1-mavzu. ”Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining predmeti va vazifalari


Fanning o’rganish uslubiyoti (metodologiyasi)



Download 61 Kb.
bet2/6
Sana22.11.2022
Hajmi61 Kb.
#870162
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Smit
Fanning o’rganish uslubiyoti (metodologiyasi)



«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim o’rinni egallaydi.
Insoniyat o’zining ko’p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hoqimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g’oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba’zida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiy g’oyalarni har tomonlama chuqur o’rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya’ni hayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko’p yillik tajriba mujassamlashgan bo’ladi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanining predmeti bo’lib, ma’lum davrlardagi u yoki bu ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g’oyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
Bu g’oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo’nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g’oya, qarash, nazariya va ta’limotlarni o’z ichiga oladi.
Metodik jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg’or metodlari yig’indisidan iborat bo’lib, tarixiy, induksiya, mantiqiy abstraksiya va boshqa usullardan keng foydalanadi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani «Iqtisodiy nazariya» fani bilan chambarchas bog’liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so’nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg’un bo’lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin o’zgarishlar davrida evolyusiyada bo’ladi. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g’oya, qarash, nazariya, qonun, ta’limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtai nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa iqtisodiyot nazariyasi fani bilan bevosita bog’liq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davrni qamrab olgan va mustaqil harakterga ega. Bu fanni o’rganish orqali ekonomiks, xalq xo’jaligi tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy predmetlarni o’zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o’zgarishning shart-sharoitlari va oqibatlarini taxlil etishga katta ko’mak beradi.
Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to’g’risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Xalqlar boyligi» asarida asosan to’la tahlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g’oyalar esa qadimdan ma’lum. Ularni o’rganish va eng muhimi hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi, ko’p hollarda Amerikani yangidan kashf etishga xojat qolmaydi.



Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish