O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlil quyidagi yo‘nulishlarda rivojlanishi lozim deb hisoblaymiz:
raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlan- tirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlaming faoliyatini moliyaviy va boshqaruv jihatidan tahlil etishni takomillashtirish lozim;
hozir respublikamizda ko‘p mulkchilikka asoslangan bozor tizimidagi korxonalar vujudga keldi. Iqtisodiy tahlil ham ana shu sohaga mos rivojlanishi lozim;
O‘zbekistonda barcha sohalar bo‘yicha, ayniqsa, buxgal- teriya hisobining jahon andozalariga mos tizimi qabul qilinmoqda. Bu esa xalqaro andozaga mos moliyaviy va boshqaruv tahlili tizimini ham yaratishni taqozo qiladi;
Bu fanning nazariyasini o‘zinrizda shakllanayotgan bozor iqtisodiyotining xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratish lozim;
O‘zbekistonda makroiqtisodiy tahlil amaliy jihatdan obyektiv zaruriyatga aylandi. Ammo, uning nazariyasi va metodologiyasi yaratilgan emas, shu tufayli kelajakda makroiqtisodiy tahlilni nazariy va metodologik asosi ishlab chiqilishi lozim;
Olimlar sanoat, qurilish, transport, xizmat va boshqa iqtisodiyotning muhim sohalari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘lanmalarini yaratishlari kerak;
Iqtisodchi mutaxassislami tayyorlashda bu fanga tegishli ahamiyat berish va davlat ta’lim standartlariga va o‘quv rejalariga kiritish lozim, deb hisoblaymiz.
Ushbu tadbirlaming amalga oshishi mustaqil davlatimizning mustaqil fani - iqtisodiy tahlilning yanada rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Bu fanning kelajakda ahamiyati keskin oshadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoiti har xil korxonalaming xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.
1.2. Iqtisodiy tahlii fanining predmeti
Respublikamizda raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida korxonalaming yanada rivojlanishi bevosita ulami boshqarish tizimiga bog‘liqdir. Iqtisodiyotida korxonalar faoliyatini samarali boshqarish uchun esa ular faoliyatini muttasil o‘rganib, tahlil qilib turish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha boshqamv bo‘g‘inlarida iqtisodiy tahlil muhim ahamiyatga egadir. Chunki, iqtisodiy tahlil vositasida axborotlar hamda ma'lumotlar o‘rganilib, qayta ishlanib jamiyat hamda alohida olingan korxonalaming faoliyati tezkorlik bilan yo‘lga solib turiladi.
Fan - texnika yangliklari asosida ishlab chiqarishni yangi texnika hamda texnologiya bilan ta'minlash, modemizatsiya qilingan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan jadal foydalanish, boshqamv tizimini, xo‘jalik mexanizmini zamonaviy usullar hamda yangi innavatsion g‘oyalar bilan takomillashtirish negizida iqtisodiyotni rivojlantirish hamda shu asosda xalqimizning farovqnligini yanada yuksaltirish hozirgi davrda oldimizda turgan dolzarb vazifalardir. Bu vazifalami muvaffaqiyatli bajarish uchun sanoat korxonalarining faoliyatini har tomonlama hamda muntazam tarzda iqtisodiy tahlil qilish darkor.
Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida iqtisodiy tahlil jarayonida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan-murakkabga yoki aksincha, umumiylikdan eng kichik omilga qadar o‘rganadi hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘lanishi e’tiborga olinadi. Demak, iqtisodiy tahlil fani firma va korxonalaming iqtisodiy - ijtimoiy faoliyatini obyektiv va subyektiv omillami e’tiborga olgan holda o‘rganadi.
Fanning predmeti deyilganda, shu fan nimani o‘rgatadi degan savolga javob berishi lozim bo’ladi. Har qanday mustaqil fan o‘zining predmetiga ega. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga keng ma'noda qaraydigan bo‘lsak, u iqtisodiy fan sifatida tahlil qilinayotgan obyekt xo‘jalik faoliyatining barcha sohalarini o‘z ichiga oladi. Lekin har bir iqtisodiy fan o‘ziga xos xususiyatga, o‘zi o‘rganadigan predmetiga ega. Bu faqat shu fanga xos boTib, imkoni boricha boshqa fanlarda takrorlanmasligi lozim. Bu talab shu fanning mustaqil fan sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun asosiy shartlardan biri hisoblanadi.
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti tom ma'noda tahlil qilinayotgan obyektning xo‘jalik faoliyatidir. Ammo, «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob», «Statistika», «Moliya», «Audit», «Marketing», «Menejment» kabi fanlaming ham predmeti keng ma’noda xo‘jalik faoliyatidir. Bu fanlar ham xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlaming u yoki bu jihatini o‘rgatadi. Demak, har bir fanning, shu jumladan, «Iqtisodiy tahlil» fanining o‘ziga xos va mos jihatini, unga tegishli predmetini aniqlab olish lozim.
Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘layotgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlami o‘z ichiga oladi. Ammo, bu jarayonlaming sodir bo‘lish paytini emas, balki uning natijasini o‘rganadi, obyektda sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar uning biznes rejasida ko‘zda tutilgan ma’lumotga asoslansa, jarayonning sodir bo‘lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan «Boshqaruv hisobi», «Moliyaviy hisob» va «Statistika» kabi fanlar shug‘ullanadi. Shu jarayonlaming natijasi ma’lum davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli hisobotlarda o‘z aksini topadi. Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan hisobotlarga, jamlangan hujjatlarga asoslanadi.
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti haqida turli iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlaming qarashlari turlicha talqin etilgan. Masalan, iqtisodchi olim M.Q.Pardaev tahlilning predmetiga quyidagicha ta’rif bergan: «Tahlil fanining predmeti, xo‘jalik faoliyatida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar ta'sirida sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini ma’lumotlar manbaida ifodalangan ko'rsatkichlar tizimi orqali uning holatiga baho berish va yaxshilash yo’llarini ishlab chiqishni o‘rganishdan iboratdir».
” Ushbu olimning fikrlariga qo‘shilgan holda, biz hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida «Iqtisodiy tahlil» fanining predmetiga quyidagicha ta’rif berishni lozim deb topdik.
«Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti deb - turli mulk shaklidagi firma, uyushma, birlashmalarda moliyaviy-xo‘jalik jarayonlarini sodir bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zgarishini ijtimoiy- iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorligi, to‘lov qobiliyati, raqobatga chidamli bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur texnik, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, innovatsion boyliklaridan oqilona foydalanayotganligiga baho berishga aytiladi. Bunday o‘rganishda jamiyatda arnal qilayotgan obyektiv va subyektiv qonunlarga tayanadi hamda ko‘pgina axborot manbalaridan foydalanadi».
Boshqacha aytganda tahlil obyektiv va subyektiv omillar ta'siri ostida sodir bo’lgan va bo’layotgan jarayonlaming holati va haraktini hamda ulaming natijalarini o‘zaro bog’liqlikda o‘rganadi.
Iqtisodiy tahlilning predmetida omillar asosiy o‘rinni egallaydi, chunki korxonalaming xo‘jalik faoliyatida yuzaga kelgan va kelayotgan hodisa va jarayonlar o‘z-o‘zidan sodir bo’lmaydi, ular qandaydir obyektiv va subyektiv omillar ta'siri ostida yuzaga keladi. Obyektiv va subyektiv omillaming ta’sirini boshqa fanlar o‘rganmaydi, faqat bulaming ta’siri iqtisodiy tahlilda o‘rganiladi, shuning uchun ham iqtisodiy tahlil fani predmetining negizida obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) omillar va ulaming ta’sirini o‘rganish bejiz qayd qilingan emas.
Fanning predmeti ta’rifidan shu narsa ko'rinadiki, iqtisodiy tahlil korxonalarning xo‘jalik jarayonlari va boshqa faoliyatlari hamda ulaming yakuniy moliyaviy natijalarini o'rganadi. Korxonalardagi xo‘jalik jarayonlari asosiy faoliyat, ulami tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq bo’lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlami qamrab oladi. Korxonaning boshqa faoliyatlarini xo‘jalik jarayonlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyaviy hamada investitsiya faoliyati, soliq to'lovlari kabi munosabatlar tashkil etadi. Iqtisodiy tahlilda korxona iqtisodi faqat dinamik holatda emas, balki statik tarzda ham o‘rganiladi.
Korxona faoliyatida obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga kelgan xo‘jalik jarayonlari mazmuni quyidagicha izohlanadi.
Tahlilning predmetini o‘rganishda faqat sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan cheklanib qolish mutlaqo etarli bo’lmas edi. Tahlildan maqsad mavjud natijaga odilona baho berish bilan birgalikda yo‘1 qo‘yilgan kamchiliklami kelgusida bartaraf qilish va shu orqali tahlil qilinayotgan obyektning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini yaxshilashdan iboratdir.
Korxonalar faoliyatiga baho berishda o‘rganilayotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarga bog’liq bo’lgan subyektiv omillami ham e'tiborga olib tahlil qilinadi. Subyektiv (ichki) omil deyilganda korxonalaming amaliy faoliyati bilan yuqori samaradorlikka erishish, ya'ni mehnat, moddiy va asosiy fondlardan oqilona foydalanish hisobiga ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarishda hamda yuqori foyda olish evaziga korxonalar faoliyatini yaxshilash mumkinligini ham o‘rganadi.
Obyektiv (tashqi) omillar deyilganda, korxona faoliyatiga mutlaqo bog’liq boTmagan omillar tushuniladi, ya’ni davlat siyosatining o‘zgarib turishi, bozordagi talab va takiifhing o‘zgarishi, baho, tabiiy omillar va hokazolar.
Iqtisodiy manbaalardan foydalanib o‘rganish deyilganda esa buxgalteriya, statistik, tezkor hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda korxona va firma faoliyati aniq raqamlar bilan o‘rganiladi va umumlashtiriladi. Chunki, iqtisodiy manbaalar korxonalarda sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlami aniq o‘lchaydi, aks ettiradi va baho beradi.
Har qanday fanning obyekti bo‘lishi lozim. Ammo, «Iqtisodiy tahlil» fanining nazariyasiga bag‘ishlangan eng so‘nggi adabiyotlarda ham bu masalaga yetarlicha e’tibor qaratilmagan. Shu tufayli fanning predmeti bilan obyektini ko‘p hollarda bir xil tushunchalar deb qaraladi. Bu esa o‘z navbatida nazariy jihatdan asossiz, chalkash xulosalarga olib kelishi mumkin.
Har qanday fanning obyekti uning predmeti qayerlarda amalga oshishini ko‘rsatib beradi. «Iqtisodiy tahlil» fanining predmeti hozirgj bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda ko‘p mulkchilikka asoslangan barcha yuridik va jismoniy shaxslaming xo‘jalik faoliyatida mujassam. Shu tufayli, tahlil fanining obyektiga davlat, jamiyat tashkilotlari, uyushmalar, trestlar, birjalar, korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlaming xo‘jalik jarayonlari kiradi. Bu obyektlar iqtisodiy asosi jihatidan davlat, jamoa, aksiyadorlik, xususiy, xorijiy va aralash kabi mulk shaklida faoliyat ko‘rsatadigan obyektlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos va mos iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini tanladi. Bu mustaqil yo‘l bilan hamma sohada, xususan, milliy hisoblar tizimida ham jahon andozalariga bosqichma-bosqich o‘tish ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida, mulk shaklidan qat’i nazar, tahlilning bir xil metodologik usulini yoritishni taqozo qiladi.
Obyektning va davming qanday bo‘lishidan qat’i nazar ushbu fan predmetining mohiyati o‘zgarmasligi, obyekt esa tahlilning qaysi makonda o'tkazilishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Shu jihatdan uning predmeti obyektidan mazmun va mohiyati jihatidan tubdan farq qiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Iqtisodiy tahlilning subyektlari bo‘lib, tahlil obyektini kim tomonidan o‘rganilishiga qarab belgilanadi, ya’ni hozirgi vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini juda ko‘p mutaxassislar, mulkdorlar, davlat idoralari xodimlari tahlil qiladilar.
Tahlil ishlarini amalga oshiruvchi tahlil subyektlari tarkibiga korxona (firma), tashkilot va uyushmalaming oddiy xodimidan rahbar xodimigacha bo’lgan barcha xodimlari, buxgalterlar, iqtisodchilar, menejerlar, boshqaruv idorasi xodimlari, statistika idorlarari xodimlari, auditorlar, moliya tashkilotlari xodimlari, texnik xizmati xodimlari, mehnat birjasi xodimlari, atrofhi muhofaza qilish tashkiloti xodimlari, marketing xizmati xodimlari, bank va birjalar xodimlari kabilar kiradi.
1.3.Iqtisodiy tahlil fanining vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalami boshqarishda iqtisodiy tahlilning roli keskin oshmoqda, chunki, boshqarav tizimida oldingi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechilib, yangi, erkin iqtisodiy mexanizmlar orqali boshqarish tizimi shakllanmoqda. Rejali iqtisodiyotda tahlil asosan reja ko‘rsatkichlarini asoslashga, uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotida esa har bir xo‘jalik subyekti, mulk shaklidan qat’iy nazar o‘z faoliyatini yuqoridan berilgan buyraqni bajarishga qaratmasdan, balki, mustaqil ravishda o‘zining iqtisodiy qudratini takomillashtirish maqsadida erkin boshqarishga qaratadi. Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy tahlilning rolini yanada oshiradi. Iqtisodiy tahlil orqali har bir subyektda mavjud bo’lgan ichki va tashqi imkoniyatlar aniqlanadi, ulami amaliyotga safarbar qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. •
Har bir fanning vazifasi iqtisodiy shart sharoitga qarab belgilanib boriladi, lekin u oldiga qo‘yilgan vazifalami to’liq va keng hal etish uchun qator uslublami qo’llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |