1-Mavzu. Iqtisodiy tizimlar va doiraviy aylanishlar. Reja



Download 42,93 Kb.
Sana20.02.2022
Hajmi42,93 Kb.
#461023
Bog'liq
1-Mavzu. Iqtisodiy tizimlar va doiraviy aylanishlar


1-Mavzu. Iqtisodiy tizimlar va doiraviy aylanishlar.


Reja:
1.Ijtimoiy iqtisodiy tizim belgilari.
2. Ijtimoiy iqtisodiy tizim turlari.
3.Ijtimoiy iqtisodiy tizimlarning rivojlanishi va o‘rin almashinuvi.
4.Bozor iqtisodiyotiga o‘tish.
5.Bozor tizimining transformatsiyasi.


Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
1.Ijtimoiy-iqtisodiyot taraqqiyot bosqichlarini bilishga turli xil yondashuvlar

Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlarni o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.


Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo’lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
1-Topshiriq: Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlarni yozib oling va izoh yozing.
- tarixiy-formasion yondashuv;
- madaniylashish (sivilizasiya) darajasi jihatdan yondashuv;
- texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;
- sosial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan yondashuv.


2-Topshiriq: Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formasiyani tashkil etadi. Xurmatli talaba siz ushbu chizmani chizib oling va izoxlab bering.

Ish kuchi

Ishlab chiqaruvchi kuchlar.

1-chizma. Ijtimoiy-iqtisodiy formasiyaning tarkibiy tuzilishi.


3-Topshiriq: Jamiyat taraqqiyotini sivilizasiya nuqtai-nazaridan o’rganishda sivilizasiyalarning almashuvi nazariyasi muhim o’rin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan iborat sivilizasiyani ajratib ko’rsatadilar: Xurmatli talaba siz ushbu nazariyalarni yozib oling va izoxlang.

  1. davomiylik muddati 30-35 asrni o’z ichiga olgan neolit davri;

  2. davomiylik muddati 20-23 asrni o’z ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza asri);

  3. davomiylik muddati 12-13 asrni o’z ichiga olgan antik davr (temir asri);

  4. davomiylik muddati 7 asrni o’z ichiga olgan erta feodal davri;

  5. davomiylik muddati 4,5 asrni o’z ichiga olgan industrlashishdan oldingi davr;

  6. davomiylik muddati 2,5 asrni o’z ichiga olgan industrial davri;

  7. davomiylik muddati 1,3 asrni o’z ichiga olgan yuqori industrlashish davri.1



2.Iqtisodiy tizim tushunchasi va tizim modellari
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari.
4-Topshiriq: Siz ushbu iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab turkumlash turlarini yozib oling va yozma izoxlang.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:
1. Ishlab chiqarish usuli nima va uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
2. Ishlab chiqarish usullarining eng muhim o’ziga xos belgilarini ajratib ko’rsating. Bir ishlab chiqarish usulining boshqasiga almashinishi sabablari haqida mulohaza bildiring.
3. Ishlab chiqarish texnologik usulining tarkibiy qismlarini sanab ko’rsating. Fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish texnologik usuliga ta’siri qanday? Ishlab chiqarish texnologik usullarining bosqichlari bir-biridan nima bilan farqlanadi?
4. Iqtisodiy tizim nusxalarini farqlantiradigan asosiy belgilarini sanab ko’rsating.



1 Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 55-б.

Download 42,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish