1-mavzu. Iqtisodiyot, bozor va iqtisodiy siyosat



Download 35,93 Kb.
bet1/5
Sana31.03.2022
Hajmi35,93 Kb.
#520057
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu. IQTISODIYOT, BOZOR VA IQTISODIY SIYOSAT

1.1. Iqtisodiyot va bozor. Bozordagi muvaffaqiyatsizliklar va hukumat organlarining roli.


1.2. Iqtisodiy sohani boshqarish va tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari va vositalari.
1.3. Iqtisodiy siyosatning tipologiyasi va konsepsiyasi



    1. Iqtisodiyot va bozor. Bozordagi muvaffaqiyatsizliklar va hukumat organlarining roli.

Zamonaviy iqtisodiyot fani iqtisodiyotni buyruqbozlik, bozor va aralash turlarga ajratadi. Buyruqbozlik iqtisodiyoti jamiyatdagi ishlab chiqarishda davlatning roli etakchi ekanligi bilan tavsiflanadi. Barcha mulk davlatga tegishli bo’lib, u tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlari uchun majburiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti – tadbirkorlik faoliyati, xo’jalik hisob-kitoblari, tovar va xizmatlarni ayirboshlashga, talab va taklif o’rtasida tartibga solinuvchi nisbatga asoslangan iqtisodiyotdir. Uni ba’zida erkin tadbirkorlik tizimi deb ham atashadi. Aralash iqtisodiyot – turli xil shakllarda bo’lib, bozor iqtisodiyoti va davlatning iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi ishtirokining uyg’unlashuvi bilan tavsiflanadi.

O’tgan asrning 80-yillar oxirida buyruqbozlik iqtisodiyoti o’rniga bozor iqtisodiyoti kelib, u mos keluvchi bozor munosabatlari va mulkchilikning turli xil shakllarini olib keldi. Buyruqbozlik (markazlashgan) iqtisodiyotda boshqaruv «yuqoridan pastga» amal qilgan bo’lib, qabul qilinuvchi qarorlarning samarali va asoslanganligi ta’minlash uchun zarur bo’lgan teskari aloqa doim ham ko’zga tashlanmagan bo’lsa, bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari faoliyat turini tanlashda erkinlikni, tadbirkorlik faolligi va raqobatni ko’zda tutadi. Bu erda moddiy baza bo’lib xususiy mulk xizmat qiladi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni esa yuqori foyda olish rag’batlantiradi.

Bozor iqtisodiyoti qadimgi davrlarda vujudga kela boshlagan bo’lsada, uch yuz yildan beri amal qilib kelmoqda. Tovarlarni ayirboshlash zaruratidan kelib chiqqan bozor asta-sekinlik bilan jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakliga aylanib bordi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan odamlar tovarlarni ayirboshlash qandaydir sirli aloqalarga egaligini tushuna boshlagan bo’lib, ularni Adam Smit o’z vaqtida «ko’rinmas qo’l» deb atagan.

Hozirgi kunda bozor Adam Smit davridagi yoki K.Marksning «Kapital» asarida tasvirlangan bozorga unchalik o’xshamaydi, albatta. Biroqning bozorning asosi sezilarli o’zgarmagan. Narx, qiymat, raqobat, talab va taklif – bularning barchasi bozor toifalaridir. Bozor mexanizmini to’g’ri tushunish uchun narx va qiymat o’rtasidagi farqni tasavvur qila olish, iste’mol va ayirboshlash qiymati nima ekanligini, raqobatning asosiy belgilarini bilish zarur.


Nomukammal bozor natijalari resurslarni qayta taqimlash yoki rag'batlantirih tarkibini o'zgartirih orqali tuzatiladi. Bozor etishmovchiligi nima ekanligini va nima uchun u davom etayotganini aniq aniqlamasdan turib, bozorda muvaffaqiyatsizliklar uchun echimni aniqlash mumkin emas. 
Raqobatning keng, mukammal ta'rifidan foydalanib, raqobatdosh tadbirkorlar va iste'molchilarga vaqt o'tishi bilan bozorni muvozanat tomon yo'naltirishga imkon berish orqali bozordagi nosozliklar tuzatiladi. Bozorlar doimo mutanosiblikka intilishadi, unga hech qachon erishib bo'lmaydi. Buning sababi, inson bilimlari cheklanganligi va real sharoit o'zgarishi.
Ba'zi bir iqtisodchilar va siyosatshunoslar bozorda yuzaga kelgan tanazzulni qoplash uchun mumkin bo'lgan aralashuvlar va tartibga solishni taklif qilmoqdalar. Tariflar, subsidiyalar, qayta taqsimlanadigan yoki jazo solig'i, oshkor qilish vakolatlari, savdo cheklovlari, narxlar va shiftlar va boshqa ko'plab bozor buzilishlari samarasiz natijalarni tuzatish asosida oqlandi.
Boshqa iqtisodchilarning ta'kidlashicha, bozorlar tan olinmagan, ammo bozordagi muvaffaqiyatsizliklar noto'g'ri tuzilgan. Bozorlar biron bir idealga (mukammal raqobat) nisbatan muvaffaqiyatsiz bo'ladimi-yo'qligini so'rashning o'rniga, savol shuki, bozorlar odamlar taklif qilishi mumkin bo'lgan har qanday boshqa jarayonlarga qaraganda yaxshiroq ishlaydi.
Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «ko`rinmas ko`l»i uni yo`naltirib tursada davlatning aralashuvisiz iktisodiyot o`zini- o`zi samarali boshkara olmas ekan. Bozor kuchlari avvalam bor iktisodiyotda mavjud barcha resurslardan to`lik foydalanishni va baxolarning barkaror darajasini ta`minlab turadigan darajadagi milliy ishlab chikarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas.
Bozor iktisodining ko`zda tutilmagan salbiy samaralari quyidagilar:


  • bozorni monopollashuvi xavfi;
    jamiyat infratuzilmasini ( transpor, ijtimoiy infratujilma, mudofaa, jamoat tartibini saklash,fundamental tadkikotlar va x.k.) rivojlantirishga ragbatning yo`kligi;
  • atrof muxitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish xavfi;


  • ijtimoiy tengsizlik, axoli daromadlari darajasidagi tabakalanish darajasinig o`sishi;


  • resurslarni adolatsiz taxsimlanishi xavfi;


  • iktisodiyotning bekaror rivojlanishi, iktisodiy inkirozlarning ro`y berishi va x.k.



Sof bozor uchun xos bo`lgan bu kamchiliklar davlatning, iktisodiy tizimning samaradorligini oshirishga karatilgan, asosiy funktsiyalarini belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro`y berdi, va ko`pchilik davlatlarning bugungi kundagi iktisodiyoti sof bozor iktisodiyoti xam, sof davlat iktisodiyoti xam emas. «Iktisodiyotni barkaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy kism- bozor va xukumat zarur. Ularsiz xozirgi zamon iktisodiyotini boshkarish –xuddi bitta ko`l bilan karsak chalish bilan barobardir»* Ilgor davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inkiroziy xodisalarni yumshatishga va iktisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi.
Davlatning iktisodiy funktsiyalari ko`p va xilma-xildir. SHuning uchun taxlilimizda davlatning asosiy iktisodiy funktsiyalarinigina ko`rib chikamiz.
Davlatning asosiy ikvtisodiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:

  • 1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xukukiy baza va ijtimoiy muxitni ta`minlash;

  • 2. raqobat muxitini yaratish va uni himoya kilish.

  • 3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maqsadida resurslarni kayta taksimlash;

  • 4. atrof muxitni ximoya kilish;

  • 5. daromad va boyliklarni kayta taqsimlash;

  • 6. iktisodiyotni barkarorlashtirish, ya`ni, iktisodiy kon`yukturaning o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat kilish xamda iqtisodiy o`sishni ragbatlantirish.

Davlat bozor iktisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iktisodiy faoliyatni tartibga soluvchi konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama solikka tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo kelishuvlar orkali erishiladi.



    1. Download 35,93 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish