1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Kompleks iqtisodiy tahlil metodikasi



Download 282,03 Kb.
bet12/80
Sana26.02.2022
Hajmi282,03 Kb.
#468091
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
Bog'liq
5555555 (1)

Kompleks iqtisodiy tahlil metodikasi




Metodika – analitik tadqiqotni yanada maqsadga muvofiq bajarishning usullari va qoidalari majmuidir. Tahlilda umumiy va xususiy metodika farqlanadi.
Umumiy metodika iqtisodiyotning turli sohalaridagi iqtisodiy tahlilning turli obyektlarini o‘rganishda foydalaniladi. Xususiy metodika muayyan iqtisodiyot sohalari, ishlab chiqarish turi, tadqiqot obyektlarida tahlil ko‘rinishida umumiy qo‘llanilishini aniqlashtiradi.
Tahlilning ixtiyoriy metodikasi analitik tadqiqot o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar yoki metodologik tavsiyalarni o‘zida aks ettiradi, aynan:

  • analitik tadqiqot o‘tkazish ketma-ketligi va davriyligi bo‘yicha tavsiyalar;

  • o‘rganilayotgan obyektlarni tadqiq qilish usul va uslublarini tavsiflash;

  • tahlilni tashkil qilish, uning metodik, texnik va informatsion ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatmalar;

  • tahlil natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar.

Iqtisodiy tahlil metodikasining ikki elementiga yanada batafsil to‘xtalamiz:

  1. tahlil texnologiyasi (analitik ishlarni bajarish ketma-ketligi);

  2. o‘rganilayotgan obyektlarni tadqiq qilish usullari (tahlilning metodik instrumentariysi).

Kompleks iqtisodiy tahlilni bajarishda bir nechta texnologik bosqich ajratiladi:

  1. tahlil obyektlari, maqsad va vazifa aniqlanadi, analitik ishlar rejasi tuziladi, chunki maqsad aniq keltirilmasa, tahlil jarayoni o‘z ma’nosini yo‘qotadi;

  2. tahlil obyektini tavsiflashga ko‘maklashuvchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqiladi;

  3. tahlil uchun zaruriy axborot to‘planadi va tayyorlanib (uning aniqligi, ishonchliligi tekshiriladi, mutanosib ko‘rinishga olib kelinadi, tizimlashtiriladi. Iqtisodiy tahlil natijalari axborotlarning sifatiga bog‘liq bo‘ladi;

  4. xo‘jalik yuritishning haqiqatdagi natijalarini hisobot davri reja ko‘rsatkichi bilan, qabul qilingan me’yorlar va standartlar, o‘tgan yillar haqiqatdagi ma’lumotlari bilan, yetakchi korxonalar yutuqlari, o‘rtacha soha bo‘yicha taqqoslash o‘tkaziladi; korxona rivojlanishi tendensiyalari va sur’atlari, uning reytingi, moliya va tovar bozoridagi holati o‘rganiladi; yechimi bo‘yicha muayyan chora-tadbirlar taqozo qiluvchi muammolar topiladi;

  5. omillar va korxona faoliyati natijalariga o‘tmishda hamda istiqbolda ularning ta’siri aniqlanadi, korxona maqsadlariga erishishda foydalanilmagan imkoniyatlar hisoblanadi va shuning asosida erishilgan natijalarni baholash amalga oshiriladi;

  6. yuzaga kelgan vaziyatda korxona rivojlanishining ehtimoliy ssenariysi ko‘rib chiqiladi, fan va amaliyot sohasida yangiliklarni o‘rganish negizida korxona mehnat unumdorligini oshirishning mavjud zaxiralari baholanadi;

  7. qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan strategik va taktik boshqaruv qarorlari qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanadi; qabul qilinayotgan qarorlarning ehtimoliy oqibatlari, ishlab chiqarish va moliyaviy risklar darajasi baholanadi; korxonaning operativ, joriy va istiqbolli rejalari aniqlanadi.

Analitik tadqiqotlarni bajarishning bunday ketma-ketligi iqtisodiy tahlil nazariyasi va amaliyoti nuqtai nazaridan yanada maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Analitik tadqiqotning turli bosqichlarida qo‘llaniladigan tahlilning texnik uslublari va usullari (tahlil instrumentariysi) iqtisodiy tahlil metodikasining eng muhim elementi hisoblanadi va quyidagicha yoziladi.

Download 282,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish