1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari

iste’molchi budjetining cheklanganligi

Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   152
iste’molchi budjetining cheklanganligi 
muhim ahamiyat kasb 
etadi. Budjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning 
muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati 
orqali ifodalanadi. Iste’molchi budjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning 
turli kombinatsiyalarini koʻrsatuvchi 
budjet chizigʻi
shaklida ham aks ettirish mumkin. 
Iste’molchi budjeti chizigʻining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining 
oʻzgarishi ta’sir koʻrsatishi mumkin. 
Asosiy tayanch tushunchalar
Talab – iste’molchi ma’lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olishga qodir 
boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir. 
Talab egri chizigʻi – grafikda narx va talabning hajmi oʻrtasidagi teskari bogʻliqlikni 
koʻrsatadi. 
Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori oʻrtasidagi teskari yoki 
qarama –qarshi bogʻliqlikni ifodalaydi. 
Taklif – ishlab chiqaruvchi ma’lum vaqtda ishlab chiqarishga qodir boʻlgan, narxning har 
bir darajasida bozorga sotishga chiqaradigan tovarlar miqdoridir. 
Taklif egri chizigʻi – narx va taklifning hajmi oʻrtasidagi toʻgʻridan –toʻgʻri 
bogʻliqlikning grafikdagi tasviridir. 
Taklif qonuni – narx bilan sotishga chiqariladigan tovarlar miqdori oʻrtasidagi bevosita 
yoki toʻgʻridan–toʻgʻri bogʻliqlikni ifodalaydi. 
Taklif (talab) ning egiluvchanligi – narx 1% oʻzgarganda talab necha foiz oʻzgarishini 
koʻrsatadi. Bu talabning narx boʻyicha oʻzgaruvchanligi ham deyiladi. 
Daromad samarasi – narx pasayganda iste’molchi pul daromadlarining sotib olish 
layoqatining ortishidir. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir 
qiladi? Bu omillardan har biri oʻzgarsa, talab egri chizigʻida qanday oʻzgarish roʻy beradi? 2. Taklif 
qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu omillardan har biri oʻzgarsa, talab egri 
chizigʻida qanday oʻzgarish roʻy beradi? 3. Don birjasida bugʻdoyga boʻlgan talab va taklifning umumiy 
hajmi quyidagi 
ma’lumotlar bilan xarakterlanadi deb faraz qilamiz: Talab, ming tsentner hisobida Bir tsentner narxi 
(soʻm) hisobida Taklif ming tsentner hisobida Ortiqcha (+) yoki kam (-) 85 80 75 70 65 60 3400 3700 4000 
4300 4600 4900 72 73 75 77 79 81 a) Bozor narxi yoki muvozanatli narx qanday boʻladi? Bugʻdoyning 
muvozanatli miqdori qancha? 4-ustunni toʻldiring va natijalarini tushuntirib bering; b) shu 
ma’lumotlardan foydalanib bugʻdoyga boʻlgan talab va taklifning grafik shaklidagi tasvirini bering. 

Muvozanatli narx va muvozanatli miqdorni aniqlang; v) nima uchun 3400 soʻm bu bozorda muvozanatli 
narx boʻla olmaydi? 4900 soʻm-chi? g) Endi davlat bugʻdoyning eng yuqori narxini 3700 soʻm qilib 
belgiladi deb faraz qilamiz. Bunday narx qanday oqibatlarga olib kelishini batafsil tushuntiring. Oʻz 
javoblaringizni grafikda tasvirlang. 4. Talab va taklifning quyidagi oʻzgarishlarining har biri raqobatli 
bozorda muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi? 
Javoblaringizning toʻgʻriligini tekshirish uchun talab va taklif diagrammasidan foydalaning. a) taklif 
qisqaradi, talab esa oʻzgarishsiz qoladi; b) talab qisqaradi, taklif esa oʻzgarishsiz qoladi; v) taklif 
koʻpayadi, talab esa oʻzgarishsiz qoladi; g) talab ortadi va taklif ham koʻpayadi; d) talab ortadi, taklif esa 
oʻzgarishsiz qoladi; ye) taklif koʻpayadi, talab esa qisqaradi; j) talab ortadi, taklif esa qisqaradi; z) talab 
qisqaradi va taklif ham qisqaradi. 
8-MAVZU. RAQOBAT VA MONOPOLIYA 
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, 
oʻz shakllarini oʻzgartirib boradi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov raqobatning 
bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini koʻrsatib, «Raqobat boʻlmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib 
boʻlmaydi. Raqobat - bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb 
ta’kidlaydi.1 
Narx – bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari 
orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor 
muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, 
xoʻjalik yurituvchi sub’ektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya 
qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom 
raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir koʻrsatadi. Ushbu mavzuda biz narxning iqtisodiy 
mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari va uning darajasiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar, 
narx turlari bilan bir qatorda davlatning narx siyosati va uning Oʻzbekistondagi oʻziga xos 
jihatlarini ham koʻrib chiqamiz. 
1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari 
Raqobat koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha sub’ektlari oʻrtasidagi 
murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining 
toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega 
boʻlish uchun kurashni anglatadi. 
Bu munosabatlarni qiymatning mehnat va naflilik nazariyalarini sintez qilish usulini 
davom ettirgan holda quyidagi koʻrinishda ifodalash mumkin (1-rasm). 
1-rasm. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari. 
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini koʻrib chiqish orqali yanada kengroq namoyon 
boʻladi. 

Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib koʻrsatish 
mumkin: 
1) tartibga solish vazifasi; 
2) resurslarni joylashtirish vazifasi; 
3) innovatsion vazifa; 
4) moslashtirish vazifasi; 
5) taqsimlash vazifasi; 
6) nazorat qilish vazifasi. 
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga 
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida 
iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va 
1 Karimov I.A. «Oʻzbekiston XXI asrga intilmoqda». T.: Oʻzbekiston, 1999, 34-bet. 
Iste’molchi va xaridorlar oʻrtasida 
Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar oʻrtasida 
Raqobat 
Koʻproq naflilikka erishish 
Koʻproq foyda olish 
Asosiy maqsadlari 
ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida 
tartibga solinadi. 
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʻp 
samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. 
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi 
hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi 
yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. 
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit 
sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning Shunchaki oʻzini-oʻzi 
saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi 
(kengayishi)ga oʻtishini bildiradi. 
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi (yalpi ichki 
mahsulot)ning iste’molchilar oʻrtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir oʻtkazadi. 
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa 

bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. 
Raqobat kurashining mazmuni toʻgʻrisida toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning 
asosiy shakllari va belgilarini koʻrib chiqish zarur. 
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli alohida ajratilib 
koʻrsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir. 
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda koʻp 
sonli korxonalar mavjud boʻladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda koʻplab sotuvchilar 
oʻzlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. 
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni 
amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta 
boʻlmaydi. SHu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning koʻpayishi yoki kamayishi 
umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir koʻrsatmaydi. 
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud 
boʻlgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo 
boʻlishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va 
boshqa jiddiy iqtisodiy toʻsiqlar boʻlmaydi. 
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat boʻlishi sababli, u mavjud mahsulot 
(xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi. 
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning 
sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, 
taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. 
Monopolistik raqobat oʻz ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi. 
Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning oʻnlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan 
qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, 
ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi oʻz mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa 
mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) 
boʻyicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. 
Oligopoliya – tarmoqda u qadar koʻp boʻlmagan korxonalarning mavjud boʻlishi va 
hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar 
bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik 
tarmoq hisoblanadi. 
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. 

Koʻpchilik sanoat mahsulotlari: poʻlat, mis, alyuminiy, qoʻrgʻoshin, temir va shu kabilar – fizik 
ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. 
Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va 
shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi. 
Oligopoliya sharoitida korxonalar oʻrtasidagi raqobat oʻzaro bogʻliq boʻladi. 
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma oʻzining narx siyosatini mustaqil oʻzgartirishga botina 
olmaydi. 
Biz qarab chiqqan raqobatning toʻrtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda alohidaalohida, ya’ni sof 
holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil oʻrganish, cheksiz koʻp har 
xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini koʻrsatadi. 
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular oʻrtasidagi 
raqobatning shakllari ham turli koʻrinishlarda namoyon boʻlib bormoqda. Jumladan, turli 
monopollashuv darajasidagi tuzilmalar oʻrtasida mavjud boʻlishiga koʻra quyidagi raqobat 
turlarini ajratib koʻrsatish mumkin: 
1)monopollashmagan korxonalar oʻrtasidagi raqobat; 
2)monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab chiqaruvchilar 
oʻrtasidagi raqobat; 
3)turli monopoliyalar oʻrtasidagi raqobat; 
4)monopolistik birlashmalar oʻzining ichidagi raqobat. 
Oʻz miqyosiga koʻra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga 
boʻlinadi. 
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega 
boʻlish, qoʻshimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari oʻrtasida boradi. Har bir 
tarmoqda texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha boʻlgan 
korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) 
qiymati bir xil boʻlmaydi. 
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor 
qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, oʻrtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va 
muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos 
keladi. 
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori 
boʻlgan korxonalar qoʻshimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar 
esa, oʻzlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yoʻqotadilar va zarar koʻradilar. 

Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari oʻrtasida eng yuqori foyda 
normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam 
boʻlgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib oʻtishiga sabab 
boʻladi. Yangi kapitallar koʻproq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning 
kengayishiga, taklif koʻpayishiga olib keladi. SHu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, 
foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi 
teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi oʻzgaradi, tovarlarga boʻlgan talab 
ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar koʻtariladi, shu bilan birga foyda 
normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik 
muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng 
kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital 
qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini oʻrtacha foyda normasiga 
«baravarlashtiradi». 
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda gʻirrom va halol raqobatlashuv usullari ham ajratib 
koʻrsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof etilmagan, ijtimoiy 
ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, 
majburlash, raqiblarning obroʻsiga putur yetkazish va h.k.) usullaridan foydalanish 
gʻirrom raqobat deb yuritiladi. Gʻirrom raqobat orqali firmalar oʻz raqiblarining tarmoqqa 
kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib 
beruvchilarni material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni ogʻdirib olish, 
narxni keskin pasaytirish gʻirrom raqobatning oddiy usullaridir. 
Halol raqobat – raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy 
usullarni qoʻllash, oʻzining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat 
manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qoʻllamaslik kabi qoidalarga asoslanadi. 
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat. 
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli boʻlib ishlab 
chiqaruvchilarning oʻz tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining Shunday 
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. 
Uning asosiy va eng koʻp qoʻllaniladigan koʻrinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, 
bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti 
bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qoʻllash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa 
raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va 

ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi keraq boʻladi. Faqat Shundagina uning tovarining 
individual qiymati bozor qiymatidan past boʻlib, mazkur tovar narxini tushurish imkoniyatini 
beradi. 
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni qoʻllashdir. Bunda 
milliy ishlab chiqaruvchilar oʻzlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi 
narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past boʻlgan narxlarda sotadi. 
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha 
mahsulotni yoʻqotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda oʻzlarining iqtisodiy mavqeini 
mustahkamlashga xaraqat qiladi. 
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma 
qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qoʻshib berish, muayyan hollarda 
imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat 
qilish oʻz oʻrniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining oʻz mahsulotiga narxni 
pasaytirishi uning raqobatchilarining ham Shunday xaraqat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda 
firmalarning mavqeini oʻzgartirmaydi, faqat tarmoq boʻyicha foydani kamaytiradi. 
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili 
tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat koʻrsatish, ishlab chiqaruvchi 
firmaning obroʻ-e’tibori hisoblanadi. 
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham boʻlishi 
mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol xususiyatlarining 
yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez roʻy berishi keraq. Hozirgi davrda bir 
turdagi mahsulotlarning koʻpayishi ularning sotishni ragʻbatlantiruvchi reklama, tovar belgilari 
va fabrika muhrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qoʻshimcha 
xizmat koʻrsatish orqali xaridorlarni oʻziga jalb qilish keng tarqalmoqda. 
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda 
tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub boʻlishi, lekin turli-tuman iste’mol 
xossalariga ega boʻlishi mumkin. 
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha boʻlgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar tovarlarini 
kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari mumkin. Bunda dastlab tovar 
narxining faqat bir qismi toʻlanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kelishilgan aniq 
muddatlarda toʻlanadi. 

Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng 
yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga 
aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish 
maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan 
keyingi xizmat koʻrsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi 
firma, oʻz mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni oʻrnatadi, korxona xodimlarini ulardan 
foydalanishga oʻrgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda ta’mir ishlarini 
bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; maxsulotlari oʻlchamlarini buyurtmachi 
ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. 
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega boʻlib, u mahsulot 
ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi oʻrgangan va iste’molchilar ehtiyojlarini toʻlaroq qondira 
oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi. 
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni oʻzgartirish uchun oʻzlarining ishlab 
chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. SHu sababli 
iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligicha qolaveradi. 
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron boʻlgan sharoitda narxsiz raqobat muhim oʻrin 
tutadi. Buning sababi Shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, 
iste’molchilarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash yoʻli bilan sotiladigan tovar hajmini koʻpaytirishi 
mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kuchli boʻlganligi sababli masulotini yangilash, 
ishlab chiqarishni qayta jihozlash va reklamaga zarur boʻlgan mablagʻni sarflay oladilar. 
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari 
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya’ni, grekcha 
«monoc» - yagona, bitta va «poleo» - cotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari 
aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha ta’riflash oʻrinli deb 
hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori 
foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan 
hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning 
birlashmalari.1 
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi 
hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda 
mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. 

Ishlab chiqarish toʻplanishining asosiy sababi boʻlib olinayotgan foyda hajmining 
koʻpayishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda koʻpaytirib borish maqsadida tadbirkor 
olingan qoʻshimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya’ni unga qoʻshimcha 
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning oʻsishi 
hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. SHu bilan birga raqobat 
amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendentsiyasini 
keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish toʻplanishining moddiy asosi boʻlib 
kapitalning toʻplanishi va markazlashuvi hisoblanadi. 
Kapitalning toʻplanishi – bu qoʻshimcha qiymatning bir qismini jamgʻarish 
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi koʻrsatkichlar 
orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta 
ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi. 
Kapitalning toʻplanishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada toʻldiriladi. 
Kapitalning markazlashuvi – bu bir kapital tomonidan boshqa birining qoʻshib olinishi 
yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy 
birlashishi orqali kapital hajmining oʻsishidir. 
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini koʻrib chiqish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga koʻra ajratish mumkin. 
1. Bozorni qamrab olish darajasiga koʻra: sof monopoliya, oligopoliya va 
monopsoniya. 
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va 
ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Oʻzbekistonda 

Bu mazmundagi ta’riflar quyidagi manbalarda ham berilgan: Шишкин А.Ф. Экономическая теория: 
Учебное 
пособие для вузов. 2-е изд. Кн.1. – М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 1996, 597-б.; Борисов Е.Ф. 
Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005, 
208-б.; 
Основы экономической теории. Политэкономия: Учебник /Под ред. д-ра экон. наук, проф. 
Д.Д.Москвина. 
Изд. 3-е, исправл. – М.: Едиториал УРСС, 2003, 499-b. 
sof monopoliyalar sifatida «Oʻzbekiston havo yoʻllari» DAK, «Oʻzbekiston temir yoʻllari» 
DAK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular 

oʻz tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar. 
Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining koʻpayib 
borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab boʻladi. Monopolistik raqobat 
– tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni koʻp hamda ular oʻrtasida ma’lum 
darajada raqobat mavjud boʻlgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi oʻz tovar 
yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab 
chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga 
misol tariqasida koʻplab mebel, kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar 
ishlab chiqaruvchilarini keltirish mumkin. 
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx 
va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist-ishlab 
chiqaruvchilarga Oʻzbekistonda tsement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy 
shaharlarida joylashgan), koʻmir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHargʻun) 
va Boysun (Toʻda) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin. 
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda koʻp 
boʻlib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud boʻlgan 
sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «Uzautomotors» korxonasi yaqqol 
misol boʻla oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab 
chiqarishda zarur boʻlgan koʻplab ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab 
chiqaruvchilaridan sotib olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega boʻladi. 
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga koʻra: tabiiy monopoliya, legal 
monopoliya, sun’iy monopoliya. 
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror hosil 
qilib boʻlmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va h.k.)ga ega boʻlgan 
mulkdorlar va xoʻjalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur monopoliya tarkibiga oʻziga xos 
texnologiyaning qoʻllanishi sababli raqobatni rivojlantirib boʻlmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va 
ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi. 
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga 
boʻlgan talabni qondirish raqobat mavjud boʻlmagan sharoitda samaraliroq amalga 
oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish hajmining koʻpayib 
borishi bilan tovar birligiga toʻgʻri keluvchi xoʻjalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib 
borishida namoyon boʻladi. SHu bilan birga, tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan ishlab 

chiqarilgan mahsulotlar iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib boʻlmaydi. 
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik 
holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish 
mumkin: 
1) patent tizimi – bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali 
modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutloq huquqni taqdim etish tizimi. Bu 
jarayon maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga oshiriladi; 
2) mualliflik huquqi – ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, 
koʻrsatuvlar, efir toʻlqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan 
foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat 
mualliflar tomonidan oʻz mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish 
va koʻpaytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi; 
3) tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va boshqalarni 
roʻyxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish boʻyicha paydo boʻlgan 
munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli. 
Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi 
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi. 
Sun’iy monopoliya oʻz manfaatlari yoʻlida bozor muhiti tuzilishini ataylab oʻzgartiradi, 
ya’ni: 
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik uchun turli toʻsiqlar hosil 
qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi korxonalarga kredit 
berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar); 
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan raqiblarini 
bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi; 
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi 
nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qoʻllaydi; 
- oʻz faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni bozordan 
siqib chiqarishga harakat qiladi. 
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda 
namoyon boʻladi. 
Kartel – bitta sanoat tarmogʻidagi bir necha korxonalarning uyushmasi boʻlib, uning 
ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga oʻz mulkiy egaligini saqlab qoladi, 

yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har 
bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari, bozorlarning boʻlib olinishi va h.k. boʻyicha kelishuv 
asosida amalga oshiriladi. 
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi. 
Bunda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining oʻzida saqlanib 
qolgani holda, ular tomonilan ishlab chiqarilgan mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish 
tashkiloti orqali amalga oshiriladi. 
Trest – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy egalikni 
ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs koʻrinishidagi birlashmasi. 
Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga 
oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda kata miqdorda va uzoq 
muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qoʻyish). 
Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil boʻlgan, koʻp tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, 
transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini oʻz ichiga oluvchi birlashma. 
Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda 
amalga oshirish uchun zarur boʻlgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh 
tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy 
monopoliyalarning sanab oʻtilgan shakllari orasida kontsernlar keng tarqalgan. 
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni mavjud. 
Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon boʻladi: 
1) monopoliya ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning 
tejalishiga olib keladi; 
2) monopolist boʻlmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan 
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish 
uchun koʻproq ragʻbat va imkoniyat mavjud boʻladi. 
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni koʻrsatish mumkin: 
1) resurslarning oqilona taqsimlanmasligi; 
2) daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi; 
3) iqtisodiy turgʻunlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi; 
4) iqtisodiyotda demokratik harakatlarning toʻsib qoʻyilishi. 
Bundan koʻrinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha jiddiy ta’sir 
koʻrsatishi, taraqqiyot yoʻliga gʻov boʻlishi ham mumkin. Shunga koʻra, bugungi kunda deyarli 

barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish choratadbirlari 
qoʻllanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga 
qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda 
turli darajada rivojlangan boʻladi. 
Odatda AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va mukammalroq 
ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik hujjatlariga asoslanadi: 
1. Sherman qonuni (1890-yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin 
monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qoʻlga olish, narxlar boʻyicha 
kelishuvlarni taqiqlaydi. 
2. Kleyton qonuni (1914-yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish sohasidagi 
cheklovchi faoliyatlarni, narx boʻyicha kamsitish, ma’lum koʻrinishdagi birlashib ketishlar, 
oʻzaro bogʻlanib ketuvchi direktoratlar va boshkalarni taqiqlaydi. 
3. Robinson-Petmen qonuni (1936-yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo sohasidagi 
cheklovchi faoliyatlar, «narxlar qaychisi», narx boʻyicha kamsitishlar va boshqalarni taqiqlaydi. 
1950-yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda noqonuniy 
birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish 
taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga 
toʻsiq qoʻygan boʻlsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov 
kiritdi. 
3. Oʻzbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va 
monopoliyaga qarshi qonunchilik 
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud boʻlishini taqozo qiladi. Bu 
shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Shunday ekan, 
bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini 
bildiradi. 
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr 
davomida, oʻz-oʻzidan, evolyutsion yoʻl bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat 
muhitini keltirib chiqargan. 
Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu 
sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa, yuqorida 
ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida oʻz aksini topadi. Har bir 
mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va 
tavsifiga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur 

boʻlganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda, 
shu jumladan, bizning respublikada sogʻlom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy 
sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. Zero, 
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugungi kunda «... kuchli talab va raqobat iqtisodiy 
islohotlarni yanada chuqurlashtirishni obyektiv shart qilib qoʻymoqda. Bu borada ham juda koʻp 
yechilmagan muammolar bor. Ya’ni, eski ma’muriy-taqsimot tizimi qoliplaridan butunlay voz 
kechish, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yanada cheklash, erkin tadbirkorlik faoliyati 
uchun amaliy kafolatlarni ta’minlash, iqtisodiyot va biznesni barqaror rivojlantirish, toʻlaqonli 
bozor infratuzilmasini shakllantirish yoʻlidagi mavjud gʻov-toʻsiqlarni bartaraf etishimiz zarur».2 
Bugungi kunda Oʻzbekistonda ham uyushmalar, kontsernlar, korporatsiyalar, 
kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan boʻlib, ular koʻpincha tarmoq 
vazirliklari mavqe va vazifalariga ega boʻladilar. Mahsulot va xom ashyolarning alohida turlarini 
limit va fond koʻrinishida taqsimlashning eskicha tizimi, Shuningdek, biznesni amalga oshirish 
uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy toʻsiqlar 
monopolistik tendentsiyalarga koʻproq imkon yaratadi. 

Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni 
modernizatsiya va isloh etishdir. T.: «Oʻzbekiston», 2005, 76-77-b. 
Shunga koʻra, Oʻzbekistonda samarali raqobat muhitini yaratish uchun quyidagilar 
boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi taqozo etiladi: 
a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon boʻlishini maksimal 
darajada bartaraf etish; 
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi oʻz ustunlik 
mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish.3 
Shunday qilib, Oʻzbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yoʻli, 
bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xoʻjalik shakllarining 
mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga oʻtishdir. 
Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab 
chiqaruvchilarning paydo boʻlishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti 
alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida oʻz manfaatiga ega boʻlgan va tadbirkorlik tahlikasini 

zimmasiga oluvchi erkin xoʻjalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa 
qilishidir. 
Shu maqsadda Oʻzbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash toʻgʻrisida»gi qonun (1992- 
yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir 
turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga koʻra, bozorda ataylab taqchillik 
hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga toʻsqinlik 
qilish, raqobatning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga 
yetkazgan zararni qoplashlari, jarima toʻlashlari, gʻirromlik bilan olgan foydadan mahrum 
etilishlari shart. 
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli oʻzgarishlar tegishli 
qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga koʻra, Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996-yil 27-dekabrda «Tovar bozorlarida monopolistik 
faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun 
monopolistik faoliyat va gʻirrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, toʻxtatishning tashkiliy 
va huquqiy asoslari belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini 
shakllantirish va samarali amal qilishga qaratilgan. 
Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yoʻnalish, ya’ni birinchidan, monopoliyaga 
qarshi taribga solishning printsipial yangi koʻrinishi boʻlib, u mavjud va saqlanib qolgan 
monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va 
unga barham berishni koʻzda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy muhim masalalardan boʻlib 
hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish ekanligi 
belgilab qoʻyilgan. 
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992-yilda Oʻzbekistonda 
monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi va narx siyosati bosh 
boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga roʻyxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi 
korxonalar mahsuloti boʻyicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 
yilda ushbu boshqarma negizida Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va 
raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil qilindi. 2000-yilda Respublika Prezidentining 
«Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni riojlantirish davlat qoʻmitasini 
tashkil etish toʻgʻrisida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi 
tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Keyinchalik mazkur 
qoʻmitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga binoan u 
Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga 
aylantirildi.4 

Шадыбаев Т. и др. Особенности антимонопольной политики в Узбекистане: общие принципы и 
правовая база. - Экономическое обозрение, №2, 2004, с.5. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, 
raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida. 2005-yil 30-aprel. 
Respublikada monopol mavqeiga ega boʻlgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish 
uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda oʻtish davrining oʻziga xos jihatlari hisobga 
olinadi. 
Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar 
bozordagi shu turdagi mahsulotning 35% dan ortiq boʻlsa, bu korxona monopolistik korxona 
sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 
20% deb belgilangan. 
Respublikada monopoliyalar roʻyxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi 
mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini 
ajratib koʻrsatish lozim: 
1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki 
rentabellikning chegarasini belgilab qoʻyish. 
2. Oʻz monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni boʻlib tashlash 
yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994-yil 18-iyuldagi 366-sonli) qarori 
bilan tasdiqlangan «Ob’ektlarning xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish 
tartibi toʻgʻrisidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining 
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida» (1996-yil, aprel) qonuni asosida 
gʻirrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob 
bermaydigan tovarlarni chiqarishga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida 
e’tibor beriladi. 
Tabiiy monopoliyalarni davlat yoʻli bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga 
narxlar va tariflar darajasini, Shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy 
koʻrsatkichlarni belgilashni oʻz ichiga oladi. 

Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha 
ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular 
oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi. 
Tarmoqlar ichidagi raqobat – ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega 
boʻlish, qoʻshimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari oʻrtasida boruvchi kurash. 
Tarmoqlararo raqobat – turli tarmoqlar korxonalari oʻrtasida eng yuqori foyda normasi 
olish uchun olib boriladigan kurash. 
Monopoliya – monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish 
maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga 
oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari. 
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab 
chiqarish hajmini belgilashdagi, va binobarin, foyda olishdagi yakkahukmronlik holati. 
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va 
ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati. 
Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni koʻp hamda 
ular oʻrtasida ma’lum darajada raqobat mavjud boʻlgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki 
sotuvchi oʻz tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning 
narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati. 
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda koʻp boʻlib, 
ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud boʻlgan sharoitdagi 
yakkahukmronlik holati. 
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga boʻlgan 
talabni qondirish raqobat mavjud boʻlmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar 
bozorining holati. 

Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil boʻlgan, koʻp tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, 

amalga oshirish uchun zarur boʻlgan turli soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. 
Narx – bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy 
nafliligining puldagi ifodasidir. 
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar katta partiyalarda bir yoʻla 
koʻtarasiga sotilganda qoʻllaniluvchi narx. 
Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda qoʻllaniluvchi narx. 
Dotatsiyalashgan narx – davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. 
Demping narx – bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish 
uchun foydalaniluvchi narx. 
Nufuzli narx – aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan tovarlarni 
sotishda qoʻllaniluvchi narx. 
Narx diapazoni – narxlar oraligʻidagi farqning puldagi ifodasi. 
Erkin narx – talab va taklif ta’sirida shakllanadigan bozor narxi. 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 
1. Raqobatning mohiyati va maqsadini tushuntirib bering. 
2. Raqobatning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Bu vazifalarning bir-biridan farqini 
ajratib koʻrsating. 
3. Raqobat shakllariga tushuncha bering va ularning har biriga xos belgilarini koʻrsating. 
4. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatning farqini tushuntirib bering. 
5. Raqobatlashuvning demping narxlarni qoʻllash usuli qanday sharoitlarda amalga 
oshiriladi? 

6. Monopoliya nima va uning vujudga kelishining iqtisodiy asoslari nimalardan iborat? 
Monopoliyaning qanday turlari mavjud? 
7. Kapitalning toʻplanishi va markazlashuvi oʻrtasida qanday farq bor? 
8. Tabiiy, legal va sun’iy monopoliyalarning bir-biridan farqlanishini koʻrsating. 
9. Monopoliyaning ijobiy va salbiy tomonlari nimalarda namoyon boʻladi? 
10. Monopoliyaga qarshi siyosat va monopoliyaga qarshi qonunchilikning mohiyati 
qanday? 
11. Raqobat muhitining shakllanishiga qanday omillar ta’sir koʻrsatadi? 
12. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering. Narx asosiy 
turlarining qisqacha tavsifini bering. 
13. Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud? Ularning afzallik va 
kamchilik tomonlarini koʻrsatib bering. 
14. Narx siyosati nima? Oʻzbekistonda narx siyosati amalga oshirilishining qanday 
xususiyatlari mavjud? 

9-MAVZU. NARXNING MOHIYATI VA SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI 
Narx – bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U oʻzining vazifalari orqali 
barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining 
ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xoʻjalik yurituvchi 
sub’ektlari boʻyicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit 
yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirib, sogʻlom raqobat muhitining 
yaratilishiga katta ta’sir koʻrsatadi. Ushbu mavzuda narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, 
shakllanish tamoyillari, narx darajasiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar, narx turlari batafsil bayon 
etiladi. Shuningdek, turli darajadagi raqobat sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari, 
davlatning narx siyosati va uning Oʻzbekistondagi oʻziga xos jihatlari ham koʻrib chiqiladi. 
9.1. Narxning mazmuni, vazifalari va turlari 
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi oʻzlarining namoyon boʻlishini narxda topadi. 

Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni 
ragʻbatlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. 
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun 
nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy 
naflilik» tushunchasining oʻzi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qiymatga 
egaligini koʻrsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx oʻzida faqatgina 
naflilik yoki sarflarning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning 
ma’lum miqdorini pul koʻrinishida ifoda etadi. 
Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir 
boʻlmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol 
qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi oʻz tovari uchun ketgan sarflarni 
qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha koʻproq foyda olishni ta’minlashi mumkin boʻlgan 
qiymatni pul shaklida oʻzlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir 
birligiga koʻproq naflilikka (iste’mol qiymatiga) ega boʻlishga harakat qiladi. Ularning 
manfaatlari toʻgʻri kelgan nuqtada, darajada narx oʻrnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi sodir 
boʻladi. 
Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun biz quyidagi 2-rasmga e’tiborni jalb etamiz. 
Bulardan xulosa qilib aytish mumkinki, narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar 
va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. 
2-rasm. Tovardagi ikki xil xususiyatlarning narxdagi ifodasi. 
Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab 
chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual shaxslarning 
psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan 
ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur boʻlgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan 
ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) oʻz ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan 
Nafliligi (iste’mol 
qiymati) 
Ijtimoiy nafliligi Ijtimoiy naflilikning 
puldagi ifodasi 
Ijtimoiy zaruriy sarflar 
(mehnat va moddiy) 
Tovar Narxi 

Qiymati Ijtimoiy qiymati Ijtimoiy qiymatning 
puldagi ifodasi 
ijtimoiy sarflarning asosli ravishda oʻsishi yoki tovar va xizmatdagi sifat koʻrsatkichlarining 
oʻsishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi. 
3-rasm. Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini 
hisoblashda qoʻllanishi. 
Shuning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat oʻzgarishlari 
ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi (3-chizma). 
Narxning mazmunini toʻlaroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish 
muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari boʻlib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; 
tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning 
iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini 
belgilovchi asos boʻlib xizmat qiladi (4-rasm). 
4-rasm. Narxga ta’sir qiluvchi omillar. 
Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori atrofida goh 
birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab boʻladi. 
Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari koʻrib chiqilganda yanada yaqqol namoyon 
boʻladi. 
Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 
1. Muvozanatlikni ta’minlash vazifasi. Bunda narx bozorda talab va taklifning hajmi 
va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. 
2. Qiymat va naflilikni oʻlchash vazifasi. Narx qiymat va naflilikning puldagi ifodasi 
deb aytamiz, chunki qilingan sarf-xarajatlar va olingan natijalar (foyda yoki zarar) narxlar 
asosida hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish va uning natijalarining natural koʻrsatkichlari ham 
mavjud (tonna, kg, m2 , m3 kvt-soat va hokazo). Bu koʻrsatkichlarni shu holicha taqqoslab 
umumiy koʻrsatkichga keltirib boʻlmaydi. Barcha natural koʻrsatkichlarning umumiy oʻlchovi 
ularning pulda ifodalangan narxidir. Hisob-kitob uchun joriy va qiyosiy narxlar qoʻllaniladi. 
Joriy narxlar amaldagi narxlar boʻlib, ular yordamida yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari 
hisoblanadi. Qiyosiy narxlarda ma’lum yil asos qilib olinib (bazis yil) ishlab chiqarishning 
natijalari shu narxda hisoblanadi va boshqa yillar bilan taqqoslanadi. 
Tovar ishlab chiqarishdagi 
ijtimoiy zaruriy sarflar 

(qiymat) 
Raqobat kurashlari 
Talab va taklif nisbatlari 
Turli xil toʻgʻri soliqlar 
Davlatning iqtisodiy siyosati 
Tovar yoki xizmatning nafliligi 
N А R Х 
Pulning qadr-qimmati 
Ijtimoiy nafliligi Oʻzgarmas yoki 
qiyosiy narxlarda 
Real mahsulot, yaratilgan 
tovar va xizmatlar summasi 
Yaratilgan tovar va 
xizmatlar 
Yaratilgan tovar va 
xizmatlarni hisoblash 
Tovar va xizmatlarning 
puldagi ifodasi 
Ijtimoiy qiymati 
Joriy, ya’ni 
oʻzgaruvchi narxlarda 
Nominal mahsulot, ya’ni 
tovar va xizmatlarning joriy 
narxdagi qiymati 
3. Tartibga solish vazifasi. Bozor holati (kon’yunkturasi) talab va taklif hamda ularning 
nisbatiga bogʻliq. Talabning ortishi muayyan tovarni ishlab chiqarishni kengaytirishi, askincha 
hol esa tovar ortiqchaligini, uni ishlab chiqarishni qisqsartirrish zarurligini bildiradi. Narx tovar 
ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga ularning daromadlari orqali ta’sir koʻrsatadi. Muayyan ishlab 
chiqarish harajatlari saqlangan holda narx yuqori boʻlsa, foyda miqdori ortadi, narx tushsa, foyda 
kamayadi va hatto ishlab chiqaruvchilar zarar koʻrishi ham mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilar 
faoliyatiga ta’sir koʻrsatadi. Narx oshsa ishlab chiqarish kengayadi. Boshqa kapitallar ham foyda 
yuqori boʻlgan soha va tarmoqlarga oqib kela boshlaydi. Xullas, narx ishlab chiqarishni tartibga 

solib, uni oʻzgartirib turadi va rivojini ta’minlaydi. 
4. Raqobat vositasi vazifasi. Narx raqobat kurashining eng muhim vositasi hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchilar oʻz raqiblarini yengish uchun narxni pasaytirish usulidan foydalanishlari 
mumkin. Demak, narxni oʻzgartirib turish usuli raqobatda keng qoʻllaniladi. 
5. Ijtimoiy himoya vazifasi. Narx aholining kam daromad oluvchi ayrim qatlamlarini 
ijtimoiy himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Narxning bu vazifasi tovar (xizmat)lar ijtimoiy 
dotatsiyalashgan narxlar boʻyicha sotilganda bajariladi. Bunda ular davlat budjeti va turli hayriya 
mablagʻlari hisobiga moliyaviy ta’minlanadi. 
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining 
xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini 
farqlash zaruriyatini tugʻdiradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx 
tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini 
qisqacha qarab chiqamiz. 
Ulgurji narxlar. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yoʻla 
koʻtarasiga sotilganda ulgurji narxlardan foydalaniladi. Ulgurji narxlar ishlab chiqaruvchilar va 
ta’minlash-sotish tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda 
koʻrishini ta’minlashi zarur. Ulgurji narxlar tovar birjalari va savdo uylarida ham qoʻllaniladi. 
Shartnoma narxlar. Bu sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular 
tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narxlardir. SHartnoma narxlar odatda shartnoma 
bitimi amal qilib turgan davrda oʻzgarmaydi. Mazkur narxlar ham milliy va ham xalqaro bozorda 
qoʻllaniladi. U xalqaro bozorda qoʻllanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin 
turadi. 
Chakana narxlar. Bu narxlarda tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladi. Chakana 
narxga tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan 
foydasi kiradi. CHakana narx tovarlarga boʻlgan talab va taklifni bogʻlovchi rolini oʻynaydi 
hamda ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past boʻlishi mumkin. 
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chegaralangan (limitlangan) va dotatsiyali 
narxlarni vujudga keltiradi. Chegaralangan narxlarda davlat narxlarning yuqori va quyi 
chegarasini belgilaydi, ular shu doirada oʻzgarishi mumkin. Bunday narxlar yordamida davlat 
inflyatsiyani jilovlaydi, narxlarni nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx – bu davlat budjeti 
hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlardir. Bunday narxlardan kam daromadli oilalar, 
bevabechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada ta’minlab 
turishda foydalaniladi. 

Demping narx. Bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish 
uchun firmalar maxsus narxdan foydalanadiki, ular demping narx yoki bozorga kirib olish narxi 
deb ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi. 
Sotish hajmini oʻzgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar nufuzli 
narxdan foydalanadi. Bu narxni qoʻllash uchun bozorda raqobat cheklangan boʻlib, monopol 
vaziyat mavjud boʻlishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga bogʻliq boʻlmaydi, shu sababli 
narxning koʻtarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bundan tashqari aholining yuqori 
daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham mavjudki, ular nufuzli narxlarda 
sotiladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega 
boʻlish, mashhur kurortlarda dam olish, oxirgi nusxadagi kiyimlar kiyish, yangi modeldagi 
avtomashinada yurish — martabali yoki obroʻtalab iste’mol hisoblanadi. Martabali iste’mol 
nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular odatdagi narxlardan ancha yuqori boʻladi. Nufuzli 
narxlarni qoʻllashda tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi 
talab, uning oʻzgarishi va bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, 
ma’lum davrgacha oʻzgarmaydigan qat’iy (standart) narxlar va oʻzgaruvchan narxlar 
qoʻllaniladi. Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi oʻzgarmasligini afzal koʻradi. 
Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati ta’riflari Shunday narxlar jumlasiga kiradi. 
Erkin bozor narxlari – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxlaridir. 
Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narxlar jamiyat va bozor 
munosabatlari barcha sub’ektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uygʻunlashtirishga imkon 
beradi. 
Narx diapazoni narxlar oraligʻining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, oʻrta va 
yuqori narxlarni oʻz ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik katta boʻlsa, tovar muomalasi 
Shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx oʻzaro bogʻlanadi. 
Bozor koʻlami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud 
boʻladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi 
omillar ta’siridan hosil boʻladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va 
ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarfharajatlarni, 
milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini 
hisobga oladi. Jahon bozori narxi muayyan tovarga ketgan baynalminal harajatlarni, tovarning 
jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini 
hisobga oladi. 

Narx xilma-xil turlardan iborat boʻlsada, ular bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan, chunki 
ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi oʻz ifodasini topadi. Iqtisodiyot 
nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va 
undagi jarayonlar bir-biriga bogʻliq boʻlganidan narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. 
9.2. Narx turlari va ularning mazmuni 
Iqtisodiyotning turli sohalari va tarmoqlaridagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarining 
xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turlarini 
farqlash zaruratini tugʻdiradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx 
tizimini tashkil qiladi. Narxlar tizimida ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini 
qisqacha qarab chiqamiz. 
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta miqdordagi tovarlar bir yoʻla 
koʻtarasiga sotilganda qoʻllaniladigan narx. Ulgurji narx ishlab chiqaruvchilar va ta’minlashsotish 
tashkilotlari xarajatlarini qoplashi hamda ularning ma’lum miqdorda foyda koʻrishini 
ta’minlashi zarur. Ulgurji narx tovar birjalari va savdo uylarida ham qoʻllaniladi. 
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular 
tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. Shartnoma narx odatda shartnoma 
bitimi amal qilib turgan davrda oʻzgarmaydi. Mazkur narx ham milliy, ham xalqaro bozorlarda 
qoʻllaniladi. U xalqaro bozorda qoʻllanilganda tovar (xizmat)larning jahon narxlariga yaqin 
turadi. 
Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx. Chakana narxga 
tovarning ulgurji narxi, chakana savdo tashkilotlarining xarajatlari va ularning oladigan foydasi 
kiradi. Chakana narx tovarlarga boʻlgan talab va taklifni bogʻlovchi rolini oʻynaydi hamda 
ularning nisbatiga qarab yuqori yoki past boʻlishi mumkin. 
Davlatning narxlarni tartibga solish faoliyati chegaralangan (limitlangan) va 
dotatsiyalangan narxlarni vujudga keltiradi. Chegaralangan narx – davlat tomonidan yuqori 
va quyi chegaralari belgilanib, shu doirada oʻzgarishi mumkin boʻlgan narx. Bunday narx 
yordamida davlat inflyatsiyani jilovlaydi, narx darajasini nazorat qiladi. Dotatsiyalangan narx – 
davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. Bunday narxdan kam daromadli 
oilalar, beva-bechoralar, ishsiz va nogironlarni hayotiy zarur ne’matlar bilan eng kam darajada 
ta’minlab turishda foydalaniladi. 
Demping narx – bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash va raqiblarini bozordan siqib 
chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. U «bozorga kirib olish 
narxi» deb ham ataladi. Demping narxda rasmiy narxning bir qismidan kechib yuboriladi. 

Nufuzli narx – sotish hajmini oʻzgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun 
firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. Bu narxni qoʻllash uchun bozorda raqobat 
cheklangan boʻlib, monopol vaziyat mavjud boʻlishi zarur. Mazkur vaziyatda talab narxga 
bogʻliq boʻlmaydi, shu sababli narxning koʻtarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. 
Bundan tashqari aholining yuqori daromad oluvchi qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlar ham 
mavjudki, ular nufuzli narxlarda sotiladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun dala hovliga ega 
boʻlish, mashhur kurortlarda dam olish, soʻnggi nusxadagi kiyimlar kiyish, yangi modeldagi 
avtomashinada yurish – martabali yoki obroʻtalab iste’mol hisoblanadi. Martabali iste’mol 
nufuzli narxlarni yuzaga keltiradi. Ular odatdagi narxlardan ancha yuqori boʻladi. Nufuzli 
narxlarni qoʻllashda tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlari va rentabellik darajasi, bozordagi 
talab, uning oʻzgarishi va bozordagi raqobatlashuv sharoiti hisobga olinadi. Shunga qarab, 
ma’lum davrgacha oʻzgarmaydigan qat’iy (standart) narx va oʻzgaruvchan narx 
qoʻllaniladi. Shunday tovarlar borki, iste’molchilar ularning narxi oʻzgarmasligini afzal koʻradi. 
Masalan, kommunal xizmat, transport xizmati tariflari shunday narxlar jumlasiga kiradi. 
Erkin bozor narxi – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxidir. 
Madaniylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda erkin narx jamiyat va bozor 
munosabatlari barcha sub’ektlari manfaatlarini eng maqbul tarzda uygʻunlashtirishga imkon 
beradi. 
Narx diapazoni narxlar oraligʻining puldagi ifodasidir. Narx diapazoni quyi, oʻrta va 
yuqori narxlarni oʻz ichiga oladi. Narx diapazoni qanchalik keng boʻlsa, tovar muomalasi 
shunchalik tez yuz beradi, chunki talab bilan narx oʻzaro bogʻlanadi. 
Bozor koʻlami hisobga olinganda hududiy (mintaqaviy), milliy va xalqaro narxlar mavjud 
boʻladi. Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos boʻlib, u shu hudud doirasidagi 
omillar ta’sirida hosil boʻladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va 
ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxdir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy sarfxarajatlarni, 
milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini 
hisobga oladi. Jahon bozori narxi muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan 
baynalminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va 
xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi. 
Narxning xilma-xil turlari mavjud boʻlsada, ular bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan, chunki 
ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi oʻz ifodasini topadi. Iqtisodiyot 
nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti deb ham yuritiladi. 

Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bogʻliq boʻlganidan narxlar bir-birini yuzaga 
chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi mashina narxiga, mashina narxi 
kiyim narxi tarkibiga kiradi, chunki bu narxlarning har biri oʻzidan keyingi mahsulot 
xarajatlarini shakllantiradi. Bozorga shunday oʻziga xos tovarlar chiqadiki, ular koʻpchilik 
sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy resurslar hisoblanadi. Bular metall, neft, koʻmir, 
gaz, yogʻoch, bugʻdoy, paxta kabi tovarlar boʻlib, ular narxining oʻzgarishi butun narxlar 
nisbatini oʻzgartiradi. 
9.3. Raqobatning turli koʻrinishlari sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari 
Narxning shakllanishiga bozorning holati bevosita ta’sir koʻrsatadi, chunki narxning 
shakllanishida bozordagi talab va taklif nisbati asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shunga koʻra, 
talab va taklif miqdoriga ta’sir koʻrsata olish imkoniyatiga koʻra bozordagi raqobatning turli 
koʻrinishlari farqlanadi. Mukammal raqobat sharoitida ishlab chiqaruvchi (yoki sotuvchi) 
hamda iste’molchi (yoki xaridor)larning soni juda koʻp boʻlib, ularning ishlab chiqarish hajmini 
oʻzgartirish orqali narx shakllanishiga ta’siri umuman sezilmaydi. Nomukammal raqobat 
sharoitida esa ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) yoki iste’molchilar (xaridorlar)dan birining 
soni cheklangan boʻlishi ularning bozordagi ishlab chiqarish hajmiga va, pirovardida, bozordagi 
narxning shakllanishiga sun’iy ta’sir koʻrsatish imkonini beradi. Bunday raqobat turli 
darajalaridagi narxlarning shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. 
Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof monopoliya, oligopoliya va monopsoniya 
sharoitida narxlarning shakllanish xususiyatlarini koʻrib chiqamiz. 
Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin raqobat kurashi 
sharoitida narxning tashkil topish xususiyatlarini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri 
A.Marshall hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga qadar ikki xil, ya’ni 
sotuvchi va xaridor narxlari mavjud boʻladi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi 
darajalari mavjud. Sotuvchi oʻz tovari narxining imkon qadar yuqori boʻlishidan manfaatdor, 
chunki bunday narx uning foydasi hajmini oshiradi. Biroq, erkin raqobat sharoitida narxni 
boshqalardan yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotuvchining bozordan siqib 
chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab 
chiqarish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak. Xaridor tovarni eng past narxda sotib 
olishdan manfaatdor, biroq erkin raqobatli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish 
xavfi mavjud boʻladi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa, Marshall ta’biricha, soʻnggi 
qoʻshilgan miqdor nafliligiga teng boʻlishi kerak. 

Sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi qulay narxga erishish borasidagi kurash har ikki narxning 
mosligi ta’minlangunga, ya’ni bozor narxi paydo boʻlgunga qadar davom etadi. Shunday qilib, 
sotuvchining narxi tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari, xaridor narxi tomonidan esa soʻnggi 
qoʻshilgan miqdor nafliligi maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi paydo boʻladi. 
Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: «…«ishlab chiqarish xarajatlari» printsipi hamda 
«soʻnggi qoʻshilgan naflilik» printsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qonunining 
tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychining bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash 
mumkin»1. 
Mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishida talab va taklifning 
ta’sirida, A.Marshall ta’kidlaganidek, soʻnggi qoʻshilgan naflilik va ishlab chiqarish xarajatlari 
emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari yotadi. 
Talab va taklifning muvozanati mukammal raqobat bozoridagi narxning shakllanishiga 
muvofiq keladi (5-rasm). 
Chizmadan koʻrinadiki, faqat narxning RE darajasidagi talab miqdoriga ishlab 
chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori muvofiq keladi. Narxning bu darajadan har qanday 
pasayishi talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har qanday yuqori boʻlishi 
esa, taklifning talabdan oshib ketishini keltirib chiqaradi. 
Narxning RA darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud boʻla olmaydi. Chunki, tovarlarning 
sotilmay, toʻplanib qolishi bilan sotuvchilar oʻrtasidagi raqobat kuchayib, ular oʻz tovarlarini 
tezroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar. 

Маршалл А. Принципы экономической науки. В 3 т. М., 1993. Т.ИИИ. С.282. 
P D S 
PA 
PE E 
PB 
QE Q 
5-rasm. Mukammal raqobatli bozor sharoitida narxning shakllanishi 
Narxning RB darajasidagi holat ham barqaror turmaydi. Chunki, bu holatda talab 
taklifdan oshib ketib, tovarlar taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega boʻlish uchun bir-biri 
bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshira boshlaydilar. 
Bozordagi yagona muvozanatlashgan, nisbatan uzoq vaqt barqaror amal qiluvchi narx 

sifatida talab hajmi taklif hajmiga muvofiq kelgan holdagi narx RE maydonga tushadi. 
Raqobatlashuv asosida paydo boʻlgan muvozanat doimo talab va taklif egri chiziqlarining 
kesishuv nuqtasida joylashadi. Muvozanat narxi har doim ham darhol, bir zumda tarkib 
topmaydi. Unga erishishda toki talab va taklif muvozanatga kelgunga qadar narx atrofidagi 
tebranishlarni oʻz ichiga oluvchi ma’lum davrlar taqozo etilishi mumkin. 
Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx 
shakllanishining oʻziga xos jihati shundaki, agar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar faqat 
oʻzlarining individual narxlarini oʻzgartira olsalar, ulardan farqli oʻlaroq bozor ishtirokchilari 
sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini oʻzlari belgilay oladilar. Bunda monopoliyalar 
ommaviy talabning oshishi bilan narxning oshishi hamda ommaviy taklifning oshishi bilan 
narxning pasayib borishidan oʻziga xos tarzda foydalanadilar. 
Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar oʻz manfaatlari yoʻlida taklif kam 
boʻlganda narxning oshishi tendentsiyasidan foydalanadilar. 
Ommaviy taklif boʻyicha narx oʻzgarishi quyidagi miqdoriy bogʻliqlikni aks ettiradi: 
talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori boʻlsa, bozor narxi darajasi shunchalik past 
boʻladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi. Bu bogʻliqlik 9.4-chizmada 
yaqqolroq namoyon boʻladi. 
Chizmadan koʻrinadiki, tik oʻqda muayyan tovarlar taklifi hajmining koʻpayib borishi, 
yotiq oʻqda esa mahsulot birligiga boʻlgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Taklif 
boʻyicha narx egri chizigʻi (R1R2) bozor narxining tovarlar ommaviy taklifiga bogʻliqligini 
ifodalaydi. 
Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga keltirish maqsadida oʻz 
tovarlari sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning yetishmasligi monopol 
yuqori narxlarning oʻsishiga olib keladi. 
Taklif miqdori 
R2 
R1 
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx 
6-rasm. Taklif boʻyicha narx egri chizigʻi 
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab chiqarish va 
sotish hajmini qisqartirishdan koʻrilgan zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday 
yoʻqotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni yanada yuqori darajada 

belgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan 
olingan tushum yoʻl qoʻyilgan yoʻqotishni qoplashi hamda daromad miqdorining oʻsishini 
ta’minlashini nazorat qilib turadilar. 
Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab 
chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab boʻyicha narx qonunidan oʻziga xos 
tarzda foydalanadi. 
Ommaviy talab boʻyicha narxning oʻzgarishi quyidagi miqdoriy bogʻliqlikni aks 
ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta boʻlsa, bozor narxi 
darajasi shunchalik yuqori boʻladi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib 
boradi. Bu bogʻliqlik 9.5-chizmada yaqqolroq aks ettirilgan. 
Chizmadan koʻrinadiki, tik oʻqda muayyan tovarlarga talab hajmining koʻpayib borishi, 
yotiq oʻqda esa mahsulot birligiga boʻlgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab 
boʻyicha narx egri chizigʻi (R1R2) bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bogʻliqligini 
ifodalaydi. 
Monopsonist oʻzi uchun zarur boʻlgan tovarni, masalan qishloq xoʻjaligi xomashyosini 
oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini tayyorlab qoʻyadi. Bu esa 
unga yangi hosilning yigʻim-terimi davrida oʻzi sotib olayotgan xomashyoga monopol past 
narxlarni oʻrnatish imkonini beradi. Bunday past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. 
Sun’iy ravishda sotilayotgan mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid 
narxlarining navbatdagi pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. 
Bunga gʻarb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va 
Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan sotib 
olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida keltirish mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda 
eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofe, kakao va h.k.)ga ham azaldan oʻta past narxlar 
oʻrnatib kelinadi. 
9 8 7 6 5 4 3 2 1 
10 
Talab miqdori 
R2 
R1 
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Narx 
7-rasm. Talab boʻyicha narx egri chizigʻi 

Bir vaqtning oʻzida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma oʻzining 
daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda monopol yuqori 
va monopol past narxlardan foydalanilib, ular oʻrtasidagi farq xuddi qaychining ikkita kesuvchi 
tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati 
tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining kengayishiga asoslanadi. U sanoatning koʻplab 
qayta ishlovchi korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar oʻzlarining tayyor mahsulotlariga 
undirma sanoat tarmoqlarida oʻrnatilgan narxlarga nisbatan bir necha marta yuqori narx 
oʻrnatadilar. 
XX asrning ikkinchi yarmida AQSH, Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa gʻarb 
mamlakatlarida agrobiznes sohasining kengayishi bilan narxlar qaychisi asosiy usullardan biriga 
aylanib, uning yordamida yirik firmalar oʻrta va mayda fermerlarni qishloq xoʻjaligi ishlab 
chiqarishidan siqib chiqardilar. 
Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning 
shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoʻllaniluvchi «ergashish» hamda 
«inkor etish» xatti-harakatlari orqali izohlanadi. 
«Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx boʻyicha qilingan oʻzgarish 
(narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham ergashish, ya’ni 
shunday oʻzgarishlar qilish kuzatiladi. Odatda, bozorda oʻz tovarlariga narxni pasaytirish orqali 
iste’molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist xatti-harkatiga 
javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar. Natijada narxning umumiy pasayishi 
roʻy berib, bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya’ni oligopolistning xatti-harakati samara 
bermaydi. 
«Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx boʻyicha qilingan oʻzgarish 
(narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish, ya’ni hech 
qanday javob oʻzgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Koʻpincha bunday holat oligopolist tomonidan 
oʻz tovariga narxni oshirgan chogʻida roʻy beradi, ya’ni qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini 
oshirmaydilar. Natijada, narxni oshirgan oligopolist oʻz iste’molchilarini yoʻqotib, bozordan 
siqib chiqariladi. 
Yuqorida bayon etilgan holatlar natijasida oligopolist-firmaning talab egri chizigʻi «siniq 
egri chiziq» koʻrinishini oladi (8-rasm). Bunday holatni birinchi boʻlib XX asrning 40-yillarida 
amerikalik iqtisodchi P.Suizi tavsiflab bergan. 
9 8 7 6 5 4 3 2 1 

10 

D1 S 
D3 
P2 
P0 E 
P1 
S D1 
D2 
0 Q3 Q2 Q0 Q1 Q 
8-rasm. Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizigʻining 
«sinishi» 
Chizmadan koʻrinadiki, dastlab oligopolist firmaning mahsulotiga talab egri chizigʻi 
D1D1 koʻrinishida boʻlib, R0 narx darajasida Q0 sotish hajmini ta’minlar edi. Oligopolist-firma 
oʻz tovari narxini R1 darajaga pasaytirishi talabni oʻstirib, mahsulot hajmini Q1 ga qadar oshirishi 
koʻzda tutilar edi. Biroq, boshqa oligopolistlarning «ergashish» xatti-harakatini tutishi, ya’ni 
ularning ham oʻz tovarlari narxini pasaytirishi natijasida talab egri chizigʻining «sinishi» roʻy 
berib, u endi D1ED2 koʻrinishini oladi. Oqibatda sotish hajmi oldingi Q0 darajasida qolgani holda 
tovarning narxi pasayib, oligopolistlar oʻz foydalarining ma’lum bir qismini yoʻqotadilar. 
Oligopolist-firma oʻz tovari narxini R0 dan R2 ga oshirgan taqdirda qolgan oligopolistlar 
«inkor etish» hatti-harakatini qoʻllashlari natijasida talab egri chizigʻi yana «sinadi». Oldingi 
D1D1 koʻrinishdagi talab egri chizigʻi endi D3ED1 koʻrinishini oladi. Agar boshqa oligopolistlar 
ham oʻz tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur oligopolist-firmaning tovariga boʻlgan talab 
hajmi Q2 ga qadar qisqarishi lozim boʻlsa, bunday xatti-harakatning amalga oshirilmasligi 
natijasida bu qisqarish Q3 ga qadar davom etadi, ya’ni bozordagi sotish hajmini yoʻqotish 
darajasi oshib ketadi. 
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan koʻrinadiki, oligopoliya sharoitida ishlab chiqaruvchilar 
narxni koʻproq oʻzaro kelishish orqali belgilashga harakat qiladilar. 
Oʻz mahsulotlariga bozor narxini oʻrnatishda oligopolistlar tomonidan «narx boʻyicha 
yetakchilik» xatti-harakati keng qoʻllaniladi. Bu xatti-harakat narx vositasida raqobatlashuvni 
inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist-firmalarning narxni shakllantirish va uni 
oʻzgartirishda yetakchi oligopolist-firmaga ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng 

yirik firma yetakchi sifatida maydonga tushadi. Narx boʻyicha yetakchi firma boshqalarga 
qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha ustun boʻlsada, u oʻzining xatti-harakatini faqat narx jihatdan 
tazyiq oʻtkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda yetakchi-firma boshqa 
ergashuvchi-firmalarning ham manfaatlarini e’tiborga olmogʻi lozim. Bu manfaatlar ularning 
xarajatlarini qoplash, me’yordagi foydani ta’minlash, mahsulotlarini sotishga sharoit yaratish 
kabi holatlar orqali namoyon boʻladi. Agar talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining oʻzgarishi 
natijasida bozor narxi oligopolistik kelishuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq 
kelmay qolsa, yetakchi firma darhol narxlarni oʻzgartirishi lozim boʻladi. 
9.4. Narx siyosati va uning Oʻzbekistonda amalga oshirilish xususiyatlari 
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan 
barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati koʻp jihatdan narxlarni erkinlashtirish, 
milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi. 
Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yoʻnalishlaridan biri 
boʻlib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari koʻp jihatdan shu muammoning hal 
etilishiga bogʻliq boʻladi. 
Narxlarni erkinlashtirish xomashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan 
aholi va korxonalar daromadlari oʻrtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan 
farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yoʻllar bilan erkinlashtiriladi: 
a) narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qoʻyib yuborish; 
b) narxlarning oʻsishini sun’iy ravishda toʻxtatib qoʻyish; 
d) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish. 
Bozor munosabatlariga oʻtayotgan har bir mamlakat, shu yoʻllardan birini tanlashda 
ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining 
moddiy ahvoliga qanday darajada ta’sir koʻrsatishi, isloh qilishning tanlab olingan yoʻliga 
qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olishi muhim 
ahamiyatga ega boʻladi. 
Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar narxlarni 
erkinlashtirishning «esankiratuvchi» yoʻlini tanlab oldi. Barcha turdagi xomashyo resurslari, 
iste’mol mollari hamda xizmatlar narxlari bir yoʻla erkin qoʻyib yuborilishi natijasida narxlar 
keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy ahvolining 
keskinlashuviga olib keldi. Ishlab chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq 
xoʻjaligining izdan chiqishiga sabab boʻldi. 

Oʻzbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning oʻziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat 
va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich 
erkinlashtirish yoʻli tanlab olindi. Shu yoʻl bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki 
bosqichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi boʻlgan 
mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin 
narxlari va tariflariga oʻtildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va 
sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qoʻyildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori 
tariflari joriy qilindi. 
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni 
davlat tomonidan tortibga solish toʻxtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga 
solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning soni ancha 
qisqardi. 
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil oktyabr-noyabr) xalq 
iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qoʻyib yuborildi, transport va kommunal 
xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning 
birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) toʻliq erkinlashtirish bilan tugadi. 
Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga 
olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamgʻarmalar tuzildi, ish haqi, 
pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun 
nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam koʻrsatildi, imtiyozli soliq stavkalari 
joriy etildi. 
Aynan samarali va oqilona narx siyosati vositasida mamlakatimizda birlamchi ehtiyojga 
ega boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bu esa, birinchidan, aholining mazkur 
tovarlarga boʻlgan ehtiyojlarini milliy ishlab chiqarish tomonidan toʻla va sifatli ta’minlash 
imkonini berdi. Ikinchidan esa, oziq-ovqat va boshqa strategik ahamiyatga ega boʻlgan 
tovarlarning oʻzimizda yetarli hajmda ishlab chiqarish imkoniyatining qoʻlga kiritilishi, 
respublikamizning boshqa mamlakatlardan qaramligini bartaraf etib, iqtisodiy xavfsizlikni 
ta’minladi. Bu borada, Prezidentimiz I.Karimovning quyidagi soʻzlarini keltirib oʻtish oʻrinlidir: 
«Barchamizga bir holat yaxshi ma’lum, deb oʻylayman. Keyingi vaqtda qoʻshni mamlakatlarda 
va jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin koʻtarilib borayotgani kuzatilmoqda. 
Bunday vaziyatda respublikamiz ichki bozorining, aholimizning oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
ishonchli ta’minlanishi alohida ahamiyat kasb etadi. 

Shu munosabat bilan bizning 90-yillardanoq gʻalla mustaqilligiga erishish, aholining un va 
nonga, boshqa hayotiy muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bulgan talabini toʻla ta’minlash 
vazifasini oʻz oldimizga qoʻyganimiz va uni muvaffaqiyatli hal etganimiz uzoqni oʻylab qilingan 
oqilona ish boʻlganini eslash oʻrinlidir. 
Bugungi kunda Oʻzbekiston bugʻdoy, un, paxta yogʻi, meva-sabzavot, quruq mevalar va 
uzum, poliz mahsulotlari kabi oʻta zarur oziq-ovqat tovarlari bilan nafaqat oʻz ichki ehtiyojlarini 
toʻliq ta’minlamoqda, balki ularni yurtimizdan tashqariga ham eksport qilmoqda. Hozirgi paytda 
goʻsht va sut mahsulotlari, guruch, kartoshka va boshqa muhim oziq-ovqat mollariga boʻlgan 
talabni oʻzimizda ishlab chiqarilayotgan tovarlar hisobidan toʻliq qoplanmoqda va bunday 
holatni oʻzimizning ulkan yutugʻimiz deb hisoblaymiz»2. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi hamda 
barqarorligini oshirishda narxning ahamiyati oshib bormoqda. Jumladan, Oʻzbekistonda qat’iy 
tejamkorlik tizimini ragʻbatlantirish orqali korxonalarning raqobatdoshligini oshirish koʻp 
jihatdan mahsulotlar tannarxini pasaytirishga bogʻliqdir. Shunga koʻra, «Inqirozga qarshi 
choralar dasturida 2009-yilda barcha turdagi energiya manbalari va kommunal xizmatlarning 
asosiy turlari boʻyicha narxlarning koʻtarilishini cheklash, ya’ni ularni 6-8 foizdan oshirmaslik 
mexanizmi ishlab chiqilgan»3 boʻlib, mazkur choralar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 
raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va eksport qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
Narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va 
ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi. 
Bozor narxi – bir tomondan, tovarlarning sotilishi ta’minlovchi, boshqa tomondan, 
bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydigan muvozanatlashgan narx. 
Joriy narx – yil davomidagi ishlab chiqarish natijalari hisoblashda qoʻllaniluvchi 
amaldagi narx. 
Qiyosiy narx – ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida 
hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx. 
Narx tizimi – iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari. 
Ulgurji narx – ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yoʻla 
koʻtarasiga sotilganda qoʻllaniladigan narx. 
Shartnoma narx – sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular tomonidan 
tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. 

Chakana narx – tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx. 
Chegaralangan narx – davlat tomonidan yuqori va quyi chegaralari belgilanib, shu 
doirada oʻzgarishi mumkin boʻlgan narx. 
Dotatsiyalangan narx – davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx. 
Demping narx – bozorda oʻz mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish 
uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. 

Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va oʻzgarishlarimizning bosh maqsadidir. 
Oʻzbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yakunlari va 2008 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor 
yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Хalq soʻzi, 2008 yil 9 fеvral. 

Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, Oʻzbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yoʻllari va 
choralari. – T.: Oʻzbеkiston, 2009, 34-b. 
Nufuzli narx – sotish hajmini oʻzgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish uchun 
firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. 
Erkin bozor narxi – talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxi. 
Narx diapazoni – narxlar oraligʻining puldagi ifodasi. 
Hududiy narx – faqat ma’lum hududiy bozorga xos boʻlib, shu hudud doirasidagi omillar 
ta’sirida hosil boʻladigan narx. 
Milliy bozor narxi – bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks 
ettiruvchi narx. 
Jahon bozori narxi – muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan baynalminal 
xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va xalqaro bozordagi talab 
va taklif nisbatini hisobga oladigan narx. 
Ommaviy talab boʻyicha narxning oʻzgarishi – taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy 
talabi qanchalik katta boʻlsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori boʻlishi va aksincha, 
talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib borishi oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik. 
Ommaviy taklif boʻyicha narxning oʻzgarishi – talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik 
yuqori boʻlsa, bozor narxi darajasi shunchalik past boʻlishi va aksincha, taklif kamayishi bilan 
narx oshib borishi oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik. 
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar 

1. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering. Narx asosiy 
turlarining qisqacha tavsifini bering. 
2. Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar mavjud? Ularning afzallik va 
kamchilik tomonlarini koʻrsatib bering. 
3. Narxning shakllanishiga ta’sir koʻrsatuvchi asosiy omillar nimalardan iborat? 
4. Mukammal raqobat sharoitida narxning tashkil topish mexanizmini tushuntirib 
bering. 
5. Sof monopoliya sharoitida narx qanday shakllanadi? 
6. Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi qanday oʻziga xos xususiyatlarga ega? 
7. Oligopoliya sharoitida firmalarning «inkor etish» va «ergashish» hattiharakatlarining mazmuni 
nimadan iborat? «Narx boʻyicha yetakchilik» tushunchasini izohlab 
bering. 
8. «Narxlar qaychisi» nima va undan qanday sharoitlarda foydalaniladi? 
9. Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida Oʻzbekistonda narxni erkinlashtirish 
jarayoni qay tarzda amalga oshirildi? 
10. Narx siyosati nima? Oʻzbekistonda narx siyosati amalga oshirilishining qanday 
xususiyatlari mavjud? 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   152

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha

yuklab olish