroq vaqtga ega boʻlsa, ishlab chiqarish hajmi
Shunchalik katta oʻzgaradi va Shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori boʻladi. Biz
yuqorida vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning oʻzgarishiga
ta’sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta’sir taklifning egiluvchanligida ham oʻz ahamiyatini saqlab qoladi.
4. Iste’molchi hatti-harakati nazariyasi. Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid koʻplab darslik va oʻquv
qoʻllanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon boʻlishini iste’molchining hatti-harakati orqali
tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan gʻarb adabiyotlarida mavjud boʻlib kelgan turli
nazariyalardan foydalanib, iste’molchi hatti-harakati nazariyasi alohida yoʻnalish sifatida bayon
etilmoqda.
1[27]
Talabalarni mazkur nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy
tushunchalarini koʻrib chiqamiz.
Iste’molchining bozordagi hatti-harakati soʻnggi qoʻshilgan naflilik nazariyasi hamda
iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Soʻnggi qoʻshilgan naflilik nazariyasining mazmuni bilan
4-mavzuda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya yordamida
iste’molchining manfaati nuqtai-nazaridan uning afzal koʻrishi qoidalari bayon etiladi. Agar naflilikka
iste’molchi oʻlchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni
iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi.