Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat?
mutlaq cheklanganlik;
inson mehnatining natijasi;
nisbatan cheklangan yoki kamyob;
qiymatga ega;
tabiat mahsuli.
“Iqtisodiyot nazariyasi” qaysi fanlar guruhiga kiradi?
iqtisodiy fanlar;
siyosiy fanlar;
ijtimoiy fanlar;
ijtimoiy-gumanitar fanlar;
tabiiy fanlar.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani nimani o‘rgatadi?
ijtimoiy tuzumlarni;
kishilik jamiyati rivojlanishining iqtisodiy qonun va qonuniyatlarini;
ishlab chiqarish kuchlarini;
moddiy ne’matlar ishlab chiqarishni;
kishilarning xulq-atvorini.
Takror ishlab chiqarish nazariyasini birinchi bo‘lib kimlar yaratgan?
merkantilistlar;
fiziokratlar;
klassik siyosiy iqtisodchilar;
keynschilar;
marjinalistlar.
Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega?
obyektiv;
subyektiv;
ham obyektiv, ham subyektiv;
huquqiy;
ijtimoiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |